Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi


Koksaki, ESNO va boshqa enteroviruslar



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə41/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Koksaki, ESNO va boshqa enteroviruslar
Koksaki virusini 1948 yili AQShning Koksaki hududida G.Doldorf va G.Siklsyaar falaj va poliomiyelitga o’xshash kasallikka chalingan bolalar najasidan ajratib olishga muvaffaq bo’lishgan. Keyinchalik ESNO (ingl - Enteric cytopatogenic human orphans - odam ichagining sitopatogen virusi) virusini (1951) J.Melnik, J.Enders va boshqa olimlar odam ichagidan ajratib olishgan. Lekin ancha vaqtgacha bu viruslarni kasallikning asl sababchisi ekanligi isbotlaimay qoldi. Shu bois bu viruslarni birmuncha vaqt "yetimcha" viruslar ham deb atab kelindi.
Morfologiyasi. Koksaki virusining o’lchami 28 nm, ESNO virusniki esa 25-30 nm. Biruslar ikosaedr shaklida bo’lib, qubsimon tipdagi simmetriyaga ega. O’stirish. Viruslar odam va maymun but^ragi hujayrasidan tayyorlangan kulturalarda hamda odam embrioning fibroblastlari kulturalarida ko’payadi. Antigen tuzilishi. Antigen tuzilishiga ko’ra Koksaki virusi A va V guruhlarga, ular tiplarga bo’linadi. Koksaki A guruhidagi viruslar 24 ta, V guruhidagilar esa 6 ta serotipni tashkil etadi. Bu serotiplar komplementni bog’lovchi umumiy antigenga ega. Ammo ularni tip maxsus antigenlarga neytrallash reaksiyasi yordamida farqlab olish mumkin. ESNO virusi 34 ta serotipdan iborat, lekin ularning hammasi odamyaarda kasallik keltirib chiqarmaydi. Bu tiplar bir-biridan immunologik xususiyatiga ko’ra farq qiladi. Odamdagi enteroviruslar 5 ta (68-72) tipdan iborat. Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Koksaki guruhidagi viruslar yangi tug’ilgan oq sichqon bolalari uchun patogen hisoblanadi. Koksaki A guruhidagi viruslarning ayrim tiplari katta sichqon, dala kalamushlari va maymunlarda ham kasallik qo’zg’atishi mumkin. ESNO viruslari laboratoriya hayvonlari uchun patogen emas.
Kasallikning odamlardagi patogenezi va klinikasi. Koksaki, ESNO va enteroviruslar tabiatda keng tarqalgan bo’lishiga qaramay, ularning asosiy manbai odam hisoblanadi. Ular bemor najasi va boshqa omillari bilan atrof muhitga tushadi. Bu viruslar odamlarga, asosan, fekal-oral va qisman havo-tomchi yo’llari orqali yuqadi. Enteroviruslar turib qolgan suv havzalari, ovqat mahsulotlari, ho’l mevalar va sabzavotlarda bo’lishi mumkin. Ularning pashshalar orqali tarqalishi to’g’risida ham fikrlar mavjud. Kasallik aksariyat yoz va kuz fasalarida ko’proq qayd qilinadi.
Koksaki va ESNO viruslari ko’zg’atgan kasalliklarning klinik belgilari turlicha. Aseptik serozli meningit, 3 kunlik isitma, boston (epidemik) ekzantemalar, aseptik miokardit va boshqalar. Koksaki va ESNO enteroviruslari o’tkir gemorragik kon’yunktivit, gripp va poliomiyelitga o’xshash kasalliklarni ham qo’zg’atadi.
Immuniteti. Kasallikni boshdan kechirgandan so’ng bemorlarda kuchli, tipga xos uzoq muddatli immunitet hosil bo’ladi. Bemorning qon zardobida ko’p mikdorda viruslarni neytrallovchi antitelolar kuzatiladi.
Laboratoriya tashxisi. Enterovirusli infeksiyalarga tashxis qo’yishda virusni ajratib olish va juft zardoblarni serologik tekshirish ishlari amalga oshiriladi. Virus bemor najasi, tomog’i, qon va orqa miya suyuqliklaridan ajratib olinadi. Bemor najasi kasallikning 1-2-haftalarida olinsa, burun-bo’shlig’i va halqum ajralmasi kasallikning birinchi 3-kunida olinishi kerak. Hujayra kulturalaridan, jumladan maymun buyragi va odam amnioni hujayra kulturalaridan foydalaniladi. Viruslarni identifikasiya qilish uchun tipga xos zardoblar aralashmasi bilan neytrallash reaksiyasi qo’yiladi. Koksaki va YeSNO viruslarining musbat gemagglyutinasiya reaksiyasini beruvchi variantlarini identifikasiya qilishda gemagglyutinasiyani to’xtatuvchi reaksiya qo’yiladi.
Koksaki va ESNO viruslari qo’zg’atgan kasalliklarga serologik tashxis qo’yishda bemorning juft zardobi tekshiriladi. Bemor zardobidagi antitelolar neytrallash va komplementni bog’lash reaksiyalari yordamida aniqlanadi. Agar reaksiya musbat bo’lsa, antitelolar titri 4 marta ortadi.
Davosi va profilaktikasi. Kasallikning maxsus davosi va profilaktikasi ishlab chiqilmagan. Asosan, patogenetik, simptomatik ko’rinishiga qarab hamda intoksikasiyani kamaytiruvchi yallig’lanishga qarshi preparatlar buyuriladi. Profilaktikasida enterovirusli infeksiyalarga qarshi qo’llanilgan sanitariya tadbirlariga amal qilinadi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin