Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə40/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Poliomiyelit virusi
Poliomiyelit (shol) virusini 1909 yilda K.Landshteyner va Ye.Popperlar topgan. Ular shol bilan kasallanib o’lgan bolaning orqa miyasidan tayyorlangan emulsiyani maymunlarga yuqtirib, ularda sust falajlik belgilarini kuzatganlar. 1949 yili D.Enders virusning to’qima kulturasida ko’payishini isbotladi.
Morfologiyasi, Virus o’lchami 17-30 nm, markazida bir ipli RNK si bor. RNK 60 ta kapsomerdan iborat kapsid bilan o’ralgan, ikosaedr simmetriyasiga ega, tashqi qobig’i yo’q. Shuning uchun virus tarkibida lipid va uglevodlar tutmaydi. Virus quruq, og’irligining 30% ini RNK, 70% ini oqsil tashkil qiladi. Virus kapsidi 4 ta (VPl, VP2, VP3, VP4) oqsildan tashkil topgan. Bu oqsillar har xil molekulyar og’irlikka ega. VP4 oqsili virus RNK si bilan birikkan holda bo’ladi. Antigenlari. Shol virusi antigen tuzshshshiga ko’ra 3 ta serologik tipga bo’linadi (I, II, III) Komplementni bog’lovchi antigeni 3 ta serotip uchun umumiy hisoblanadi. Serotiplari bir-biridan antigen tuzilishi va ayrim biologik xususiyatlari bilan farq qiladi. Epidemiya vaqtida virus antigenining asosiy qismi (65-95%) I tip; P va III tiplari esa kamroq, ya’ni 5-35% bemorlardan ajratib olinadi.
O’stirish va reproduksiya. Poliomiyelit virusi odam va maymun buyraklariniig birlamchi hujayra kulturasida va Hela hujayra kulturasida undiriladi, ular hujayraga patogen ta’sir etib ko’payadi. Poliomiyelitning reproduksiya sikli 5-7 soatni tashkil qiladi. Virus hujayraga viriopeksis yo’li bilan kiradi. Reproduksiya jarayoni sitoplazmada sodir bo’ladi. Bitta xo’jayin hujayrasida 150 ta virion sintez qilinadi. Virion kapsidsan ozod bo’lgandan so’ng, replikativ shakldagi RNK hosil bo’lib, o’ axborot RNK va virion RNK larining sintezi uchun matrisa bo’xshb xizmat qiladi. Jarayon boshida yirik polipeptid hosil bo’ladi. Bu polipeptid proteolitik fermentlar yordamida bir necha bo’lakchalarga bo’linadi. Ularning bir qismi kapsomer, ikkinchisi ichki oqsillar, uchinchisi virion fermentlari (RNK transkriptaza va proteaza)ni hosil qgaadi. Keyin har bir moyil hujayrada bir necha yuz virionlar paydo bo’lib, ular hujayraning lizisidan so’ng tashqariga chiqadi.
Chidamliligi. Shol virusi 00C haroratda suv va najasda yuqish faolligini bir oygacha saqlaydi, haroratda 30 daqiqadan so’ng, 1000C da bir necha soniyadan so’ng o’ladi. Aksincha, past haroratga ancha chidamli. Poliovirus 0,5-1,0% li fenol eritmasiga chidamli, ammo xlorli ohak, xloramin, formalin, vodorod angidrid ta’siriga chidamsiz. UB nurlar va quritilishga unchalik bardosh bermaydi.
Poliomiyelitning odamlardagi patogenezi. Kasallik manbai bemor yoki virus tashuvchilar hisoblanadi. Kasallik havo-tomchi, fekal-oral yo’llar orqali yuqadi. Bunda iflos qo’l, zararlangai oziq-ovqat mahsulotlari, suv, bemor tutgan buyumlarning ahamiyati katta. Virus og’iz bo’ishig’i, burun va halqumning shilshiq qavati epitelial hujayralarida ko’payadi. Ularning reproduksiyasi halqum, ingichka ichakning shilliq qavatida, tomoq xalqasi, limfa tugunlarida va Peyer pilakchalarida amalga oshadi. So’ngra, virus limfa sistemasidan qonga o’tib markaziy nerv sistemasiga boradi va sirtqi nerv aksonlari pastki harakat neyronlarining tolalari bo’ylab tarqaladi. Keyinchalik viruslar bosh va orqa miyaning old shoxlarini shikastlaydi. Bu yerdagi hujayralar virusga nisbatan juda sezuvchan, shuning uchun bu hujayralarning shikastlanishi falajlikka olib keladi.
Klinik belgilar paydo bo’lgunga qadar bemorning burni, halqumi va najasidan tayyorlangan preparatlardan virusni ajratib olish mumkin. Odatda kasallik 4 xil klinik shaklda kechadi: klinik belgilari - rivojlanmagan; yengil falajsiz shakli; aseptik meningit shakli; falajlikshakli.
Yashirin davri o’rtacha 7-14 kun. Shol bilan, asosan, 4-5 oylikdan 5-6 yoshgacha bo’lgan bolalar kasallanadi. Kasallik epidemiya ko’rinishida tarqalishi mumkin. Ko’pincha burun-halqumda kataral holat yoki yengil meningial simptomlar bilan kechadi.
Immuniteti. Sholdan so’ng turg’un, uzoq muddatli turga xos immunitet hosil bo’ladi, ya’ni virusning boshqa turi yuqqanida qayta kasallanish mumkin. Kasallikdan so’ng virusni neytrallovchi ko’pgina antitelolar hosil bo’ladi. Bular qon zardobida, likvorda, siydikda uchraydi. Onadan o’tgan immunitet bolada 3-6 haftagacha saqlanib qoladi.
Laboratoriya tashxisi. Tekshirish uchun bemorning burun bo’shlig’i va halqumidan patologik material va najas, letal hollarda esa murdadan bosh va orqa miya, ichak devori, limfa tugunlari va boshqa jarohatlangan a’zolardan tekshirish uchun material olinadi.
Shol virusi Koksaki va ESNO viruslaridan farqli o’laroq, orqa miya suyuqligida kam uchraydi. Bakteriya mikroflorasini o’ldirish maqsadida tekshiriluvchi materialga antibiotiklar qo’shib, ulardan suspenziya tayyorlanadi va ularni maymun, odam embrioni buyraklarining hujayra kulturasi va Hela hujayralariga yuqtiriladi. Bu hujayra kulturalaridagi poliovirusning SPT bo’yicha virus reproduksiyasi aniqlanadi. Tipga xos zardoblar yordamida hujayra kulturasiga neytralizasiya qilish reaksiyasini qo’yib, viruslar identifikasiya qilinadi.
Poliomiyelit kasalligida bemor qonida komplementni bog’lovchi va viruslarni neytrallovchi antitelolar paydo bo’ladi. Ular titri kasallik dinamikasida ortib boradi. Shu sababli bemordan juft-juft zardoblar olinib (3-4 hafta oralig’ida) KBR va neytrallash reaksiyalari virusning etalon shtammlari bilan qo’yiladi.
Davolash. Sholga qarshi maxsus davo yo’q. Asosan odam immunoglobulinlari yuboriladi va simptomatik davo choralari qo’llaniladi.
Profilaktikasi. Sholning maxsus profilaktikasi 1954 yil amerikalik virusolog J.Solk tomonidan taklif qilingan. U formalin yordamida virusning 1, 2, 3-tiplaridan o’ldirilgan vaksina tayyorladi. Bu vaksina organizmda yuqori immunogenlik xususiyatkga ega bo’lib, asosan, IgM va IgG antitelolar hosil qiladi. Ammo bu vaksina ichak shilliq qavati hujayralaridagi viruslarning ko’payishiga to’sqinlik qila olmaydi, chunki, vaksina muskul orasiga yuborilganda mahalliy immunitet hosil bo’lmaydi.
A.Sebining virusning avirulent shtammidan tayyorlagan tirik vaksinasi IgM, IgG lardan tashqari sekretor IgA antitelolarini yuzaga keltirish xususiyatiga ega. Bu holat ichaqda virulentli polioviruslarning qo’payishiga barham berdi.
Tirik vaksinani ishlab chiqarish texnologiyasi Sobiq Ittifokda virusologlar A.A.Smorodinsev va M.P.Chumakovlar tomonidan yo’lga qo’yilgan bo’lib, bu vaksina bolalarning og’ziga tomiziladi va ularning 85-95% da immunitet hosil qiladi.
O’zbekistonda profilaktik emlash kalendari bo’yicha go’dak bolalar sholga qarshi 2-5 kunligida (emlashda bolaning holatiga qaraladi), 2, 3, 4 oyligida va 7 yoshga to’lganda tirik vaksina bilan emlanadi. Poliomiyelitga qarshi hamma bolalarni reja asosida yoppasiga emlansa, bu kasallikni mutlaqo tugatish mumkin. Jahon. Sog’likni Saqlash Tashkilotining dasturiga asosan XX asrning oxirgi yillarida butun dunyoda, shu jumladan respublikamizda ham hamma bolalarni emlash amalga oshirilmokda. So’nggi yillarda mamlakatimizda shol kasalligi kamdan-kam hollarda qayd qilinmoqsa.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin