Mavzu: Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda vaqt va fazoviy idrokni shakllantirish. Reja



Yüklə 483,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix21.06.2023
ölçüsü483,05 Kb.
#133767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda vaqt va fazoviy idrokni shakllantirish

Tevarak-atrofda 
fazoni 
mo‘ljal 
olish. 
Bolalarning 
atrofdagi 
narsalarning o‘ziga nisbatan vaziyatini so‘z bilan ifodalash ko‘nikmasini 
mustahkamlash: o‘ngda, chapda, oldinda, orqada, uzoqda, yaqinda. 
Bolalarni ko‘rsatilgan yo‘nalishda mo‘ljal olishga, berilgan shart 
bo‘yicha o‘z holati o‘rnini belgilashga o‗rgatish (shunday turginki, mashina o‘nga 
tomoningda, koptok oldingda bo‘lsin). 
U yoki bu predmetni boshqa bir predmetga nisbatan joylashganligini 
so‘z bilan ifodalashga o‘rgatish (kuchukchaning chap tomonida - quyon, 
kuchukchaning o‘ng tomonida - ayikcha). Bolalarni qog‘oz varagi satxini 
mo‘ljalga olishga, qog‘ozning o‘ng, chap, yuqori, past qismlarini, o‘rtasini 
aniqlashga o‘rgatish. 
Maktabgacha yoshidagi bolalarning fazoviy tasavvuri faoliyatning 
hamma turlari jarayonida kengayadi va mustahkamlanadi. Mashg‘ulotlar tarkibiga 
fazoda mo‘ljal olishga doir maxsus mashklarning kiritilishi ham bunga imkoniyat 


beradi. Tarbiyachi bolalarga chapda eng baland, o‘ngda eng past buyum turadigan 
qilib, buyumlarning kattaliklari bo‘yicha qo‘yishni taklif qiladi, yoki uning o‘zi 
stolga o‘yinchoqlarni (it, mushuk, sigir, qo‘y, quyon) joylashtiradi va bolalarga 
murojaat qiladi: ―Sigirning yonida nima turganini qarang va ayting. Mushukdan 
chapda nima turibdi? Qo‘y qaysi hayvonlar orasida turibdi?‖ So‘ngra tarbiyachi 
o‘yinchoqlarni biri-birining orqasida turadigan qilib aralashtirib qo‘yadi va 
so‘raydi: ―Nima birinchi ketmoqda? Nimadan keyin mushuk ketmoqda? Nimadan 
oldinda sigir ketmoqda? Qo‘ydan keyin nima ketmoqda?‖ va h.k. 
Bolalar atrofidagi buyum orasida o‘z holatlarini saqlaydigan mashqlar 
ham samarali: ―Stolning orqasida turibman, stolning yonida, deraza oldida 
turibman‖. 
Katta guruhda maktabgacha yoshdagi bolalar qog‘oz varag‘ida mo‘ljal 
olishga o‘rgatila boshlanadi. Oldingi guruhlarning dasturlarida bunday vazifa yo‘q 
edi. Tarbiyachi rahbarligida bolalar ma‘lum miqdordagi buyumlarni ko‘rsatilgan 
yo‘nalishda: qog‘oz varag‘ining yuqori, pastki qismiga, chap qismiga, o‘ng 
qismiga joylashtirish malakasini egallaydilar. Bunday topshiriqlar ham bo‘lishi 
mumkin: varag‘ning chap qismiga 5 ta doiracha; o‘ngiga esa 1 ta ortiq doiracha 
qo‘yish; varakning pastki va ustki qismlariga 8 tadan uch burchak joylashtirish. 
Topshiriqni bajarganidan keyin bola qanday shakllardan nechtasini joylashtirganini 
va qayerlarga joylashtirganini gapirib beradi. Bolalarni buyumlarning qog‘oz 
varag‘idagi, stoldagi, poldagi holatini belgilash uchun so‘zlarni to‘g‘ri, ma‘nosi 
bo‘yicha ishlatishga o‘rgatish kerak. 
Yil oxiriga kelib bolalar o‘zlariga, boshqa odamlarga nisbatan o‘rnini 
so‘zlar bilan ifodalay oladigan bo‘lishlari kerak. 
Bolalarning 
vaqt 
haqidagi 
tasavvurlarini 
mustahkamlash 
va 
chuqurlashtirish: ―Ertalab‖, ―Kechqurun‖, ―Kunduz‖, ―Tun‖, ―Kecha‖, ―Bugun‖, 
―Ertaga‖ tushunchalarini farqlash va bu so‘zlardan to‘g‘ri foydalanish 
ko‘nikmasini mustahkamlash. 


