Mavzu: Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda vaqt va fazoviy idrokni shakllantirish. Reja



Yüklə 483,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix21.06.2023
ölçüsü483,05 Kb.
#133767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda vaqt va fazoviy idrokni shakllantirish

 
 


KLASTER METODI 
Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli 
bo‘lib, u ta‘lim oluvchilarga ixtiyoriy muammolar (mavzu) xususida erkin, ochiq 
o‘ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. 
Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi 
tuzilmani aniqlashni talab etadi. Ushbu metod muayyan mavzuning ta‘lim 
oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash 
faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta‘minlashga xizmat qiladi. 
―Klaster‖ metodidan foydalanish tavsifi: 
1- bosqich. Nimaniqi o‘ylagan bo‘lsangiz, shuni qog‘ozga yozing. Fikringizni 
sifati to‘g‘risida o‘ylab o‘tirmay, ularni shunchaki yozib boring. 
2-bosqich. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e‘tibor 
bermang. 
3-bosqich. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan 
to‘xtamang. Agar ma‘lum muddat biror-bir g‘oyani o‘ylay olmasangiz, u holda 
qog‘ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu xarakatni yangi g‘oya 
tug‘ilgunga qadar davom ettiring. 
4-bosqich. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko‘proq yangi 
g‘oyalarni ilgari surish hamda mazkur g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va 
bog‘likdikni ko‘rsatishga xarakat qiling. G‘oyalar yigindisining sifati va ular 
o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rsatishni cheklamang. 


Xulosa 
Ta‘limning sifati uni berishda ishtirok etadigan kishilar salohiyati va o‗quv 
jarayonining darajasiga bog‗liq. O‗quv jarayoni bilan bog‗liq ta‘lim sifatini 
belgilovchi holatlar – yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli 
ma‘ruzalar o‗qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‗or 
pedagogik 
texnologiyalardan 
va 
multimedia 
vositalaridan 
foydalanish, 
tinglovchilarni fikrlashga undaydigan, o‗ylantiradigan muammolarni ular oldiga 
qo‗yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, 
erkin muloqot yuritishga, ijodiy fikrlashga o‗rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilishdan 
iborat bo‗lib, ushbu tadbirlar ta‘lim ustuvorligini ta‘minlaydi. Bunda har bir 
fanning o‗ziga xos xususiyatlari, maqsad va vazifalari hamda spetsifikasiga 
asoslanish maqsadga muvofiq. 
Chet elda o‘tkazilgan tadqiqotlarda turli xil taqqoslash davomiyligi va 
stimullari (hissiy bo'lmagan qora kvadrat va hissiy yuzlar) bilan qabul qilingan 
bo'linish vazifasidan foydalangan tajribalar yoshga bog'liq aniqliqning sezilarli 
darajada oshishini va reaksiya vaqtining pasayishini aniqladi va yosh bolalarning 
vaqtni idrok etish qobiliyatini ko'rsatdi. Uchinchidan asta-sekin va sezilarli 
darajada oshib bordi. Tuyg'ularni lokalizatsiya qilish ta‘siri bo'yicha tahlillar shuni 
ko'rsatdiki, hissiyotning vaqtni idrok etishga ta‘siri vaqtinchalik ketma-ketlik 
ta‘sirida bo'lgan g'azablangan yuz oldin neytral yuz hisoblangan. 
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, yetakchi bo'lgan o'quv faoliyatidan 
tashqari boshqa faoliyatlar - o'yin, muloqot va mehnat faoliyati ham o'quvchi 
shaxsi rivojiga bevosita ta‘sir ko'rsatadi. Shuningdek, bu faoliyatlar asosida 
muvafaqqiyatga erishish motivlari bilan bog'liq bo'lgan shaxsiy xususiyatlar tarkib 
topa boshlaydi. 
O'quv faoliyati kichik maktab yoshidagi bolalarda o'qishda ma‘lum 
yutuqlarga erishish extiyojini qondirishga, shuningdek, tengdoshlari orasida o'z 
o'rniga ega bo'lishiga imkoniyat ham yaratadi. Aynan ana shu o'rin yoki mavqega 
erishish uchun ham bola yaxshi o'qish uchun harakat qilishi mumkin. Bu 
yoshdangi bolalar doimiy ravishda o'zlari erishgan muvaffaqqiyatini boshqa 


tengdoshlari muvaffaqiyati bilan solishtiradilar. Ular uchun doimo birinchi bo'lish 
nihoyatda muhim. 
Xulosa o‗rnida shuni aytish mumkinki, bu yoshdagi bolalarda mavjud 
bo'lgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta‘sirlarga beriluvchanlik, itoatkorlik kabi 
xususiyatlari ularni shaxs sifatida tarbiyalash uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. 
Kichik maktab yoshi davrini bolaning turli faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini 
belgilab 
beruvchi 
asosiy 
shaxsiy 
xususiyatlarning 
yuzaga 
kelish 
va 
mustahkamlanish davri deb hisoblash mumkin. Mustaqillikni shakllantirish uchun 
bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni ko'proq topshirish va unga ishonch bildirish 
nihoyatda muhimdir. Jumladan, shunday bir ijtimoiy psixologik muhit yaratish 
lozimki, unda bolaga biron bir ma‘sul vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu 
ishni bajarish jarayonida bola o'zini tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning 
lideri deb his qilishiga imkon yaratib berish lozimdir. Ana shu his bolada 
keyinchalik mustaqil bo'lishga undovchi motivlarni yuzaga keltirishda asosiy rol 
o‗ynashi mumkin. 



Yüklə 483,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin