Onkoviruslarning S tipi qush, sichqon, mushuk, maymun, qoramol va boshqa hayvonlarda leykoz hamda sarkoma qo’zg’atuvchilari hisoblanadi. Bu turkumga Raus sarkomasining virusi ham kiradi, u tovuq, qush, sut emizuvchilarda saraton (rak) kasalligini keltirib chiqaradi.
Onkogen viruslarning V tipi. Bu tipdagi virusni 1936 yili J.Bittner sut bezi rakiga uchragan sichqonlarning sutidan ajratib olgan. Bu sut sog’lom sichqonlarga ichirilganda, ularning ham sut bezlarida o’sma rivojlangan, shuning uchun bu virus sichqonlardagi sut bezi rakining qo’zg’atuvchisi hisoblanadi. Bundan tashqari, ular dengiz cho’chqachalarida ham leyaoz kasalligini qo’zg’atadi. Hozir bunday viruslar ayollarning ko’krak bezi rakidan qidirilmoqda.
Onkoviruslarning D tipi. Bu viruslar dastlab odamning undirilgan rak xujayralaridan, so’ng maymunlarning nopmal va o’sma hujayralaridan ajratib olingan.
Onkoviruslarning A tipi. Odamda bu virus S, V tiplardagi onkoviruslar bilan birga uchraydi, shu sababli ularni S, B, D tiplar virionlarining yetilmagan oraliq shakllari deb qaraladi.
A tipdagi onqoviruslar makakus-rezus, langur va samirlardagi normal va o’sma hujayralaridan, odam va cho’chqa a’zolaridan tayyorlangan undiriluvchi hujayralardan ajratib olingan. Onkoviruslar bir-biridan farq qiluvchi ikki ekzogen va endogen guruhga bo’liiadi.
Ekzogen onkoviruslarga B, S va D tipdagi onkoviruslardan tashkari odam T-limfotrop retroviruslari HTLV-1 va HTLV-2 ham kiradi. Bu ikkala virus ayrim xususiyatlari bilan OITV ga o’xshaydi. HTLV-1 va HTLV-2 viruslar hujayradagi idora qylish jarayonining buzishi natijasida leykozni keltirib chiqaradi. Bu viruslar OITV kabi qon orqali, jinsiy aloqada va onadan bolaga yuqadi.
Endogen onkoviruslar. Bu viruslar 70-yillarda topilgan bo’lib, bir turdagi mavjudotlarning barcha hujayralari genomida DNK proviruslar shaklida saqlanadi, turkumdan-turkumga o’tadi. Bu endoviruslarning DNK-proviruslari hujayra genlaridan farq qilmaydi va ma’lum bir vazifani bajarishi mumkin. Ayrim sabablarga ko’ra endogen proviruslar faollashadi, natijada to’liq RNK tutuvchi, onkogenlik xususiyatiga ega viruslar hosil bo’ladi. Endogen onkoviruslar borligi to’g’risida dastlab amerikalik olimlar R.Xyubner va J.Tadarolar taxmin qilgan bo’lsa, keyinchalik bu taxmin boshqa olimlarning tadqiqotlarida isbotlandi. Endogen viruslar spontan kanserogenez etiologiyasida katta ahamiyatga ega. Ular har xil mutagen va kanserogen omillar ta’sirida hamda organizmning qarish jarayonida faollashadi.
Normal hujayralarda proviruslarning o’nlab, yuzlab nusxalari qoldiqlari topilgan. Shundai endogen proviruslarnnng ayrimlari qayta transkriptaza faolligiga ega zarrachalarii hosil qiladi. Bu zarrachalar "reprotranspozonlar" deb ataladi. Ular RNK matrisasida DNK ning yangi nusxalarini sintez qiladi. Hosil bo’lgan DNK nusxalari xromosoma lokuslariga tartibsiz birikishi natijasida mutasiyalar yuzaga keladi. Agap mutasiya promotor gen yonida sodir bo’lsa, hujayradagi nazorat genlarining faoliyati buziladi. Bu esa hujayra genomi ekspressiyasini normal kechishini buzadi va hujayra nazoratsiz bo’lina boshlashi mumkin.