Mikroorganizmlarning o’zgaruvchanligi. Mikroorganizmlarda fenotipik (nasldan-naslga o’tmaydigan) va genotipik (nasldan-naslga o’tadigan) o’zgaruvchanlik farq qilinadi. Bular hujayraning 2 asosiy xususiyati genotip bilan fenotipga bog’liq.
GENOTIP – hujayradagi umumiy genlar yig’indisidir. U organizmning butun bir gruppa hossalarini, tashqi muhitning har xil sharoitida turlicha namoyon bo’ladigan xossalarini belgilab beradi. biroq genotip har qanday sharoitda nisbiy doimiylikni saqlab qoladigan bu bilan mikroorganizmlarni bir-biridan ajratib olinadi
FENOTIP – bunda har bir turda morfologik va fiziologik asoslarning umumiy kamchilikgidir. Genotik hujayraning umumiy yuzaga chiqishi mumkin bo’lgan hususiyati bo’lsa, fenotip ushbu xususiyatlarning ko’zga ko’rinadigan ifodasidir.
Fenotipik o’zgaruvchanlik. Modifikasion tashqi muhitning turli omillari ta’sirida kelib chiqadigan va odatda mikrob turli oziq muhitida o’sib kupaytirilganda kuzatiladi. Oziq muhiti tarkibi va sifatining muhim rNning teliyer xitrisining o’zgarishi, kimyoviy moddalar (etilamin, kolxisin) va boshqalar modifikasiyalar kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin. Bo’nday o’zgarishlar nasldan-naslga o’tmaydi va ularning keltirib chiqargan faktorlarning ta’siri to’xtashi bilan yo’qolib ketadi. Masalan: bakteriyalarning sporasiing hosil bo’lishi muhit harakteriga (quyuk, suyuq) uning tarkibi, o’stirish haroratiga bog’liq. Ko’pgina bakteriyalar va zamburug’lar turli oziq muhitda va turli haroratda o’stirilganda, pigment hosil qilish tezligini o’zgartiradi.
Genotipik o’zgaruvchanlik. Xujayraning irsiy axboroti ona hujayradan qiz hujayraga o’tadigan xromosoma bilan genlarda joylashgan. Genotipik o’zgaruvchanlik mutasiyalar va genotipik rekombinasiyalar va mutasiyalar vositasida bo’ladi. Rekombinasiya – konyugasiya, transduksiya, transformasiya.
Mutasiyalar – yunoncha mutatio – o’zgarish demakdir. Mutasiyalar genetik informasiyalarni saqlovchi va o’tkazuvchi tirik materialni irsiy strukturalarni o’zgarishi. To’satdan tabiiy paydo bo’lib yoki sun’iy hosil qilinib, barqaror qoladi. To’satdan hujayralar yoki sporalarda paydo bo’ladigan mutasiya (generativ) avlodlarga beriladi. Xujayralarda yuzaga keladigan jinsiy ko’payishda ishtirok etmaydigan mutasiya (somatik) bunda faqat somatik ishtirok etib faqat vegetativ ko’payganda avloddan-avlodga o’tadi. Mutasiya terminini goland olimi 1901 yili X.De Friz kiritgan. Genetik apparatning o’zgarishi xarakteriga qarab Masalan. genomli, xromosomali va genli bo’ladi. Sovet ittifoqida mikroorganizmlar seleksiyasi yuzasidan qilinadigan ishlarda sun’iy mutasiyalar olish metodi qo’llanilmoqda. Natijada antibiotiklar, aminokislotalar, vitamin va boshqa biologik aktiv moddalar ishlab chiqarishda foydalaniladigan juda aktiv shtammlar olindi va molekulyar genetikaning rivojlanishiga asos bo’ldi.
SAVOLLAR:
Mikroorganizmlarda irsiyat qanday belgilanadi?
Mikroorganizmlarda fenotipik va genotipik o’zgaruvchanlik va uning sababi?