Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi


Viruslar morfologiyasi va tuzilishi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə30/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Viruslar morfologiyasi va tuzilishi. Virus (lotincha Virus - zahar demakdir) hujayra tuzilishiga ega bo’lmagan juda kichik zarrachadir. Bu nom L.Paster tomonidan ko’pgana yuqumli kasallik qo’zgatuvchilariga berilgan edi. Keyinchalik viruslar tabiati bilan batafsil tanishgach, ularning bakteriya filtrdan o’ta olishi anikdandi, shu bois ularni filtrdan o’tuvchi viruslar deb nomlandi. Viruslarning shakli turlicha: sharsimon, (gripp virusi, tepki, qizamiq, tovuqlar va sichqoilardagi leykoz viruslari), tayoqchasimon (tamaki va kartoshkada kasallik qo’zg’atuvchi viruslar), kubsimon (chinchechak va papilloma viruslari), adenoviruslar (enterovirus, reovirus va boshqalar) spermatozoid shaklidagi viruslar (bakterial viruslar, faglar) va boshqalar.
1975 yili yulduzsimon viruslar (astroviruslar, yunoncha astron - yulduz) kashf etildi. Ular odam va hayvonlarda gastroenterit kasalligani qo’zgatadi.
To’liq shakllangan virus zarrachasi virion deb ataladi. U nuklein kislota va oqsil qobiq (kapsid)dan iborat. Shunisi diqqatga sazovorki, viruslarda nuklein kislotalardan faqat bittasi: DNK yoki RNK bo’ladi.
Kapsid virus zarrasini har qanday ta’sirlardan himoya qiladi hamda virus odam yoki hayvon organizmi hujayralariga adsorbsiya qilinishi (birikishi)ni ta’minlaydi. Kapsid o’z navbatida qator oqsil molekulalari subbirliklaridan, yani kapsomerlardan tuzilgan bo’lib, elektron mikroskopda ko’rinadi. Har qanday virus kapsidida kapsomerlar soni doimiy bo’ladi. Masalan, shol virusida 60 ta, adenoviruslarda 252 ta kapsomer bor va h.k. Nuklein kislotani o’rab turuvchi tuzilma nukleokapsid deb ataladi. Ayrim virionlarda bitta nukleokapsid bo’ladi - bular oddiy viruslardir. Ba’zi virionlardaga nukleokapsid lipid va oqsil moddalar ko’p tashqi qobiq bilan qoplangan bo’lib, ular qobikda tikanak ko’rinishida joylashadi.
Viruslar kapsomerlari ma’lum tartibda joylashgan va ana shu kapsomerlar sistemasiga qarab viruslar spiral, kubsimon va kombinasiyalangan turlarga bo’linadi. Viruslarning kattaligi 20 dan 350 nm gacha bo’ladi. Ularni filtrlash, ultrasentrafugalash, diffuziya qilish (shimdirish), elektron mikroskopda ko’rib tasvirni suratga tushirish yo’li bilan aniqlaniladi.
Shol, oqsil, sariq isitma viruslarining kattaligi 25 nm gacha bo’ladi va ular mayda viruslar guruhiga kiradi. Viruslar morfologiyasini elektron mikroskop yordamida 50.000-300.000 marta kattalashtirilib o’rganiladi. Yirik viruslarni maxsus usulda bo’yab, 1000 martagacha kattalashtirilib, oddiy mikrokop yordamida ko’rish mumkin. Viruslar sun’iy oziq muhitlarda o’smaydi. Chunki ularda boshqa mikroorganizmlar kabi turli moddalarni parchalay oladigan ferment ishlab chiqarish xususiyati yo’q.
Spiral simmetriya tipiga ega bo’lgan viruslar nukleokapsidi naycha shaklida bo’lib, nuklein kislotadan tashkil topgan va qattiq yopishgan kapsomerlar o’ralgan (tamaki bargida kasallik qo’zg’atuvchi virus). RNK tutuvchi viruslar vibrion sferik shaklidagi nukleokapsidga ega. Kubsimon simmetriyada viruslar kapsidi ikosaedr shaklida (20 qirrali) bo’lib, ichida nuklein kislota (pikornoviruslar) yoki nukleoproteidlar (adeno-, gerpes viruslar) bor. Pikorno-, reo-, adeno- va paramiksoviruslarda bitta nukleokapsid, togo- va gerpesviruslarda ikkinchi tashqi qobiq - superkapsid bo’ladi.
Aralash tip tuzilishdagi viruslar (leykoz, sarkoma, chinchechak vaksinasi viruslari va ayrim faglar) kubsimon simmetriyaga ega, ularning nukleoproteidi spiral shakyada o’ralgan bo’ladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin