Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə42/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Rinoviruslar
Yuqumli tumov virusi 1960 yili shu kasallik bilan og’rigan odamlardan ajratib olingan. Viruslar Rinovirus turkumiga mansub bo’lib, o’lchami 20-30 nm. Ularning tuzilishi va ko’pgina xususiyatlari enteroviruslarga o’xshash. Rinoviruslar nordon muhitda (rN 3,0-5,0) yuqish faoliyatini yo’qotadi. Ammo -700C li sovuq haroratda uzoq saqlanadi. Viruslar, asosan, odam embrioni, o’pka fibrinoblastlari va traxeya epiteliysidan tayyorlangan kulturalarda o’sadi. Ularning o’sishi uchun me’yoriy harorat 33°C hisoblanadi. rN muhit esa 6,8-7,0 bo’lishi kerak. Xuddi shunday sharoitda viruslarning sitopatogen ta’siri yuqori bo’ladi.
Hozir rinoviruslarning "N" va "M" guruhi ma’lum. Rinoviruslarning "human" shtammalari odam buyraga va boshqa to’kima hujayralari kulturasida ko’payadi. "M-monkeu" shtammalari esa maymun to’qimalari hujayra kulturasida rivojlanadi. Shunisi xarakterliki, rinoviruslar sichqonning emizikli bolalariga patogen emas, ularning 113 xil serotiplari ajratib olingai. Rinovirusning 14-serotipi poliomiyelit virusiga juda o’xshab ketadi.
Virus odamdan-odamga havo-tomchi yo’li orqali yuqadi. Odamlarda rinoviruslar burun shshshiq qavatining epitelial hujayralarida joylashib, yukumli tumov kasalligini qo’zg’atadi. Kasallikning yashirin davri 2-4 kun bo’lib, kasallik 5-7 kun davom etadi. Bemorda tumov alomatlari (yo’tal, bosh og’rig’i va boshqalar) kuzatiladi. Ko’proq bolalar kasallanib, ularda bronxit va bronxopnevmoniya rivojlanadi. Kasallikdan so’ng otit, traxeobronxit va o’pka yallig’lanishi kabi asoratlar qolishi mumkin. Tuzalgandan keyin bemorda 1 yilgacha saqlanib qoladigan gumoral immunitet hosil bo’ladi. Laboratoriya tashxisi burun suyuqligini odam embrioni buyragidan tayyorlaigan hujayra kulturasiga yoki odamning dipleta .hujayrasiga yuqtirib virusni ajratib olib, neytrallash reaksiyasi yordamida identifikasiya qilishga asoslangan. Bundan tashqari, virus antigenini tezkor usul hisoblaigan immunoflyuoressensiya reaksiyasi bilan aniqlash ham mumkin.
Maxsus davosi va profilaktikasi yo’q. Hozir interferon ishlatiladi. Kasallik ko’pincha kuz va qish oylarida uchraydi, shuning uchun organizmni chiniqtirish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin