Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi


) Bentonit flokullasiyasi usuli (BFU)



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə37/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

3) Bentonit flokullasiyasi usuli (BFU). Bu usulning o’ziga xosligi shundan iboratki lateks o’rniga bentonit zarralari ishlatiladi. Bentonit oson gedratlanuvchi alyumosilikat bo’lib, suspeziya holatida turganda, lateks kabi maxsus bo’lmagan oqsillarni yopishtirish xususiyatiga ega. Shuning uchun bentonitni AZ bilan emas, balki undan ammoniy sulfati bilan ajratib olinadigan gammaglobulin fraksiyasi bilan sensibillanadi. BFUning amalga oshirish va uni natijalarini hisoblash LUga o’xshaydi. Tamaki mozaikasi virusi, pomidordagi xalqa dog’li viruslarni bu usul bilan toza preparatda 0.3 - 1 mkg/ml gacha aniqlash mumkin.
4) Teskari gemagglyutinasiyasi usuli (TGA). Bu usul fitoviruslarni aniqlashda juda kam qo’llaniladi. Faqatgina viruslarning kapsid oqsilida gemaglyutenin bo’lsagina TGA usuli qo’l keladi. Odatda eritrositlik diagnostikum "teskori" holda tayyorlanadi, ya’ni eritrositni tashqi sathiga ATlarni bi-va polifunksiyali agentlar (glutar dialdegidi, gosipol, formaldegid, xlorli xrom, tanin va boshqalar ) yordamida "tikiladi". Qolggan aniqlash ishlari xuddi LU-ni eslatadi. TGA usuli fitoviruslarni aniqlaganda uning sezgirligi AUMV uchun 0.01 mkg/ml ni tashkil etadi. Qator viruslar uchun TGA-usulining sezgirligi LU-nikidan 8-40 marta ko’pdir.
5) Virus bakteriya agglyutenasiyasi usuli (VBA). Lateks, bentonit yoki eritrositlani o’rniga mikroorlanizmlarni ham ishlatish mumkin. Masalan, mikroorganizmlarning tashqi po’st qavatidagi A-oqsili ATlar bilan maxsus bog’lanish xususiyatiga egadir. Bunday mikroorganizm stafilakoklar avlodi vakillaridan bo’lgan tillasimon stafilakoki bo’lib, u ancha keng ko’lamda har xil maqsadlarda qo’llanidladi.
AZ larni dastavval stafilokok hujayralariga, so’ngra unga AGni qo’shilsa juda tezlik bilan aglyutinantlar hosil bo’ladi. Bu usul avvallari mikroorganizmlarni serologiya gruppalariga bo’lishda ishlatilgan edi. Keyinchalik bu usul fitoviruslarni aniqlashda o’ziga hos munosib o’rinni egallaydi. Tillarning stafilokoklarning hujayra po’stildagi A-oqsili ATni faqat G’s - uchastkalari bilangina bog’lanish xususiyatiga ega bo’lib, AT dagi AG birikadigan qism band bo’lmay ochiq qoladi. Bu xususiyat qator mikroorganizmlarga xos bo’lsa kerak, ammo bu ishlar hali chuqur o’rganilgan emas. A-oqsilining joylanishi bilan chuqurroq tanishmoqchi bo’lsak, u hujayraning tashqi devorining eng ustki qavatida bir tekisda tarqalgan holda joylashgandir. A-oqsilning tozalangan preparatlarini xromotografiya usuli bilan toza holda olib, uning fizika va kimyoviy hususiyatlari o’rganilgan. Natijalar shuni ko’rsatadiki AG va AT bir-biri bilan bog’langan bo’lsa-da, bu kompleks A-oqsili bilan bog’lanish xususiyatini yo’qotmagan. Undan tashqari ATning G’s fragmentining A-oqsiliga nisbatan bog’lanish moyilligi oshadi. A-oqsilining bu xossalari va uning mikrobiologiya amaliyotida keng ko’lamda qo’llanilishi VBA usulini fitoviruslarini tezkorlik bilan aniqlash uchun ishlab chiqilishiga sabab bo’ldi. Bu usulning mohiyati quydagichadir: bir hajm 10 % lmk stafilokokning suspenziyasi 5-7 hajm aniqlanadigan virus AZS bilan aralashtiriladi. Hosil bo’lgan kompleks diagnostikum deyiladi. Namunalardagi virusning miqdorini aniqlash uchun diagnostikumning bir tomchisini buyum oynasida bir tomchi virusi bor namuna bilan aralashtiriladi. Paydo bo’lgan agglyutinantlarni oddiy ko’z bilan ham ko’rish mumkin. Bu usul bilan viruslarni 0.2 - 0.5 mkg/ml gacha aniqlash mumkin. Bu usulni sezgirligi RID, IID va IFA usullarinikiga yaqinlashib boradi. VBA usulining oddiyligi, kam reaktivlar sarflanishi hamda kam vaqt talabligi amaliyotda ko’p muammolarni ochishda qo’l keladi va uni keng tarqalishiga sabab bo’ladi. Bu usulning mualliflaridan biri bo’lgan Chirkov S.N. tadqiqotlarida uni keng ko’lamda qo’llab yettitaga har xil guruhga mansub viruslarni aniqlashda foydalaniladi. Usulni tejamkorligini shundan ko’rsa ham bo’ladi, masalan, ishlatiladigan AZ lar 100-200 martagacha suyultirilib so’ngra ishlatiladi. Hujayrada kam to’planadigan viruslar aniqlanganda va o’simlik shirasini 2000 martagacha suyultirilganda ham VBA usuli qo’l keladi. Bu usul bilan bodring, arpa mozaikalari viruslarini 32-64 marta suyultirib kasal o’simlikning shiralarida virus aniqlandi.
Ma’luki olingan AZlarda ATlardan tashqari qonga har xil oqsillar bo’ladi. Bularning orasidan ATlarni toza holda olingan preparatlarni ishlatib, VBA usulining sezgirligini yanada oshirish mumkin. Chirkov tomonidan tozalangan ATlar ishlatilib usul sezgirligini 0.002 mkg/ ml gacha oshiriladi. Qisman tozalangan ammoniy sulfati yordamida ajratilgan gamma globulin fraksiyasini ishlatilganda esa sezgirlik 0.2 mkg/ml ni tashkil qiladi xalos.
Maxsus bo’lmagan reaksiyalarni oldini olish maqsadida yuqori titrlik AZlarni ishlatish maqsadga muvofiq bo’ladi. VBA usuli hujayrada ko’p to’planadigan viruslarni - X, U, M kabi kartoshka viruslarini, tamaki, bodring mozaikasi viruslarini aniqlashda o’simliklardagi viruslarni aniqlash zarur bo’lganda o’simliklarni o’sish va rivojlanish joyiga qarab ularda to’planadigan ba’zi moddlar maxsus bo’lmagan reaksiyalar sodir bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin. Masalan, bu hodisaning Leningrad viloyatida pomidor viruslarini (TMV) ni aniqlaganda kuzatildi. Shu o’simlikni virusini VBA usuli bilan janubiy mintaqalarda aniqlansa masalan, Toshkent viloyatida maxsus bo’lmagan reaksiya aksincha, kuzatilmaydi. Demak, o’simliklarni rivojlanish yeri unda to’planadigan ba’zi moddalar VBA usulida aniqlash ishlarini olib borishga xalaqit qilishi mumkin. Bunday vaqtlarda o’simlik shirasi sentrafuga qilinib qisman tozalansa maxsus bo’lmagan reaksiyani oldi olinadi.

VBA usuli agglyutenasiyaga asoslanagan usullarning eng afzali. Chunki "tomchi" va "ammoniy sulfati" usullari yordamida viruslarni aniqlab bo’lmagan hollarda ham VBA usulida viruslarni bemalol aniqlasa bo’ladi. Shuning uchun ham kartoshkaning ko’zlaridagi, o’simtalaridagi kam miqdorda to’planadigan kartoshka viruslarini yuqoridagi usullarda aniqlab bo’lmagan hollarda VBA usuli yordamida muvofaqqiyat bilan aniqlandi. Bu usul yana kartoshka viruslarini, jo’xorining pakana mazaikasi viruslarni to’qimada to’planish dinamikasini o’rganishda, har xil sortlarga qarab kartoshkada viruslarni har xil to’planishi mumkinligini ko’rsatib berdi.


Shu bilan bir qatorda immunologiya usullarini solishtirma o’rganishlar chinnigul o’simligining meristema to’qimasida viruslarni RID, IID, VBA va IFA usullari bilan aniqlash mumkinligini ko’rsatdi. Ammo yoz faslida VBA usuli kuz va qish fasillarida esa to’qimada virus miqdori kam bo’lgan hollarda IFA usuli yaxshi natijalar beradi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin