Viruslar tasnifi. Viruslarning zamonaviy tasnifi umurtqalilar, umurtqasizlar, o’simliklar va mikroorganizmlar viruslari uchun umumiy hisoblanadi. Bu tasnifga quyidagi mezonlar kiritilgan:
Nuklein kislotaning xili (RNK yoki DNK), uning tuzilishi (iplar soni);
Lipoproteid qobig’ining borligi;
Virus genomining reproduksiya qilish usuli;
Virionning hajmi va morfologayasi, simmetriya turi, kapsomerlar mikdori.
Irsiy ta’sirlashuvlarning ko’rinishi;
Virusga ta’sirchan xo’jayinlarning turlari;
7) Patogenligi, hujayraga ta’sir ko’rsatishi va hujayra ichi
kiritmalarining hosil bo’lishi;
Geografik tarqalganligi;
Yuqish yo’llari;
10) Antigen xossalari.
Sanab o’tilgan belgilar asosida viruslar oila, turkum, tur va tiplarga bo’linadi. Oilalarga bo’linishi 1 va 2 mezonlarga asoslangan bo’lsa, turkum va tiplarga qolgan belgilari bo’yicha ajratiladi.
Faqat umurtqalilarda uchraydigan viruslarga gerpes, adenoviruslar, ortomiksoviruslar, arenoviruslar, koronaviruslar kiradi. Bir qator viruslar filogenetik to’siqlarni yengib o’tib, ham umurtqalilar, hamumurtqasizlar organizmida (kanalar, chivinlar, iskaptoparlar) ko’paya olish xususiyatiga ega. Bularga bunyaviruslar, togaviruslar, rabdoviruslar va reoviruslarning ma’lum bir turkumlarini kiritsa bo’ladi. Bu viruslar uchun bo’g’imoyoqlilar ham tabiiy xo’jayin, ham tashuvchi vazifasini bajaradi. Bunday viruslar arboviruslar deb ataladi.
Viruslar nomenklaturasi. Viruslarning nomlanishida qator qoidalar mavjud. Oila nomi "viridae", kenja oila - "virinae", turkum - "virus" deb tugallanadi.
Pikornoviruslar oilasi (Picornaviridae) Pikornaviruslar oilasi (lotincha pico - kichik, RNA - RNK) odam va hayvonlar uchun patogen bo’lgan sodda tuzilishga ega viruslardan tarkib topgan. Pikornaviruslar RNK tutuvchi mayda viruslar bo’lib, o’rtacha hajmi 22-30 nm. RNK kapsid bilan o’ralgan bo’lib, ikosaedr shaklga ega. Ularda tashqi qobiq, ya’ni superkapsid bo’lmaydi. Tarkibida lipid, uglevodlar yo’q. Shuning uchun efir va dezoksixolat moddalari ta’siriga chidamli. Pikornaviruslar oilasi 4 ta turkumni o’z ichiga oladi: 1) Enterovi-rus; 2) Cardiovirus; 3) Rhinovirus; 4) Aphtovirus.
Enteroviruslarturkumiga polioviruslar, Koksaki, ESNO va gepatit A viruslari kiradi. Kardioviruslar turkumiga odamlarda isitmali kasallik keltirib chiqaruvchi ensefalomiokardit virusi; rinoviruslarga esa odam, sigir, otlarning yuqori nafas yo’llarida kasallik keltirib chiqaruvchi viruslar kiradi. Aftoviruslar qoramol va cho’chqalarda oqsim kasalligini qo’zg’atadi.
Enteroviruslar Polioviruslarning (1-3 tiplari), Koksakining A (24 serovar) va V guruhi (6 serovar), ESNO (34 serovar), enteroviruslarning 68-71 serotip va gepatit A viruslari odam uchun patogen hisoblanadi. 1969 yildan boshlab topilgan enterovirus tiplari tartib raqamlari bilan belgilanadi. Masalan, shol viruslari enteroviruslarning 1-3, genatit A virusi 72-tiplari va hokazo.
Barcha enteroviruslar o’zining tuzilishi, kimyoviy tarkibi, fizik-kimyoviy omillarga chidamliligi va boshqa xususiyatlari bilan bir-biriga o’xshaydi. Enteroviruslar ichida shol virusi to’liqroq o’rganilgan.
Pikornaviruslar tasnifi