Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə31/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • REJA

SAVOLLAR:


1. Virusologiya fanining vazifasi nimadan iborat?
2. Virusologiya fani qachon fan sifatida yuzaga keldi?
3. Virusologiya fanining o’rganish usullari qanday?
4. Viruslarning kelib chiqishi haqida qanday nazariyalar mavjud?


21 - MA’RUZA


MAVZU: O’SIMLIK, HAYVON VA BAKTERIYA VIRUSLARINING XARAKTERISTIKASI

REJA:


1. Viruslarning tabiatda tarqalishi.
2. O’simliklarning infeksion viruslari.
3. Tirik organizmlarda viruslarning tarqalishi.
4. Hayvon va o’simliklarning virusli kasalliklari.


TAYANCH IBORALAR: Virusli kasalliklar, viruslarning kirish yo’li, hasharotlar, tomchili, qon tomir-teri, nafas yo’li, harorat, chidamlilik, quritish, RNK viruslar, DNKli viruslar, virulentli ,virulentsiz.

Viruslarning qaysi yerlarda yashashi va hayot kechirishiga qarab tarqalishi ham har xildir. O’simliklarga viruslar asosan shikastlangan tana orqali o’tadi. Shikastlangan xujayraga virus kirib tirik sitoplazmaga tushib shu yerda ko’paya boshlaydi. Tamokining mozaika kasalligini keltirib chiqaruvchi viruslar asosan kasal o’simliklardan sog’lom o’simlikka ildizi va o’simliklarni agrotexnikaviy ishlov berish orqali o’tib kasallantiradi.


Ana shunday vaqtda kasal o’simlik hujayrasidagi shira suyuqligi orqali boshqa o’simlik tanasiga tushib kasal keltirib chiqaradi. Ayrim hollarda viruslar hasharotlar orqali tarqalsa, ayrimlari kanallar orqali ham tarqaladi. Shu narsa aniqlanganki viruslar ko’p hollarda tuproq nematodalari orqali va ayrim zamburug’larning sporalari orqali tarqaladi. Ko’pchilik hasharotlarning so’ruvchi og’iz apparatida viruslar joylashib o’simliklarning shirasini so’rgan vaqtida o’simlik to’qimasiga o’tib o’simlikni kasallantiradi. Ko’pchilik hollarda hasharotlar ayniqsa to’g’ri qanotlilar va kapalaklar orqali ham beriladi, ana shular orqali 70 dan ortiq tur viruslar tarqatilishi aniqlangan. O’simliklarni fitopatogen viruslar asosan 2 xil biologik va mexanik yul bilan o’tadi.
Viruslar kasal o’simliklarni hasharotlarning so’ruvchi organlariga o’tib oldin ko’paya boshlaydi. Ko’payib so’lak bilan aralashadi va sog’ o’simlikning shirasini so’rish vaqtida tezlik bilan va rikketsiyalar hayvon va odamlar organizmiga va kanallar chaqishi orqali o’tadi va tarqaladi. Masalan,: ensefalit kasalini keltirib chiqaruvchi viruslar asosan toycha kanali orqali o’tadi. Ayrim viruslar hasharotlarning tuxumi orqali o’tadi. Ko’pchilik tamaki kasalini keltirib chiqaruvchi viruslar zamburug’larning sporasi orqali suv bilan tarqalib spora o’sib ildiz to’qimalariga o’tadi va viruslarni olib o’tadi.Masalan,: kartoshka ekishdan oldin kesilganda ko’p kasalliklarni viruslar orkali utkazadi.. Aksariyat viruslar tamaki infeksiyasi bo’lib, gripp virusi asosan tomchi infeksiyasi sog’ odamga kasal odamga yutalganda va aksa o’rganda tarqaladi. Sog’ odamning nafas yo’liga tushib tezlik bilan moslashadi va ko’payib xo’jayralarga kirib kasallik keltirib chiqaradi. Quturish viruslari ham kasal mollarning so’laklari ko’p bo’lib, sog’ mollarga yoki odamni tishlagan vaqtida viruslar qon tomirlariga o’tib kasallikni keltirib chiqaradi. Demak, bu viruslar teri-qon-tomir infeksiyasi bo’lib hisoblanadi. Hayvonlarning viruslari asosan boshqa hayvonlar orqali o’tadi va og’ir kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Hayvonlar virusli kasalliklarni davolash choralari ham ishlab chiqarilmagan, ammo oldini olish, ya’ni profilaktika qilinadi. Masalan,: vaksina va qon zardoblari yuborilib qarshi kurashish mumkin. Mikrobiologiya chorvachilikda muhim ahamiyatga ega. Qimmatbaho oziqa tayyorlash, o’simliklarni silos, senajlashda, chorva mollarini oziqlantirishda muhim o’rin tutadi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin