SAVOLLAR:
Mikrobiologiyaning xalq xo’jaligidagi ahamiyati.
Mirobiologiyaning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati
Mikrobiologiyaning sanoatdagi ahamiyati.
Yerning hosildorligining oshrishda mikroorganizmlar qanday ahamiyatga ega.
Mikroorganizmlar tomonidan qishloq xo’jaligi o’simliklaridagi qanday kasalliklar keltirib chiqaradi
20 - MA’RUZA
MAVZU: VIRUSOLOGIYA FANI VA VAZIFASI
REJA:
Virusologiya fanining vazifasi.
Viruslarning ochilish tarixi.
Virusologiya fanining rivojlanishida D.I. Ivanovskiyning xizmati.
Viruslarning kelib chiqishi.
Viruslarning kimyoviy tarkibi
TAYANCH IBORALAR: viruslar, D.I.Ivanovskiy, filtrdan o’tuvchi, zarracha, Beyering, Leffler, D’ Ersel, Fresh, mutloq nazariy, DNK, RNK, protobiont, regressiv, avtonom genetik element.
Viruslar haqidagi fan bu uzoq tarixga ega bo’lib, birinchi chechakka qarshi vaksinani 1-marta virus ochilgunga qadar 200 yil oldin 1796 yili angliyalik vrach E.Jenner qo’llagan. Keyinchalik boshqa virusli kasallikka qarshi vaksinalarni 1885 yili mikrobiologiyaning asoschisi L.Paster ilmiy asosda to’latgan.
Asosan virusning ochilishi bu buyuk rus olimi D.I.Ivanovskiydir. 1892 yilda birinchi marta tamakida kasallik qo’zgatuvchi viruslarni ochib bergan U Peturburgda o’qib yurgan vaqtlardayoq Ukraina va Bessarabiyaga kelib tamakining kasalliklari bilan shug’ullana boshlaydi. Universitetni tugatgandan so’ng Yaltaga Nikitin botanika bog’iga kelib ishini davom ettirib, tajribalar o’tkazib tamaki kasalligini keltirib chiqaruvchi mikroblarning tabiati o’ziga hos bo’lib ular hyech qanday sun’iy ozuqali muhitda yashay olmasligini va faqat tirik organizmda rivojlanishi va bakterial filtrlardan o’tishini isbotlab bu yangi organizmga filtrlardan o’tuvchi bakteriyalar deb nom bergan. D.I. Ivanovskiy ana shu tajriba asosida dissertasiya yozib tamakining 2 xil kasalligi haqida F.Lefler va P.Froshlar moxlarda uchraydigan virusli kasalliklarni ochadi. Keyinchalik 1917 yili D.Errel bakteriofag virusga asos soldi. Bular bakteriyalarning zararkunandasi «Virus» so’zi bu zahar demakdir, bu so’zni Paster ham ishlatgan. Keyinchalik uni «ultravirus» deb ataladigan bo’lib, virus deb nomlanadi. 30-40 yillarda fan va texnikaning rivojlanishi natijasida virusologiya sohasida ko’plab ish qilindi. 1949 yilga kelib viruslar sun’iy o’suvchi tuqimalarda o’stirila boshlandi, uni o’stirish uslublari ishlanib chiqilib 1952 yili Dj.Enders, T.Ueller, F.Robins shu usul uchun Nobel mukofoti laureati bo’ldilar.
Viruslarning o’ziga hos hususiyati D.I.Ivanovskiy va undan keyingi vaqtlarda 1. Bular mayda filtrlardan o’tish hususiyatiga ega, 2. Faqat tirik organizmda hayot kechiradi deb kelingan edi. Keyinchalik bu tushuncha ham absolyut harakterga ega bo’lib qoldi, ana shu viruslarga yaqin mikroorganizmlar sun’iy ozuqali kulturada o’stirish mumkinligi aniqlandi. 3. Xujayra ichida yashovchi parazitlar deyilgan tushunchaga ham. Umuman bularning xujayrasida nuklein kislotalarning qaysi biri DNK yoki RNK ning bor yo’qligiga qarab belgilanadi. Oldinlari har ikkisi ham bor deb kelinar edi. 2-bir yana hususiyati shuki viruslarning xujayrasida mahsus oqsil sintezlanuvchi sistema yo’q.
Dostları ilə paylaş: |