Mavzu: Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda vaqt va fazoviy idrokni shakllantirish. Reja



Yüklə 483,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix21.06.2023
ölçüsü483,05 Kb.
#133767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda vaqt va fazoviy idrokni shakllantirish

Tevarak-atrofni mo‘ljal olish. O‘ng va chap qo‘lni farqlay olish va aytishni
predmet (o‘yinchoq) larni o‘ng qo‘l bilan chapdan o‘ngga qo‘yishni o‘rgatish. 
Bolalarni predmetlarning o‘ziga nisbatan joylashishini aniqlashga, ―yaqin-
uzoq‖, ―tepada-pastda‖, ―orqada-oldinda‖ so‘zlarni aytishga va nutqda to‘g‘ri 
qo‘llashga o‘rgatish. 
Dasturning asosiy vazifasi kichkintoyni ―o‘ziga‖ nisbatan mo‘ljal olishga 
o‘rgatishdan iborat, boshqacha aytganda, kichkintoy bunda ―o‘ziga‖ nisbatan o‘ng, 
chap, yuqori tomonlarni ajrata oladigan bo‘la olishi kerak. O‘z tanasiga 
nisbatan fazoda tomonlar bo‘yicha mo‘ljal olish bu mo‘ljal olishning birinchi 
umumlashtirilgan usulidir. ―O‘ziga‖ va ―o‘zidan‖ ga nisbatan mo‘ljal olishda 
―o‘ng-chapni‖ni farqlash eng ko‘p qiyinchilik tug‘diradi. Mana shuning uchun ham 
bola oldin o‘z qo‘llarini farqlashga o‘rgatiladi. Dasturning bu vazifasi ustida 
ishlash keyingi yosh guruhida ham davom ettiriladi. Bolaning o‘ziga nisbatan 
mo‘ljal olishi dasturning yangi vazifasiga - boshqa odamga, buyumlarga nisbatan 
mo‘ljal olishga o‘rgatish vazifasiga - o‘tish uchun zarur asos bo‘ladi. Ammo 
boshqa odamga nisbatan mo‘ljal olish faqat o‘z gavdasi sxemasiga bilgandagina 
mumkin bo‘ladi.
Bola hayolan bu sxemani boshqa ob‘ektlarga nisbatan ko‘chiradi va 
o‘xshashlik bo‘yicha uni boshqa odamdan va buyumlardan ajratadi. Masalan, 
bolalar o‘yinchoqlarni qarashadi, ular bilan faol harakat qilishadi. Suhbatning 


borishida tarbiyachi bolalar e‘tiborini xarakterli detallarga qaratadi. Masalan, 
mashina qaralayotgan bo‘lsin; oldinda kabina, orqada kuzov, pastda oldingi va 
keyingi g‘ildiraklar. Buyumlar tasvirlangan qirqma rasmlar, kubchalar mustaqil 
ravishda detallardan (qismlardan) butunni tiklash imkonini beradi, ya‘ni ob‘ektning 
fazoviy buyumlarini (ustida-ostida, tagida-yuqorisida, oldidan-orqasidan, bir 
tomoni - yon tomonidan va ikkinchi tomonidan) o‘zlashtirish imkonini beradi. 
Bolalar hali ob‘ektning o‘ng va chap tomonlarini farqlay olishmaydi; bu murakkab 
malaka maktabgacha katta yoshda o‘zlashtiriladi. Kichik guruhda buyumning 
fazoviy xarakteristikasini tushunish qisman o‘zlashtiriladi. U holda, bolalarni 
buyumlarga, boshqa odamga nisbatan mo‘ljal olishga o‘rgatish zarurmi? ―O‘ziga‖ 
nisbatan mo‘ljal olishning o‘zi yetarli bo‘lishi mumkinmi? 
Gap shundaki, tevarak-atrofimiz, 
ya‘ni atrofimizdagi fazo, odamlar, har xil 
buyumlar to‘plami to‘lib-toshib yotibdi. 
Mana shu fazoda mo‘ljal olish ularning 
har 
xil 
parametrlarini, 
jumladan, 
―oldidan‖, ―orqasidan‖, ―yonidan‖, 
―ustidan‖, 
―ostidan‖, 
keyinroq 
buyumning ―chap‖ yoki ―o‘ng‖ tomoni 
kabi parametrlarini hisobga olish majburiyatini yuklaydi. Oldin o‘ziga, so‘ngra 
boshqa odamga, buyumlarga nisbatan qarama-qarshi tomonlarini ajratish, 
birinchidan, istiqbolda bolaning faqat ―o‘ziga‖ nisbatangina emas, balki boshqa 
ob‘ektlarga, boshqa odamga nisbatan mo‘ljal olish malakasini egallashni 
ta‘minlaydi. 

Yüklə 483,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin