Bakteriofaglarning amaliyotda qo’llanilishi. Bakteriofaglarning o’ta maxsusligidan ular bakteriya kulturalarini fagotiplash va differensiasiya qilishda foydalaniladi.
Bakteriyalarni fagotiplash mikrobiologiya amaliyotida keng qo’llaniladi. Bunda nafaqat tekshirilayotgan kulturaning turi, balki fagotipi (fagovar) ham aniklaniladi. Bu bir turga xos bakteriyalarning reseptorlariga faqat muvofiq faglar adsorbsiya qilinishini bildiradi, natijada bakteriya hujayrasi lizisga uchraydi. Bir kator tip maxsus fag to’plamlarining ishlatilishi tekshirilayotgan kulturaning infeksiya manbai ekanligini va uning yuqish yo’llarini anikdashda epidemiologlarga katta yordam beradi. Shu bilan bir qatorda, tashqi muhit (suv havzalari)dagi faglar bo’yicha ularga muvofiq bakteriyalarni aniqpash mumkin. Hozir ichburug’, salmonellyoz, koli-proteyali, stafilokokkli va boshka bakterifaglar ishlab chiqariladi. Bular ko’pincha epidemiologik maqsadlarda infeksiya manbaini aniklashda ishlatiladi. Masalan, har xil kasalliklarda nafaqat bir turga, balki bir fagotipga mos keluvchi bakteriya kulturalarining ajratib olinishi, ularning bir infeksiya manbaidan kasallik yuqtirganlarini bildiradi. Agar har xil fagotiplar aniklansa unda bir necha infeksiya manbaini izlash lozim. Hozirgi vaqtda bakteriofag preparatlari yordamida antibiotiklarga chidamli bakteriyalar qo’zg’atgan ichburug’, salmonellyoz, yiringli infeksiyalari bor bemorlar davolanadi. Davolashdan oldin ajratib olingan patogen mikroblarning bakteriofag preparatlariga ta’sirchanligi aniklanadi.
Bakteriofaglarni profilaktika maqsadida ham qo’llash mumkin. Masalan, salmonellyoz faglari bolalar muassasalarida qo’llaniladi.
Ribonuklein kislota (RNK)li viruslar Odam uchun patogen viruslarining ko’p qismi RNK tutuvchi viruslarga mansub. Ular bir-biridan genomning tuzilishi, o’zgaruvchanligi, evolyusiyaning tezligi bilan farq qiladi. Natijada yangi viruslar paydo bo’ladi. Ko’pgina RNK tutuvchi viruslar xo’jayin hujayraning sitoplazmasida ko’payadi, ammo ayrim viruslar rivojlanishning ma’lum bosqichida hujayra yadrosining ichida ham joylashadi.
Hozir odamlarga patogen bo’lgan RNK genomli viruslar 13 ta oilaga bo’linadi: Picornaviridae, Caliciviridae, Reoviridae, Retroviridae, Togaviridae, Flavividae, Bonyaviridae, Arenaviridae, Filoviridae, Rrhabdoviridae, Coronaviridae, Paramyxoviridae, Orthomyxoviridae.