Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi


Viruslarning kimyoviy tarkibi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə29/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Viruslarning kimyoviy tarkibi
Viruslarda nuklein kislotalardan biri bir ipli yoki ikki ipli DNK yoki RNK bo’ladi. Bu bo’linish nisbiy bo’lib, barcha DNK tutuvchi viruslar virus-maxsus (komplementar) RNK va aksincha RNK-genomli viruslar (retroviruslar) - komplementar DNK hosil qilish xususiyatiga ega.
Virus DNK si. Har xil viruslar DNK sining molekulyar og’irligi har xil (IX106-IX108). Viruslar genomida bir iyecha genlar mavjud. DNK -bir ipli yoki ikki ipli, to’gri yoki xalqasimon ko’rinishda bo’ladi. DNK dagi nukleotid ketma-ketliklarining ko’pchiligi bir marta uchrasa, molekula oxiridagi ketma-ketliklar to’g’ri va 1800 ga aylantirilgan qaytarishlarga ega. Bu qaytarishlar virus DNK sini hujayra DNK sidan farklab olishda va halqa ko’rinishini xosil qilishda ahamiyatga ega. Chunki xalqa tuzilishidagi DNK ularning ekzonukleazalarga chidamliligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, bu shaklda DNK transkripsiya va replikasiyasini nazorat qilish va hujayra genomiga birikishi oson bo’ladi.
Virus RNK si. Irsiy axborotni RNK da saqlash bo’yicha viruslar noyob mavjudotlar hisoblanadi. Viruslarda bir yoki ikki ipli RNK bor, ular to’g’ri yoki xalqasimon ko’rinishda bo’ladi. Bir ipli RNK lar vazifalari bo’yicha ikki guruhga bo’linadi: Birinchi guruxdagi viruslar genomi axborot RNK si bo’lib, ular o’zlaridagi axborotni to’g’ridan-to’g’ri hujayra ribosomalariga uzata oladi, shuning uchun ularni "musbat ipli" genom deb ataladi (pikornoviruslar, togaviruslar, retroviruslar). Ikkinchi guruhdagi RNK lar esa a-RNK si vazifasini bajara olmaydi. Ular faqat axborot olish uchun matrisa vazifasini bajaradi. Buning uchun virusda maxsus transkriptazalar bo’lishi zarur. Bunday fermentlar hujayralarda bo’lmaydi. Bir ipi RNK tutuvchi viruslar genomi "manfiy ipli" deb ataladi (ortomiksoviruslar, paramiksoviruslar, rabdoviruslar).
Nuklein kislotalarining viriondagi boshqa komponentlari 1% dan (gripp virusida) 40% gacha (E.coli) faglarini tashkil etadi. Viruslar oqsili 20 ta L-aminokislotadan tuzilgan. Aminokislotalar ketma-ket joylashgan bo’lib, o’zining S- va N-amino guruhi bilan birikkan; oqsillar xili, mikdori har bir virusning o’ziga xos bo’ladi. Viruslarda tuzuvchi va idora qiluvchi genlar (operator genlar, faollashtiruvchi genlar, lepressor genlar) bor. RNK va mayda polioma virusida 3 ta, poliomiyelit virusida 5 ta gen mavjud.
RNK va mayda DNK genomli viruslardan tuzilgan organizmlardan farqii o’laroq juft genlar yo’q, ammo ularda qaytariluvchi oligonukleotit ketma-ketligida uning qoldiqlari topilgan. Viruslarda genetik tuzilma - shizonlar (yunoncha shizo-parchalamoq) bo’lib, ular polipeptidlar (shizomerlarni) nazorat qiladi. Ayrim bakteriya viruslari (faglar) da bitta gen ikkita oqsilni kodlaydi. Bunyavirus, reovirus, miksoviruslarda bir necha qismlardan tashkil topgan- genlar aniklangan.
Virus polipeptid zanjiridagi aminokislotalarning S va N guruhlari berk bo’ladi, shu sababli ko’payish chog’ida ajraladigan proteaza fermenti virusga ta’sir eta olmaydi. Bu esa virusni himoya qiladigan vosita bo’lib, evolyusiya jarayonida haqiqiy hujayra ichida yashaydigan parazitga aylanib qolgan. Ayrim viruslarda esa ferment borligi anikdangan, uning yordamida viruslar hayvon hujayralarining ichida qayta ko’payadi. Masalan, gripp A virusida neyrominidaza va transkriptaza; epidemik parotit, paragripp viruslarida gemolizin; faglarda lizosin va fosfataza; RNK tutuvchi onkogen viruslarda qayta transkriptaza proteinkinaza, DNK tutuvchi viruslarda ligaza bo’ladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin