RN ionlarining ta’siri umuman yuqorida aytganimizdek mikroorganizmlarga turli nurlarning ta’siri asosan uning tarkibidagi vodrod ionlarining holatiga bog’liq. 1. Ko’pchilik mikroorganzimlarning rivojlanishida
rh 4-5 minimum
rh 7-8 optimum
rh 10 maksimum bo’ladi.
Ko’pchilik mikroorganizmlarning rivojlanishida rh 7 dan 9 gacha bo’lib ularga neytrofil bakteriyalar deyiladi.
Asirofillar – yer osti shag’allarida uchraydigan ma’lum bir mikroorganizm yashab uning rivojlanishida rN 1.5-4.0 gacha yetadi.
Ko’pchiliklari – alkolofillar - rN 9.0-10.5 gacha yetadi – ammonifsikatorlar va oltingugurtni qaytaruvchilar misol bo’la oladi.
SAVOLLAR:
1. Mikroorganizmlar bilan tashqi muhitning bog’liqligining sababi?
2.Fizikaviy faktorlarga qanday faktorlar misol bo’ladi?
3.Nima sababdan noierofil mikroorganizmlar deyiladi?
4.Termofill mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun optimal nazorat qancha?
Nima sababdan gemofill bakteriyalar deyiladi?
TAYANCH IBORALAR: maksimal, minimal, optimal, psixrofil, mezofil, termofil, pasterizasiya, tindilizasiya, infraqizil, fotoreaktivasiya, lyumenessensiya, atmosfera, ultrafiolet, gemofil, osmotik, simbioz, sinergizm, antogonizm, parazitizm.
Biologik faktorlarning ta’siri Mikroorganizmlar bir-biri bilan yoki boshqa organizmlar birgalikda yoki bog’liq holda rivojlanadi. Bunday holatga biosenoz deyiladi. Uni qo’yidagi gruppalarga bo’lib o’rganiladi.
Simbioz
Metabioz
Sinrgizm
Antogonizm
Parazitizm .
Simbioz – bir xil muhitda ikki xil mikrob yoki ikki xil organizm birgalikda hamkorlikda yashaydi. Masalan: lishayniklar – bu yerda zamburug’lar bilan suv o’simliklari birgalikda hayot kechiradi. Yoki dukkaklilar oilasiga kiruvchi o’simliklar bilan Rhizobium avlodigadagi tuganak bakteriyalarning birgalikda yashashi.
Metabioz – ikkita organizm birga yonma-yon yashab yashash davrida biri ishlab chiqqan mahsulotidan ikkitasi bahramand bo’ladi, ya’ni sharoit yaratib beradi. Masalan: saprofit mikroblar oqsillarni parchalab leptonga va aminokislotalarga ajralib undan nitrafikasiyalovchi mikroorganizmlar nitrat kislota va uning olib boradi. Ammonifikasiyada Н3S chiqib u fototrof mikroorganizmlar o’zlashtirishadi.
Sinergizm 2 va ko’plab organizmlar birgalikda yashab foyda ko’radi. Masalan: ammonifikatorlar bilan nitrofikatorlar fototrof bakteriyalarning birgalikda yashashi.
Antogonizm – bir turdagi mikrob rivojlangan joyda ikkinchi turdagi mikrob rivojlana olmasa, ya’ni u ishlab chiqqan mahsuloti ta’sir kilib halokatga olib keladi. Bunday hodisani zamburug’lar bilan bakteriyalar o’rtasida ko’rish mumkin.
Abu Ali ibn Sino ham moxlar yaralarni tuzatishda yordam berishini kuzatgan va foydalangan. I.I.Mechnikov ham antogonizm ustida ish olib borgan. Bu hodisani 1877 yili L.Paster chuqur o’rganib quydirgi tayoqchasining rivojlanishiga chirituvchi mikroblar tusqinlik qilishini aniqlagan. Antogonizm hodisasi antibiotiklarning paydo bo’lishiga olib keldi. Antibiotik – grekcha «anti» – qarshi «bios» – hayot ma’nosini bildiradi. Mikroblar hayotiga qarshi ishlatiladigan antibiotiklar o’simlik va hayvonlardan olinadigan mahsulotlardan tayyorlanadi. 1871-1872 yillarda V.A.Manassein va A.G.Polotobnev Penisillin avlodidagi zamburug’lar patogen bakteriyalarning o’sishini to’xtata olishini ko’rsatdi. Antiseptik xususiyatga ega bo’lgan bakteriyalardan olingan antibiotiklarni esa R.Emmerx va O.Lev tavsiya etishgan. 1929 yili A.Flsming mog’or zamburug’ining penisillium netatumran birinchi marta antibiotik ajratib oldi. Antibiotik moddalar zamburug’lardan aktinomisetlardan, bakteriyalardan, o’simliklardan va hayvonlardan olinadi. Hayvonlar organizmidan olingan antibiotiklarga: eritrin, ekmolin va lizosinlar kiradi. O’simliklar organizmidan fitonsid degan antibiotiklar olinadi. Fitonsidlar sarimsok piyozda, limon, terak bargida bo’ladi. Umuman antibiotiklar qo’yidagi talablarga javob berishi kerak.
Nihoyatda past (10-50 mkg) konsentrasiyada ham bakteriosidlik xususiyatiga ega bo’lishi kerak.
1.Organizmga yomon ta’sir etmasdan va organizmga yuborilganda o’zining aktivligini yo’qotmasligi
2.Organizmning fiziologik holatini buzmasdan mikroblarning hayot faoliyatiga yomon ta’sir etishi kerak.