Bolalarni hafta kunlari bilan tanishtirish va hafta kunlari nomlarini 
izchillik bilan aytishga o‘rgatish. Kecha haftaning qaysi kuni bo‘lganligini, bugun 
qanaqa kun, ertaga qaysi kun bo‘lishini aniqlashni o‘rgatish. 
Bolalarning 
vaqt 
haqidagi 
tasavvurlarini 
mustahkamlash 
va 
chuqurlashtirish. Yil fasllari bilan tanishtirish va fasllarning nomini to‘g‘ri ketma-
ketlikda aytishga o‘rgatish. 
Katta guruhda asosiy e‘tibor haftadagi o‘zgarishni, yil fasllarining 
xarakterli xususiyatlarini ongli o‘zlashtirishga qaratiladi. Bolalar kecha qaysi kun 
bo‘lgani, bugun qaysi kun ekanini, ertaga qaysi kun bo‘lishini, haftadagi kunlar 
sonini, 
ularning 
tartibini 
aytishni 
o‘rganadilar. Bundan tashqari, bolalar yil 
fasllarining xarakterli belgilarini) o‘zlarining 
bu 
vaqtdagi 
o‘yinlarni, 
odamlarning 
tabiatdagi mehnatlarini aniqlaydilar. 
Ma‘lumki, bolalar hafta kunlarini 
bir 
tekisda 
o‘zlashtirmaydilar. 
Ular 
yakshanba, shanba va dushanbani eng yaxshi 
eslab qoladilar. 
Yakshanba - xursandchiliklar bo‘ladigan kun, yaqinlar bilan, ya‘ni ota- 
ona, buvi va boshqalar bilan birga bo‘ladigan kun. Bu kun yana shunisi bilan ham 
g‘ayrioddiy kunki, ba‘zida bola hayotining odatdagi tartibi o‘zgaradi: buvisining 
uyida tushlik qilish, mehmonlar kelishi, teatrga borish va h.k. 
Bolalar dushanbani ham yaxshi biladilar, chunki shu kuni ular, 
yakshanbadan keyin bog‘chada bo‘lishlarining birinchi kunidir. Seshanba, 
payshanba va juma kunlari alohida ahamiyatli voqealar bilan belgilanmagan. 
To‘g‘risi, juma kunini bolalar dam olish arafasi sifatida, bolalar bog‘chasida 
bo‘lishlarining dam olinadigan kunlardan oldingi oxirgi kun sifatida yaxshiroq 
biladilar va ajratadilar. Shunday qilib, kichik bolalarning haftaning har xil 
kunlarini bilishdek bilimlarni o‘zlashtirishlarida ularning faoliyatlari va hayajonli 
kechinmalarining roli haqida gapirish uchun ba‘zi asoslar bor. 


Shu sababli bolalarni hafta tushunchasi bilan tanishtirishni haftaning 
hamma kunlarini o‘zlashtirishdan emas, balki kecha qaysi kun bo‘lganini, ertaga 
qaysi kun bo‘lishini aniqlashdan boshlash ma‘qul. Bunda tarbiyachi oldin 
haftaning yakshanba, dushanba kunlarini, so‘ngra esa, asta-sekin haftaning boshqa 
kunlarini o‘rgatishni nazarda tutadi. Bolalar hafta kunlarining nomlarini aytibgina 
qolmay, balki ularga oid elementar tavsifnomalar berishlari muhimdir. 
Masalan, tarbiyachi mashg‘ulot davomida ushbularni so‘raydi: ―Kecha 
qaysi kun edi?‖ ―Ertaga qaysi kun bo‘ladi?‖ Agar bolalar haftaning kunlarini 
aytishda qiynalishsa, tarbiyachining o‘zi aytadi. U yakshanba dam olish kuni 
ekanini aytadi. Shu kuni hamma dam oladi. Bolalar bog‘chaga borishmaydi. 
Yakshanbadan keyin dushanba deb ataluvchi kun keladi. Bu dam olish kunidan 
keyin bolalar bog‘chaga, kattalar ishga boradigan birinchi kun va h.k. 
Shunday qilib, tarbiyachi bolalarni haftaning kunlari bilan ketma-ket 
tanishtiradi. Bolalar hafta kunlarining nomlarini va ular tartibini yaxshi eslab 
qolishlari uchun, ularning e‘tiborini hafta kunining nomi bilan uning tartibi 
orasidagi bog‘lanishga qaratish kerak. Masalan, chorshanba – haftaning o‘rtasi, 
payshanba - haftaning to‘rtinchi kuni, juma esa haftaning beshinchi kuni va h.k. 
Bolalar hafta kismlarini farqlash va aytishni o‘rganib olganlaridan keyin, 
kunning hamma nomlarini ketma-ket o‘zlashtirish ustida ish boshlash mumkin. 
Bolalar haftada hammasi bo‘lib necha kun borligini aniqlashadi, ularning tartibini 
aytishadi. Tarbiyachi bolalardan haftaning qaysi kunlarini bilishlarini, ular haftada 
nechta ekanligini so‘raydi. Haftaning hamma kuni tartibi bilan kelib ketishini 
tushuntiradi: birinchi kun dushanba, ikkinchi kun seshanba, uchinchi kun 
chorshanba va h.k. 
Bolalarni qog‘oz varag‘i satxida predmetlarning qanday joylashganligini 
(chaproq, o‘ngroq, o‘rtasida, yuqoriroq, pastroq aniqlashga) o‘rgatish. 
Daftar satxini aniqlash va shakllarni shtrixlar orqali chizishni mashq 
qilish. 
Bolalarga predmetlarni pol, qattiq qog‘oz, daftar varag‘i ustiga joylashni 
mashq qildirish. 


Tevarak atrofdagi narsalarning vaziyatini aniqlashga doir mashqlar. 
Maktabga tayyorlov guruhida bolalarning xarakat yo‘nalishida ularning 
o‘zi va buyumlar orasidagi, buyumlarning o‘zi orasidagi fazoviy munosabatlarda, 
shuningdek, qog‘oz varag‘ida (tekislikda) mo‘ljal olish malakalari rivojlantiriladi 
va mustahkamlanadi. Bolalar bilan ishlash metodikasi ―chapdan-o‘ngdan‖, ―ustida-
ostida‖ kabi qarama-qarshi yo‘nalishlarni ajratishga asoslanishi kerak. 
Bolada qog‘oz varag‘ida mo‘ljal olish malakalarini shakllantirish uchun 
bunday topshiriq beriladi: varaqning yuqori chekkasiga 4 ta varaqcha va pastki 
chekkasiga shuncha gulcha qo‘yish. Shundan keyin tarbiyachi bolalarga nima 
qayerda yotganini gapirib berishni taklif qilishi mumkin. Bundan keyin 
topshiriqlarning murakkabroq variantlaridan (shakllar miqdorini orttirish, ular 
o‘rinlarini almashtirish va h.k.) foydalanish maqsadga muvofiq. Shuningdek, ―Kim 
eslab qoladi?‖, ―Nima o‘zgardi?‖, ―Nimalari bilan farq qiladi?‖, ―Juft 
kartochkalar‖ kabi o‘yinlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi. 
Bunday topshiriqlarni o‘tkazish metodikasi haqida fikr yuritamiz. 
Olti yoshli bolalar ―o‘ziga‖ nisbatan to‘la ishonch bilan mo‘ljal oladilar. 
Ammo hali ularning ko‘pchiligi buyumlarning, boshqa odamlarning o‘ng va chap 
tomonlarini farq qilishga qiynaladilar. Ularni, masalan, o‘zi tomoniga yuzi bilan 
aylangan o‘rtog‘ining o‘ng qo‘li uning chap qo‘li qarshisida bo‘lish holi 
ajablantiradi. 
Nega bunday bo‘ladi? Oldingi ish natijasida bolada quyidagi bilim va 
malakalarning puxta stereotipi (andozasi) yig‘ilib qoladi: o‘ngda (o‘ngroqda, 
o‘ngga), o‘ng qo‘l turgan tomonda bo‘ladi. Bu fazo ―o‘zidan‖ mo‘ljal olishda 
mutlaqo to‘g‘ri. Ammo endi vaziyat o‘zgardi. ―Bolaga boshqa odamdan yoki 
boshqa buyumlardan mo‘ljal olish taklif qilinadi. Demak, munosabat nuqtasi 
sub‘ektning uzidan tashqarida belgilanadi. Bu yerda oldingi tajriba fazoviy 
vaziyatlarning yangi variantlari bilan ziddiyatlikka kirishgandek bo‘ladi. 
Haqiqatdan esa, masalan, bola o‘zi bilan juft bo‘lib turgan Malik o‘zidan o‘ng 
tomonda turganini yaxshi biladi. Bu endi odat, oddiy haqiqat. Ammo teskari 
fazoviy munosabatlarni (chunonchi, ―Agar Malik mendan chap tomonda turgan 


bo‘lsa, u holda men undan o‘ng tomonda turgan bo‘laman‖) tushunish tayyorlov 
guruh bolalari uchun ham unchalik oson emas. Bu yerda ―boshqa odamga 
nisbatan‖ mo‘ljal olish vaziyati mavjud. Buni to‘g‘ri tahlil qilish uchun bo‘lsa eng 
oldin o‘rtog‘ining o‘ng va chap qo‘li (tomoni)no aniqlashi kerak. Katta guruhda 
bolalar bu malakani egallab olishgan, endi esa shu malaka puxta va ustivor 
ko‘nikma bo‘lishi lozim. 
Olti yoshli bolalar o‘ng va chap tomonni boshqa odamga nisbatan 
aniqlashni xuddi o‘ziga nisbatan o‘ng va chap tomonini aniqlagandek aniqlashini 
yaxshi tushunib olmoqlari kerak (chap tomon o‘ng qo‘l turgan tomonda; o‘ng 
tomon chap qo‘l turgan tomonda). Aniqlashning samarali usuli hayolan 
o‘rtog‘ining 
orqasiga 
turishdan 
iboratdir. Shunday qilib; ―yuzi bilan 
orqasiga‖ boshlang‘ich holatidan, ya‘ni 
bola 
o‘rtog‘ining 
orqasida 
turgan 
holatida boshqa odamga nisbatan o‘ng 
va chap tomonni aniqlash kerak; 
shundan keyin ―yuzma-yuz‖ holatida, ya‘ni boshqa bola qarshisiga turib, ―o‘ng-
chap‖ni farqlash kerak. 
Keyinroq esa har qanday boshlang‘ich holatda, hatto o‘rtog‘i orqasi 
bilan turganda ham, ―o‘ng-chap‖ tomonlar aniqlanadi. 
Bolalarning kichik maktab yoshidagi davri 7 yoshidan 11 yoshgacha 
boshlang‘ich sinflarda o‘qishi yillariga to‘g‘ri keladi. Bog‘cha yoshidagi bolalik 
davri tugadi. Maktabga kelish oldidin bola quyidagiga ko‘ra o‘z hayotini eng 
muhim davriga ya‘ni maktab davriga tomonida qo‘yiladigan turli tuman talablarni 
bajarishga boshqacha qilib aytganda ta‘lim olishga xali jismoniy ham psixologik 
jihatidan tayyor bo‘ladi. Bola rasm chizish mashg‘ulotlarida melg‘ yoki 
plastinkadan narsa yasash ishlarida va eng oddiy ko‘rish yasash mashg‘ulotlarida 
yaqqol namayon bo‘ladi. Bola o‘z diqqatini boshqarishda o‘z diqqatini mustaqil 
tashkil qilishida bir muncha tajriba xosil qilgan bo‘ladi. 7 yosh bolaning so‘z 
xonasi ham yetarli darajada boy va mavhum tushunchalar miqdori ancha yuksak 


bo‘ladi. Bola eshitganlarini yetarli darajda keng tushunadi. Mutaxxassislarning 
tadqiqogtlaridan ma‘lum bo‘lishicha yaxshi tashkil qilingan ta‘lim 6 yoshdan 7 
yoshgacha bo‘lgan bolalar tafakkurini rivojlantiradi. Ular sodda mashqlar va 
masalalarni tuza oladigan hamda yecha oladigan bo‘ladilar. Ularda burch hissi va 
javobgarlik hissi endigina namayon bo‘la boshlaydi. 7 yoshli bola o‘z hissiyotlarini 
boshqarish tajribasini ega bo‘larningt hammasi maktab ta‘limiga tayyorgarligi 
muhim shartlaridan biri yuqorida aytganlarining hammasi bolaning maktab 
psixologiyasi jihatidan tayyor ekanligi obhektiv tamoyillarga maquldir. 
Boshlang‘ich sinflarda pedagog ishlarni tashqil qilishda kichik maktab yoshidagi 
bolalarning anatomik fiziologik hususiyatlarini ijtimoiy taraqqiyot darajasini ham 
hisobga olish lozim. 
D.N. Levitov to‘g‘ri qayd qilib o‘tganidek xech bir maktab yoshida 
salomatlik xolatiga va ijtimoy taraqqiyotiga kichik maktab yoshidagi maxkam 
bog‘liq bo‘lmaydi. Bola 7 yoshdan 11 yoshgacha jismoniy jihatdan nisbatan 
osoyishta va bir tekisda rivojlanadi. Bo‘yi va og‘irligi organizmning tiniqligi 
o‘pkasining hayotiy xajmi ancha tekis va propalg‘tsional rivojlanadi 
Psixolog L.S.Slavinaning ko‘rsatishicha boshlangich sinfda bilish 
faolligi yetarli darajada bo‘lmagan bolalar uchrashi mumkin. 
Bunday bolalar intiluvchan jihatidan normal rivojlangan bo‘ladilar. Bu 
rivojlanish ularning o‘yin va amaliy faoliyatlarida namayon bo‘ladi. Faol fikr 
qilish ular uchun harakterlidir. Bunday o‘quvchilariga o‘qituvchida aloxida diqqat 
bilan qarashi kerak. Ularning fikr qilishi faoliyatiga odatlantirib ularni yutuqlarini 
har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi dastlabki paytlarda o‘quv vazifalarini 
bajarishni o‘yin va amaliy faoliyatni bilan bog‘lab olib borish kerak. 
Muammoli savol: Kichik maktab yoshidagi bolalarning faoliyati 
yetakchi faoliyati nimadan iborat?: 
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning barcha o‘qish faoliyati qaxtiiy 
ravishda maqsadga muvofiqlashtirilgandir. Birinchidan, o‘quvchilar o‘qish, yozish, 
va hisoblash malakasini egallashlarini, arifmetika, ona-tili, tarix, geografiya va 
tabiyatshunoslikdan geometriyaning elementar asoslaridan ancha katta xajmda 


bilimni ortirishlari kerak. Ikkinchidan, bolaningsh bilim darajasi va bilish 
qiziqishlari kengayadi hamda rivojlanadi. Uchinchidan bilim jarayonlarininng 
taraqqiyoti, aqliy rivojlanish yuzaga keladi. Faol mustaqil ijodiy faoliyat uchun 
qobiliyat tarkib topadi va nixoyat o‘qishga bo‘lgan yo‘nalish o‘qishga nisbatan 
maxsuliyatli munosabat o‘qishni yuksak omillarini topishi kerak. Kichik maktab 
yoshidagi o‘quvchilarning bilim jarayonlarini va ularning faoliyatida taraqqiy 
etishini harakterlab beramiz. 
Idrok. Kichik maktab yoshidagi bolalar idrokining o‘tkirligi sofligi bilan 
farq qiladilar. O‘quvchilarning idroki o‘ziga xos bilimga tomoshabin tariqasida 
berilganlik bilan farq qiladi. 
Diqqat. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar diqqatining asosiy 
hususiyatlari ixtiyoriy zaifligidadir. Kichik maktab yoshida diqqatni iroda kuchi 
bilan moslash va uni boshqarish imkoniyati cheklangan bo‘ladi. 
Xotira. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda xotira ta‘limining ta‘siri 
bilan ikki yo‘nalishda rivojlanadi. So‘z mantiq xotirasining va mahnosiga tushunib 
esda olib qolishning rolg‘g‘i va uning salmog‘i kuchayadi, tartibga solish 
imkoniyatlariga bo‘ladi. 
Birinchi signal sistemasining faoliyatining nisbatan ustunligi tufayli 
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda so‘z mantiq xotirasi deb atalgan xotiraga 
qaraganda ko‘rgazmali-obrazli xotira ko‘proq rivojlangan bo‘ladi. Kichik maktab 
yoshidagi o‘quvchilar qoida va tushuntirishlarga qaraganda konkret ma‘lumotlarni, 
voqeliklarni, qiyofalarni narsalarni va faktlarni yaxshi tez esda olib qoladigan va 
xotiralarida mustahkam saqlaydilar. 
Hayol. Hayol muhim psixik bilish jarayonlaridan biridir. Hayolning 
faoliyatsiz o‘qituvchi gapirayotgan va darslarda yozilgan narsalarning tassavvur 
qilishni hamda ko‘rgazmali obrazlar bilan ishlashni bilmay turib, xech qanday 
o‘quv predmetni chinakkam o‘zlashtirishi mumkin emas. 
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchining hayoli uning o‘quv faoliyatining 
ta‘siri va talablari bilan tarkib topadi. SHuning bilan bir qatorda bevosita 
taxsurotlar (mo‘zey, vistavkalarning borib ko‘rish, kinokartinalarni ko‘rish, 


ekskursiyalarga borishh, maktab yer uchastkasida ishlash va boshqalar) ham 
hayolni rivojlantiradi. 
Muammoli savol; Kichik maktab yoshidagi bolalar shaxsining 
rivojlanishi nimalarga bog‘liq bo‘ladi?. 
Garchi kichik maktab yoshidagi davr shaxsning taraqqiyotida xal 
qiluvchi siljishlar davri bo‘lmasa ham bizning fikrimizcha bunday davr o‘smirlik 
davridir, shunga qaramay, bu davrda shaxsning tarkib topishi yetarli darajada 
sezilarli yuz beradi. Yuqorida qayd qilib o‘tilganidek, maktabga kirish bolaning 
hayotida burilish momenti hisoblanadi. Kattalar (o‘qituvchilar) va tengdoshlari 
(sinfdoshlari) bilan yangi munosabatlar maydonga keladi. Bolaga butun bir 
jamoaviylar sistemasiga (umum maktab, sinf) qo‘shiladi. O‘qituvchi o‘z oldiga bir 
qator jiddiy talablarni qo‘ygan o‘qishga yangi faoliyat turiga qo‘shilish 
o‘quvchining o‘z hayotini qatxiy tarzda tashqil qilishga, qoida va rejimga 
bo‘ysunishga majbur qiladi. Bo‘larning barchasi tevarak-atrofdagi voqeylikka, 
boshqa kishilarga, jamoaviyga ta‘limga va uning bilan bog‘liq bo‘lgan 
majburiyatlarga nisbatan yangi munosabatlar sistemasining tarkib toptirishga va 
mustahkamlashga qatxiy ravishda ta‘sir qiladi harakterni irodani tarkib toptiradi. 
qiziqishlar doirasini kengaytiradi, qobiliyatlar taraqqiyotini belgilaydi. 
Axloqiy normalar va xatti-haraktlar qoidalarini o‘zlashtirish kichik 
maktab yoshidagi davrda axloqiy xati-harakat poydevori qo‘yiladi, axloqiy 
normalar va xatti-harakat qoidalari o‘zlashtiriladi. SHaxsning ijtimoiy yo‘nalishi 
tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarninng axloqiy onglari 
1-sinfdan 4-sinfgacha bo‘lgan davr mobaynida muhim o‘zgarishlarga uchraydi. Bu 
yoshning oxirgi davrlariga kelib axloqiy bilimlar tasavvurlar va muloxazalari 
sezilarli darajada boyiydi, ancha anglangan bo‘ladi, turli tushunchalarga ega 
bo‘ladi, umumlashadi- 1 va 2 sinf o‘quvchilarining axloqiy muloxazalari o‘z xatti-
harakatlari tajribasida va o‘qituvchilar hamda ota-onalarning konkret ko‘rsatmalri 
va tushuntirishlariga asoslanadi. 3-4 sinf o‘quvchilari esa axloqiy muloxazalarida 
o‘z xatti-harakatlari tajribasiga va kattalarning ko‘rsatmalariga asoslanish bilan 
boshqa kishilarning tajribalarini ham analiz qilishga intiladilar bunday 


adabiyotlarni o‘qishda bolalar uchun chiqarilgan kinofilg‘mlarni ko‘rish ancha 
katta ahamiyat kasb etadi. Axloqiy xatti-harakatlar ham xuddi shunday tarkib 
topadi. 7-8 yoshdagi bolalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kattalarni jumladan, o‘qituvchining 
ko‘rsatmalari bilan ijobiy bo‘ladigan ko‘rsatmani kutib o‘tirmay, bunday ijobiy 
axloqiy ishlarining boshidan qanchasini tashabbuslari bilan amalga oshiradilar. 
Harakter. Kichik maktab yoshdagi bolalarda namayon bo‘lgan 
harakterolg‘g‘ogik xatti-harakatlarni hamma vaqt ham munosabatlar amalga 
oshiriladigan barqaror va mustahkam xatti-harakat formalari deb bo‘lavermaydi. 
Kichik maktab yoshidagi bolalarda harakter jiddiygina tarkib topa boshlaydi. 
Kichik maktab yoshidagi bolalar harakteri, xatti-harakatlari o‘zining beqarorligi va 
qarama-qarshiligi bilan farq qilishi mumkin. Shu munosabat bilan ba‘zan ulardagi 
o‘tkinchi psixik xolatllarni xato rivishda hislatiga qo‘shib yuborish mumkin. 
N.D.Letovitov bu xatoga shunday bir misol keltiradi. 1-sinf o‘qituvchisi o‘z 
o‘quvchi qizlaridan birini har qanday ishni oxirigacha yetkaza oladigan, 
qiyinchiliklarni yenga oladigan matonatli qiz deb hisoblar edi. Biroq tajribali 
psixolog tomonidan o‘tkazilgan kuzatishdan bu hususiyat ma‘lum sharoitdagina 
maydonga keladigan vaqtinchalik, ya‘ni o‘tkinchi psixik xolat ekanligi ma‘lum 
bo‘ldi. O‘quvchi qizdagi xatti-harakatni ko‘rganda va dugonasining faoliyati 
muvaffaqiyatli bo‘lganda namayon bo‘lgan muvaffaqiyatsizlik qizchani izdan 
chiqarib qo‘ygan. 
Qiziqishlar. Maktab ta‘limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan 
bilishga bo‘lgan qiziqish, tevarak-atrofdagi olamni bilishga bo‘lgan qiziqish 
ko‘proq bilimga bo‘lgan tashnalik va intellektual qiziquvchanlik juda sezilarli 
ravishda rivojlanadi. Psixologlarning tahkidlalariga qaraganda dastavval ayrim 
faktlarga, boshqa narsalardan ajratib olingan yolg‘iz xodisalarga nisbatan 
qiziqishlar bo‘ladi. Undan keyin esa sabablarini, qonuniyatlarini, xodisalar 
o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro bog‘liqliklarni bilib olish uchun bo‘lgan qiziqishlar 
rivojlanadi. Agar 1-2 sinf o‘quvchilarini «bu nima?» degen savol qiziqtirsa 
birmuncha kattaroq yoshdagi bolalar uchun «nima sababdan», «qanday qilib?» 
degan savollar tashqil bo‘lib qoladit. O‘qish malakasini rivojlanishi bilan kitob 


o‘qishga, qiziqarli bo‘lgan muayyan adabiyotlarni, ertaklarni o‘qishga, bundan 
ham so‘ngroq qiyin bo‘lmagan ilmiy fantastik va sargo‘zashtlar xaqidagi kitoblarni 
o‘qishga qiziqish paydo bo‘ladi. Texnikaga ayniqsa, xozirgi zamon texnikasiga, 
raketalarga, oy stantsiyalariga, lunaxodlarga, eng yangi tipdagi avtomobil va 
samolyotlarga bo‘lgan qiziqish tez tarkib topadi. Qishloq maktablarining 3- 4- sinf 
o‘quvchilari qishloq xo‘jaligiga nisbatan sezilarli darajada o‘z qiziqishlarini 
namayon qila boshlaydilar. Shuning uchun o‘qituvchi kichik maktab yoshidagi 
o‘quvchilarga 
nisbatan 
munosabatlarida 
qiziqishlar 
rivojlanishining 
qonuniyatlarini nazarda tutish zarurdir. Yuqorida aytib o‘tilgandek xususan 
o‘qituvchining tegishli baxosi bilan aniqlanadigan bolaning o‘qishidagi o‘z 
muvaffaqiyatlarini, qo‘lga kiritgan yutuqlarini ichdan his qilish katta hususiyatga 
egadir. 
Badiiy-estetik rivojlanish. Kichik maktab yoshidagi davrda bolalar 
badiiiy-estetik rivojlanishda katta imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Bolalar odatda 
rasm chizishga, loy yoki plastilindan narsa yasash ishlariga, ashula aytish va 
mo‘zikaga juda qiziqadilar. Bunday faoliyatni to‘g‘ri tadqiq qilish bir tomondan 
bolalarga estetik hislarning rivojlanishiga yordam beradi, ikkinchi tomondan 
tegishli qobiliyat komponentlarining rivojlanishiga uchun shart-sharoit yaratadi. 
Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun mehnatning tarbiyaviy 
ahamiyati kattadir. Biroq shuni takidlab o‘tish lozimki, har qanday mehnat ham 
shaxsda ijtimoiy jihatdan qimmatli hislatlarini tarbiyalayvermaydi. Mehnat o‘z 
shaxsiy manfaati uchun bajonudil va ko‘p mehnat qilishga bo‘lgan xudbinni ham 
tarbiyalaydi. 
Bolalar o‘z-o‘ziga xizmat qilish va o‘zlari uchun foydali bo‘lgan 
narsalarni tayyorlash bilan shug‘ullanayotganlarida ularda mehnatsevarlikni 
tarbiyalashga xususan zo‘r ehtibor berish kerak. Kichik maktab yoshidagi 
o‘quvchilarni sekin-asta ko‘pchilik foydasiga qaratilgan, boshqalar uchun bo‘lgan 
ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish juda muhimdir. O‘quv faoliyati kichik maktab 
yeshidagi o‘quvchi uchun nafakat bilish jaraenlarining yukori darajada rivojlanishi 
.balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi. SHuni 


aloxida ta‘kidlash lozimki yetakchi bo‘lgan o‘quv faoliyatidan tashkari boshka 
faoliyatlar-uyin.mulokot va mehnat faoliyatit ham o‘quvchi shaxsi rivojiga 
bevosita ta‘sir kursatiadi. Shuningdek bu faoliyatlar asosida muvafakkiyatga 
erishish motivlari bilan boglik bo‘lgan shaxsiy xususiyatlar tarkib topa boshlaydi.
O‘quv faoliyati kichik maktab yoshidagi bolalarda o‘qishda ma‘lum 
yutuklarga erishish extiyojini kondirishga, shuningdek tengdoshlari orasida uz 
urniga ega bulishiga imkoniyat ham yaratadi. Aynan ana shu urin yoki mavkega 
erishish uchun ham bola yaxshi o‘qish uchun xarakat kilishi mumkin. Bu 
yoshdangi bolalar doimiy ravishda uzlari erishgan muvaffakkiyatini boshqa 
tengdoshlari muvaffaqqiyati bilan solishtiradilar. Ular uchun doimo birinchi 
bo‘lish nixoyatda muxim. Kichik maktab davrida bolalardagi musobaqaga 
kirishish motivi tabiiy psixologik extiyoj hisblanib bu motiv ularga kuchli 
emotsional zo‘rikishni beradi. Bu xususiyatlar aslida bogcha davridan boshlab 
yuzaga kela boshlaydi va kichik maktab davrida, shuningdek o‘smirlik davrida 
ham yakkol kuzga tashlanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar kattalarning u 
xakidaga fikr va baxolariga karab uzlariga uzlari baxo beradilar. O‘quvchining 
o‘ziga o‘zi beradigan baxosi asosan to‘gridan to‘g‘ri o‘qituvchining beradigan 
baxosiga va turli faoliyatlaridagi muvaffaqiyatlariga bog‘liq. 
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda uz uziga beradigan baxolari 
turlicha yuqori, adekvat, past bo‘lishi mumkin. Bu yoshdagi bolalarda mavjud 
bo‘lgan ishonuvchanlik, ochiklik, tashki ta‘sirlarga beriluvchanlik, itoatkorlik kabi 
xususiyatlari ularni shaxs sifatida tarbiyalash uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. 
Kichik maktab yoshi davrini bolaning turli faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini 
belgilab beruvchi asosiy shaxsiy xususiyatlarni yuzaga kelish va mustahkamlash 
davri deb hisoblash mumkin. Bu davrda muvaffaqiyatga erishish motivlari tarkib 
topish bilan bir qatorda mehnatsevarlik va mustaqillik kabi sifatlar rivojlanadi. 
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda mehnatsevarlik asosan o‘qish va mehnat 
faoliyatida rivojlanadi va mustahkamlanadi. Mehnatsevarlik bolada o‘z qilayotgan 
mehnati unga zavq bergan taqdirdagina yuzaga keladi. Bolada mustaqillik 
xususiyatining shakllanishi asosan kattalarga bog‘lik. Agar bola haddan ziyod 


ishonuvchan, itoatkor, ochiq xususiyatli bo‘lsa unda asta sekinlik bilan 
bo‘ysinuvchanlik mustaqil bo‘la olmaslik xususiyati mustahkamlana boradi. Lekin 
bolani vaqtli mustaqillikga undash unda quloqsizlik yopiqlikni shakllanishiga olib 
keladi va hayotiy tajribalarni asosan kimlargadir taqlid qilgan xolda o‘zlashtiradi 
Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni ko‘proq 
topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda muhimdir. Shuningdek shunday bir 
ijtimoiy psixologik muhit yaratish kerakki, unda bolaga biron bir ma‘sul vazifani 
mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola o‘zini 
tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilsin. Ana shu his 
bolada mustaqil bo‘lishga undovchi motivlarni yuzaga keltiradi. 
7-11 yoshli davrda bolalar o‘zlarining individual xususiyatlarini anglay 
boshlaydilar. Bolani o‘z-o‘zini anglashi ham jadal rivojlana boradi va 
mustahkamlana boshlaydi. Bu davrda bolalar o‘zlarining ismlariga yanada ko‘proq 
ahamiyat bera boshlaydilar va ularning ismlari tengdoshlari va atrofdagilar 
tomonidan ijobiy qabul qilinishiga harakat qiladilar. Bolani o‘zining tashqi 
ko‘rinishi va gavda tuzilishiga beradigan bahosi ham o‘z-o‘zini anglashida 
ahamiyati juda katta. Kichik maktab davrining oxiriga borib bolalar, ayniksa qizlar 
o‘zlarining yuz-tuzilishlariga aloxida e‘tibor bera boshlaydilar. Kichik maktab 
yoshdagi o‘quvchining o‘quv faoliyati jarayonida o‘zidagi xulq-atvorni va 
faoliyatni o‘zi tomonidan muvofiqlashtirish qobiliyati rivojlanadi, ongli rivishda 
bir fikrga kela olish qobiliyati rivojlanadi, o‘z faoliyatini o‘zi uyushtrishiga, hamda 
bilim olish jarayoniga bo‘lgan qiziqishining qaror topishiga yordam beradi. 
O‘quvchi xulq-atvorining motivlashtirishi ham o‘zgaradi. Bunda o‘rtoqlar va 
jamoaning fikrlari asosiy motivlar bo‘lib qoladi. Axloqiy his-tuyg‘ular va 
shaxsning irodaviy xususiyatlari shakllanadi. 
5-6 yoshli davrida bolalarning ko‘zga tashlangan xususiyatlari 4 yil 
davomida rivojlanadi va mustahkamlanadi hamda o‘smirlik davrining boshlariga 
kelib juda ko‘p shaxsiy fazilatlar shakllanib bo‘ladi. Bolalarning individualliklari 
ularning bilish jarayonida ham ko‘rinadi. Bu davrda bolalarning bilimlari 
kengayadi va chuqurlashadi, ko‘nikma va malakalari takomillashadi. 3-4 sinflarga 


borib ko‘pchilib bolalarda umumiy va maxsus layoqatlar ko‘zga tashlanadi. Kichik 
maktab yosh davrida hayot uchun nihoyatda ahamiyatli bo‘lgan muvaffaqiyatga 
erishish motivi mustahkamlanadi, bu esa o‘z-o‘zidan boshqa layoqatlarni jadal 
rivojlanishiga olib keladi. 
Bu yoshdagi bolalarda idrok, diqqat, xotira, tafakkur va nutq to‘liq 
shakllanib bo‘lgani uchun ham ularga ta‘lim berishda kattalarga qo‘llaniladigan 
uslublardan foydalanish mumkin. Kichik maktab yoshidagi bolalar psixik 
rivojlanishiga ularning atrofidagi odamlar, ota-onasi va ayniqsa o‘qituvchi bilan 
bo‘ladigan munosabati orqali erishishi mumkin. 3-4 sinflarga borib bola uchun 
uning o‘rtoqlari bilan munosabatining ham ahamiyati ortadi. Bu munosabatlardan 
kattalar ta‘lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishlari mumkin. Bu yoshdagi bolalar 
soatlab yolg‘iz xolda sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari mumkin va shu 
asosda ularda mehnatsevarlik va mustaqillik fazilatlari shakllanadi. Bu narsa ana 
shuning uchun muhimdirki, birinchi sinf o‘quvchilarining mehnat faoliyatida 
shaxsiy motivlar aniq namayon bo‘ladi. Birinchi sinf o‘quvchisi o‘zi uchun zarur 
bo‘lgan narsani katta qunt bilan berilib tayyorlaydi. Boshqalar uchun ishlashga esa, 
unda xali tajriba yo‘q. 
O‘quvchi mustaqil fikr yuritishi, vazifalarni mustaqil bajarishi lozim. Bu 
xususiyat hamma bolalarda ham birdek rivojlanmagan. Bola o`z burchini anglagan 
bo‘lishi, yaxshi o‘qish va yaxshi intizomga ega bo`lishi, intizom qoidalariga rioya 
qilishi, uyga berilgan vazifalarni bajarishi uning burchi ekanligi xis qilishi kerak. 
Diqqat e‘tiborni o`qituvchi aytganlariga qaratish, uni idrok qilib esda olib qolish va 
kerak vaqtda ularni boshqara olish qobiliyatiga ega bo`lmog‘i talab qilinadi. 
Bunday talablarga javob qaytarish so‘zsiz o`quvchiga qiyindir. Bunday 
qiyinchiliklarni mustaqil ravishda yenga bilish asta-sekin va muntazam o`qish 
jarayonida materialni osondan-qiyinga oddiydan murakkabga tushuntirish, 
bolalarni o`qish faoliyatiga qiziqtirish, darslarni qiziqarli, emotsional va obrazli 
bayon qilish orqali bartaraf qilinadi. 

Yüklə 483,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin