Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə18/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

SAVOLLAR:


  1. Tabiatda karbon o’zlashtirilish bosqichlarini tushuntiring

  2. Spirtli bijg’ishni quzg’atuvchi qaysi mikroorganizmlar?

  3. Qaysi mikroorganizmlar sut kislotali bijg’ish jarayonini olib boradi?

4. Qaysi mikroorganizmlar moy kislotali bijg’ish jarayonini olib boradi?
14 - MA’RUZA
MAVZU: MIKROORGANIZMLAR METABOLIZMI PEKTINLI VA SELLYULOZALI BIJG’ISH
REJA:

1. Pektinli bijg’ish.


2.Sellyulozali bijg’ish. Tola ajratib olish.


TAYANCH IBORALAR: L.Paster, Vant-Gelmont, Libix, spirtli bijg’ish, etil spirt, gomofermentli, geterofermentli, pektin, gemisellyuloza, lignin

Sellyulozaning bijg’ishi


Sellyuloza biosferadagi barcha organik moddalarning 50 % dan oshiqrog’ini tashkil etadi. Sellyuloza asosan polisaxarid holatida o’simlikning asosini, ya’ni15-50 % ni tashkil etib asosan hujayra po’stida tuplangan. Shu sellyulozaning parchalanishi turli hil muhitda va turli xil sharoitda, ya’ni aerob, anaerob, kislotali, ishqorli muhitda boradi. Sellyulozani aerob sharoitda parchalashda asosan aerob bakteriyalar va zamburug’lar bo’lib anaerob sharoitda esa mezofill va termofill bakteriyalar ishtirok etadi.


Aerob parchalanish
Asosan tuproqda sellyulozaning aerob parchalovchi mikroblari juda ko’p. 1918 yili X.B.Xutchinson va Dj.Kleyton birinchi marta sellyulozani parchalovchi uchi o’tkir ochilgan tayoqchasimon bakteriyaga sof kulturasini ajratib oladi. U spiral bo’lganligi uchun ham uni Spirochacta cgtopnaga avlodi deb nomlanadi. Cgoonaga bu tuproqni tanlab ayniqsa go’ng mahsulotlari boy bo’lgan joylarda uchraydi. Bundan tashqari sellyulozaning parchalanishida mikrobakteriyalar ham ishtirok etadi, ya’ni:
Mgcococcus
Archangium
Polyangium – turli tuproqlarda uchrab parchalaydi. Yana tuprokda aerob holatda sellyulozani parchalovchi Cellulomakos avlodi ham bo’lib, bu aerob grammusbat ammo anaerob holatga ham moslashib sellyulozani parchalash xususiyatiga ega. Aktinomisetlar va zamburug’lar ham sellyulozani aerob holatda uncha unumdor bo’lmagan yerlarda uchrab sekinlik bilan sellyulozani parchalaydi.
Sellyulozaning anaerob bijg’ishi
Sellyulozaning anaerob yo’l bilan parchalaydigan bir qancha bakteriyalar tabiatda topilgan bo’lib bulardan asosan, Bacillaccoc oilasidan Closteridium avlodidir. Bu bakteriyalar asosan go’ng va iflos organikaga boy bo’lgan yerlarda, daryo va ko’l suvlarida ko’plab uchraydi. Bakteriyalar tashqi faktorlarga chidamli bo’lib neytral tuproqlardan tashqari kislotali muhitda ham uchraydi. Bularning rivojlanishi uchun optimal temperatura 30-400S. Taniqli mikrobiologlardan biri V.L.Omseyanskiy sellyulozaning parchalanishi 2-xil, ya’ni metanli va vodorodli achishini aniqladi.
Vodorodli achishda sellyulozaning parchalanishida ko’plab vodorod ajralib chiqadi moy sirka kislotalari, SO2 va boshqa gazlar hosil bo’ladi. Bu hil achishni mikroorganizmlardan Bac.Cellubosos hydeogcnicus qo’zg’atadi. Bu mikrob uzunchoq anaerob, tayoqchasimon, sporasi tanasining bir uchida hosil bo’lib baraban tayoqchasini eslatadi. Metanli achishda sellyuloza tufayli juda ko’p miqdorda SN3 ajralib chiqadi. Ana shu bilan moy, sirka kislotalari, SO2 gazi va boshqalar hosil bo’ladi. Bu prosessni Bac.cellulosoa mcthonicus olib boradi deb ularning rivojlanishi ham har hil, ya’ni metanni bijg’ituvchi vodorodli bijg’ituvchiga nisbatan tezroq rivojlanadi. Shuning uchun ularning sof kulturasini ajratib olish osonroq. Sellyulozali mahsulotni optimal sharoitga qullab bijg’itishni kuzatsak avvalo bijg’ishning qo’zg’atuvchisi sporadan chiqib rivojlana boshlaydi, undan keyin vodorodli bijg’ish rivojlanadi. Buni birinchi marta 1902 yilda Omslyanskiy ajratgan. Bular tayoqchasimon bo’lib 4-8 x 0.3-0.5 mkm, harakatchan sporali bakteriyalar. Bundan tashqari kovshovchi hayvonlarning oshqozonida (qatqorinda) alohida yana sellyulozani parchalovchi mikroorganizmlar, ya’ni mahsus obligat anaeroblar yashaydi va xashakni avval glyukozaga so’ngra organik kislotalarga parchalaydi (sirka, protion, moy va boshqalar). Bu bakteriyalarning ishi katta amaliy ahamiyatga ega bo’lib, hazm qilish prosessida muhim amaliy ahamiyatga ega. Umuman sellyulozaning bijg’ishi asosan aerob bilan anaeroblarning farqi shundaki 1. Aerob parchalanganda SO2 va N2O ga parchalanadi, 2. Anaerobda sellyuloza birinchi navbatda gidrolizlanib glyukoza hosil bo’lib so’ngra turli-tuman organik moddalar ajrala boshlaydi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin