Nishonlangan moddalar isнlatishga asoslangan usullar
Viruslarning ko’payishi
Tayanch iboralar: Diagnostika,diffuziyа, agglyutinasiya reaksiyasi, virus, virulent, mmunologiya ,kasallik, o’simlik, hayvon, reaksiya, antigen , antitelo reaksiya, electron,
Hozirgi vaqtda o’simliklarning virus kasalliklarini aniqlashda (diagnostika) ishlatiladigan usullarni takomillashtirish, sezgirlik darajasini va tezligini oshirish, hamda bu ishlarni bajarishni arzon yo’llarini topish kabi dolzarb muommolar mavjuddir. Shu kungacha qullaniladigan immunologiya va aniqlagich o’simliklar vositasida viruslarni aniqlash usullari ko’p vaqt va sarmoya talab qilishdan tashqari ularning sezgirligi ham ancha past edi. Masalan (virulent) viruslar bilan o’simliklarni kasallantirganda kasallik alomatlari kuchli bo’lgan taqdirdagina viruslarni aniqlash mumkin. Ammo kasallik alomatlari kuchsiz yoki butunlay yuzaga chiqmaydigan hollarda esa bu usul ishonarli natija bermaydi. Ayniqsa, kasallikni bir emas bir necha virus qo’zg’atadigan bo’lsa, kasallik alomatlari ham o’zgaradi va o’z-o’zidan qo’shimcha usul bilan diagnostika qilishga majbur bo’linadi. Aniqlagich o’simliklar yordamida aniqlanganda ularni o’stirish vaqti, kasallantirish shart-sharoitlariga va undan so’ng belgilarini paydo bo’lishiga ketgan vaqt ham ko’pni talab etadi. Elektron mikroskop yordamida diagnostika qilish usulini ko’radigan bo’lsak, bu usul ko’p axborot beradi-yu, ammo kamchiliklardan holi emas. Masalan, uni ishlatilganda obyektni birmuncha tozalash, har xil o’simlik hujayrasidagi moddalardan xolilash, agarda o’ta yupqa kesmalarda viruslarni ko’radigan bo’linsa, bir qator qushimcha ishlarni olib borish kerak bo’ladi. Undan tao’qari, bunday asboblar hamma labaratoriyalarda ham mavjud emasdir. Agar dala sharoitlarini oladigan bo’lsak, bu usul umuman qullanilmaydi.
Shuning uchun ham ko’pgina ilmiy tadqiqdlarni fitovirusologiyada immunologiya usullari yordamida olib boriladi va ularga bo’lgan qiziqish kundan- kunga oshib bormoqda. Ayniqsa, bu usullarni o’ta sezgirligi va kam mehnat talabligi ularni ishlab chiqishda faolligini oshira borayapti.
Hozirgi vaqtda fitovirusologiyada ishlatiladigan immunologiya usullarini shartli ravishda bir necha turga bo’lish mumkin. Bu hamma bo’ladigan reaksiyalarni antigen (AG) bilan antitelo (AT) orasidagi reaksiyaga asoslangandir.
Bu risolada o’simliklar viruslarini diagnostikada ishlatiladigan, amaliyotda keng tarqalgan immunologiya usullari haqida qisqacha nazariy ma’lumotlar berish bilan bir qatorda 3 guruhga mansub usullarni eng keng qo’llaniladigan, sezgirliklari mikrogammdan monogrammgacha bo’lgan ba’zilarini amaliy bajarish shartlari bilan tanishtiramiz.