Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə84/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Gerpes viruslari. Suvchechak, o’rab oluvchi temiratki viruslaridan tashqari, odamlarga nisbatan patogen bo’lgan barcha gerpes viruslarda onkogenlik xususiyati aniqlangan. Oddiy gerpes virusi tiplari va sitomegaliya viruslari in vitro sharoitda odam va hayvon normal hujayralarini o’sma hujayralariga aylantiradi. Bachadon bo’yni karsinomasi etiologiyasida gerpes virusining 2 tipi ahamiyatga ega ekanligi to’g’risida ma’lumotlar mavjud. Masalan, VG-2 ni sichqonlarning bachadon bo’yniga yuqtirilganda ularda xavfli o’sma kasalligi rivojlanadi. Lekin hayvonlarning qorin bo’shlig’iga faolsizlantirilgan virus bilan immunizasiya qilinganda o’sma hosil bo’lmagan.
Gamma-gerpes viruslar kenja oilasiga mansub Epshteyn-Barr va V-limfotrop HBLV viruslar yuqori onkogenlik xususiyatiga ega. Epshteyn-Barr virusi odamlar orasida keng tarqalgan. Bu virus mo’tadil iqlimli mamlakatlarda ko’proq uchraydi. Epshteyn-Barr virusi Janubi-sharqiy Osiyoda yashovchi nazofaringial karsinoma bilan kasallangan xitoyliklarning epitelial hujayralarida doimiy ravishda topiladi. Epshteyn-Barr virusi o’tkir mononukleoz kasalligini qo’zg’atadi, bunda bemorning qonida monosit va limfositlar miqdori ko’payadi. Bu virus V-limfositlar tarkibida uzoq vaqt persistensiya qiladi. Bezgak ko’p uchraydigan tropik mamlakatlarda bu virus Berkittning xavfli limfomasini qo’zg’atadi.
HBLV-virusi 1986 yili limfoadenopatiya, limfoblastik leykoz, teri T-limfomasi bilan kasallangan bemorlarning B-limfositlar kulturasidan ajratib olingan.
Adenoviruslar. Odam adenoviruslari o’zining xo’jayiniga nisbatan onkogenlik xususiyatiga ega emas va odam normal hujayralarni in vitro sharoitda transformasiya qilmaydi. Ammo yanga tug’ilgan sichqon, olmaxon, kalamush bolalariga 12, 18, 31-tiplari yuqtirilsa, ularda sarkoma paydo bo’ladi. Adenoviruslarning boshqa serotiplari (3, 7, 11, 14, 16, va 21) ham hayvonlarda o’sma kasalliklarini paydo qilishi to’g’risida ma’lumotlar mavjud.
Poksviruslar. Bu turkumga kiruvchi kontagiozli mollyuska virusi odam terisida xavfsiz o’sma hosil qiladi. Bu virus, asosan, bevosita va bilvosita aloqa yo’llari orqali yuqadi. Bemorda mayda qattiq tugunchalar paydo bo’lib, kattalar jinsiy a’zolari sohasida, qovuk ustida, bolalar yuzida, qovog’ida, bo’yin va qorinlarida joylashadi.
Bu tugunchalarni siqqanda bo’tqaga o’xshash, ovalsimon oq tanachapar tutuvchi suyuqlik -"mollyuska tanachalari" ajraladi. Shuning uchun ular mollyuska viruslari deb ataladi. Keyinchalik tugunchalar kichrayib, yo’qolib qyetadi. ,
Poksviruslar quyon, olmaxonlarda fibromani qo’zg’atadi. Maymunlarda uchraydigan Yaba-virusi nafaqat maymunlar terisida, balki odamlarda ham xavfsiz o’smani keltirib chiqaradi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin