Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi


) Immunoelektroforez usuli



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə36/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

3) Immunoelektroforez usuli. Bu usul viruslarni aniqlashda, avvalgilariga qaraganda nisbatan kamroq ishlatiladi. Bu usulda chuqurchadagi AGni erkin radial diffuziyasi doimiy elektr maydoni ta’sirida bir yo’nalish bo’ylab bo’ladigan diffuziya bilan almashtiriladi. AZ bilan reaksiyaga elektr maydonida har xil diffuziya natijasida turli masofada joylashgan AG lar kiradi va prsipitat chuqqilari hosil buladi. Densitometr yordamida ko’tarilganda AG konsentrasiyasi qancha yuqori bo’lsa, presipitasiya cho’qqilari ham shuncha ko’p va baland bo’ladi.
Optimal sharoitda IEF o’tkazib bodring mozaikasi virusini 0,5-5 mkg/ml miqdorgacha aniqlash mumkin. IEF ni tobamoviruslarni serologiya tiplarini aniqlashda keng ishlatiladi.
Hamma immunodiffuziya usullarida yaxshi natija oldish AG yoki AT ning agar-agardagi diffuziyasiga bog’liqdir. Undan tashqari ba’zi xollarda maxsus bo’lmagan reaksiyalar ham bo’ladi va natijada "yolg’on" presipitasiya chiziqlari hosil bo’ladi. Bunday xolni kuzatish sabablaridan biri dinaturasiyaga uchragan hujayra qismlarini o’ziga xos bo’lmagan birikishidan, o’simlik hujayra shirasidagi fitoomoagglyutininlar borligidan, o’simlik polifenol va tanin moddalarining AZ oqsillari bilan reaksiyasi natijasida hamda "yopishtirgich", "tikgich" va boshqa moddalarni mavjudligidandir.
3.AGGLYUTINASIYA REAKSIYASIGA ASOSLANGAN USULLAR
Bu usulda birorta modda yoki hujayra (lateks, bentonit, eritrosit, bakteriya hujayrasi va xokozolar) AZ bilan nishonlanadi (sensibilizasiya qilinadi). Agar bunday sensibilizasiya qilingan modda yoki xujayra suspenziyasiga virus zarralari qo’shilsa virus va AZ reaksiyasi natijasida har xil o’lchovli agregatlar hosil bo’ladi. Kuyda shu usullar haqida so’z yuritiladi.
I) Lateks usuli (LU) AZ ni polistiroldan tayyorlangan lateks zarralariga almashtirilib, lateks zarrasi ustiga AT molekulalarini immobilizasiyalanadi va lateks zarrasi AT bilan nishonlanadi. Bunday nishonlangan lateks zarraliri yordamida viruslarni aniqlashni birinchi marta Berks tomonidan amalga oshirildi.Lateksning 0,81 mkm diametrlik zarralarini AZ ning gamma globulini fraksiyasiga kushilsa nishonlangan lateks xosil buladi va uni diagnostikum (aniklagich) deb ataladi. Bu usulni fitoviruslarni aniklashda ishlatish uchun bir tomchi diagnostikumni buyum oynasida yoki kapillyarda bir tomchi o’simlik shirasi bilan aralashtiriladi va maxsus tebratgichda tebratiladi. Ma’lum muddatdan so’ng natija kuzatiladi va hisoblanadi. Agarda reaksiya natijasi ijobiy bo’lsa lateks zarralari birlashib agglyutinatlar xosil kiladi, natijani oddiy ko’z yordamida yoki mikroskopning kichik obyektivida kuzatilsa ham bo’ladi.
Bu usul bilan sholgomning sariq mozaikasi virusini (sharsimon ko’rinishda) aniqlanganda "tomchi" usuliga qaraganda 25-100 marta sezgirlik yuqori bo’ladi, tayoqchasimon viruslarni aniqlaganda esa bu kattalik 12-100 marta bo’lishi mumkin. KXV va KSV toza preparatlarini aniqlaganda sezgirlik 0,1-0,5 mkg/ml ni, aniqlashga sarflangan vaqt 10-60 min ni tashkil etadi.
2) Lateks oqsil - A (LOA) usuli. Lateks usulini so’ngi takomillashtirilgan turi tilla rangli stafilakkoklarning A-oqsilini ishlatib amalga oshiriladi. Bu usulda lateks zarralri avvalo A-oqsili bilan sensibillashtiriladi, so’ngra uning ustidan AZ ning immunoglobulini fraksiyasi bilan nishonlanadi. Qolgan aniqlash usullari lateks usulidagidek olib boriladi. Bu usul qo’llanilganda lateks usuliga qaraganda sezgirlik ancha oshadi, uni yana bir afzalligi shundaki, titri past bo’lgan AZ lar ham bemalol qo’llaniladi.
Usulning sezgirligi lateks testiga qaraganda kartoshkaning u - virusini va olma mozaikasi viruslarini aniqlaganda 2-16 martani tashkil etadi. Sezgirlik oshishini quydagicha tushintirish mumkin. Birinchidan, lateks usulida lateks zarrasi AT larni maxsus bo’lmagan ravishda biriktiradi. LOA usulida lateks zarralari A - oqsili bilan sensibillashtirilganda esa immunoglobulinlarni birikish miqdori oshadi. Ikkinchidan, LU va AT lar lateks zarrasiga birikkan bo’lsa, LOA usulida esa sensibillangan lateksga maxlum tomoni bilangina tartibli bog’lanadi va antigen bog’lovchi markazlarning hammasi faqat tashqariga yo’nalgan bo’ladi.
Lateksga asoslangan usullarni yuqori sezgirligi, tez amalga oshirilishi va past titrlik AZ larni ishlatilishini, ularni faqat laboratoriyadagina emas, balki keng dala sharoitlarida ham qo’llanishi imkoniyatini beradi. Bu usul yordamida KXV, KUV, KSV larni o’simlik barglarida 4-10 minutdayoq diagnostika qilinadi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin