Viruslarning kelib chiqishi. Viruslarning kelib chiqishi xaqida turli hil ma’lumotlar bo’lib, ba’zi bir avtorlarning tushuntirishi bo’yicha viruslar bu orqaga qaytmagan regressiv organ, ya’ni bakteriya bo’lib yoki boshqa bir xujayrali organoiddan hosil bo’lgan deb taklif etiladi. Ammo buning tarafdorlari ko’p bo’lmasdan uni qo’llab quvvatlaydilar, bu asosli emas, ikkinchi guruh avtorlar esa bu dastlabki paydo bo’lgan xujayragacha paydo bo’lgan hayotiy formadir – protobiont bo’lib shundan biologik evolyusiya boshlangan deb tushuntirilsada lekin birinchisiga o’xshash bo’lib, uning tarafdorlari hozir ham qo’llab-quvvatlaydilar, uchinchi guruh avtorlar viruslarni hujayraning alohida bir avtonom genetik elementi deb tushuntiradi. Lekin bu genetik elementi qaysi tushuntirib berolmaydi. Bu haqiqatga yaqin bo’lib, bu genetik element virus xujayrasidagi DNK va RNKdir. Umuman viruslarning xususiyatiga nazar tashlansa ularning ba’zilari umuman tirik hujayrasiz rivojlana olmaydi. Ko’pchilik viruslar hyech bir-biri bilan bog’likliq joyi yo’q. Bu shundan dalolat beradiki, bir necha milliard yillar oldin alohida-alohida oldinma-keyin paydo bo’lgan yerda. birinchi organik moddadir. Viruslar asosan mutloq parazit bo’lib, turli-tuman yuqumli kasalliklar ni keltiradi. Ammo Jdanov (1974) ning shunday gipotezasi borki, viruslar organik dunyoning evolyusion rivojlanishida muhim o’rin egallaydi, ya’ni uning alohida genlari shu xujayraning rivojlanishida muhim o’rin tutib uning o’ziga hos hayotiy formasi bo’lib, ular mikroorganizmlar gruppasiga kirmasdan u alohida mustaqil fan bo’lib uning o’zining alohida o’rganish uslublari mavjud.
Toun, vabo, chechak va boshqa ko’pgina kasalliklarning yuqumliligi to’g’risidagi tushuncha, shuningdek bemordan sog’lom odamga o’tadigan yuqumli omilning tirik tabiati xaqidagi taxmin qadim zamonlardayoq mavjud bo’lgan. Tarixda «qora o’lim» degan nom bilan ma’lum bo’lgan 1347-1352 yillardagi toun epidemiyasi shunday tasavvurni yanada mustahkamladi. O’rta asrlarda Yevropada paydo bo’lgan zaxm, shuningdek toshmali terlamaning ommaviy tarqalishi ayniqsa, o’ziga e’tiborni tortar edi. Medisina rivojlapishining bu davrida asosan kasallik simptomlari, ularning yuqumliligi tasvirlanardi; kasallnkni ilgari boshidan kechirgan kishilarda unga berilmaslik to’g’risidagi dastlabki xabarlar paydo bo’ldi. Biroq O’rta asrlardagi sharoitlarda cherkov hukmronligi tufayli boshqa fanlar singari medisina bilimlarini rivojlantirish g’oyat qiyinlashgan edi.
Infeksion kasalliklar tug’risidagi ta’limot bilimlarning boshqa sohalaridagi yutuqlar bilan birgalikda rivojlangan va shuningdek jamiyatning sosial-iqtisodiy negizi rivojlanganlign bilan belgilangan. 1546 yilda italyan irofessori Jnrolamo Frakastoro (1478-1553) ning «Kontagiyalar, kontagioz kasalliklar va davolash to’g’risida» degan kitobi nashr kilingan edi. Frakastoro kasallnklarning sababchilari «kontagiyalar» - ko’zga ko’rinmaydigan, biroq g’oyat aktiv tirik jonzotlar deb hisoblagan, lekin Frakastoro o’sha davrda o’zining dono gipotezasini isbot qila olmagan. Oddiy ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan tirik jonzotlarning mavjudligi to’g’risidagi masalani o’zigacha noma’lum bo’lgan juda mayda jonzotlar olamini kashf etgan golland naturalisti Antoni van Levenguk (1632-1723) uzil-kesil hal qilgan. Biroq, xatto shu ixtirodan keyin ham, ayrim tadqiqotchilar ularning rolini isbotlashga o’ringan bo’lishlariga qaramay, mikroblar yuqumli kasalliklarning qo’zg’atuvchilari deb hali uzil-kesil tan olinmagan edi. Chunonchi, rus vrachi D. S. Samoylovich (1744-1805) tounning o’ta yuqumliligini isbotladi. U bemorlarning buyumlarini dezinfeksiya qildi, shuningdek bu kasallikka qarshi emlash o’tkazishga o’rinib ko’rdi. D. S. Samoylovich toun qo’zg’atuvchisini mikroskop yordamida topish usuli bilan shug’ullandi.
Chin chechakka qarshi emlashlarning yuksak ta’sirchan metodini ishlab chiqqan ingliz olimi Eduard Jenner (1749-1823) nnng ixtirosi ilmiy va amalny jihatdan nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
XIX asrning ikkiichi yarmi mikrobiologiyaning jadal rivojlanishi bilan ta’riflanadi. Ulug’ fransuz olimi Lui Paster (1822-1895) mikroblarnipg achchish va chirishda, ya’ni tabiatda uzluksiz kechadigan jarayonlarda ishtirok qilishini aniqladi. U mikroblarning o’z-o’zidan paydo bo’lmasligini isbotladi, sterilizasiya va pasterizazasiyani ilmiy asosladi va amaliyotga joriy qildi. Paster tovuq vabosi, septisemiya, osteomiyelit va boshqa kasalliklarning qo’zg’atuvchilarini kashf qildi. Paster yuqumli kasalliklarni profilaktika qilish uchun virulent mikroblarni sun’iy kuchsizlantirish (attenurasiya) yo’li bilan vaksinalar tayyorlash metodini ishlab chikdi. Bu metoddan hozirgi vaqtda ham foydalanib kelinadi. U quydirgi va quturishga qarshi vaksinalar tayyorlagan.
Keyinchalik mikrobiologiyaning rivojlanishida nemis olimi Robert Kox (1843-1910) ning xizmati juda katta bo’ldi. U ishlab chikqan bakteriologik diagnostika metodlari talaygina yuqumli kasalliklarning qo’zg’atuvchilarini kashf qilishga imkon berdi. XIX asrning ikkinchi yarmida qaytalama terlama (1868). kuydirgi (1849), ich terlama (1880), tuberkulyoz (1882), manqa (1881). vabo (1883), qoqshol "(1884), dizenteriya (1891), toun (1894) va boshqalarning qo’zg’atuvchilari topilgan edi. Bu davrga kelib, kasalliklarning bir xujayralilar degan qo’zg’atuvchilari (1875 yilda amyoba, 1881 yilda bezgak plazmodiysi) ixtiro qilindi. Nixoyat, 1892 yilda rus olimi D. I. Ivanovskiy (1864-1920) viruslarni topdi.
Medisina mikrobiologiyasining rivojlanishi bilan bir vaqtda vrachlarning klinik bilimlari takomillashib bordi. 1892 yilda Sharl Lui ich terlama klinikasini batafsil tasvirlab, bu kasallikni yuqori harorat bilan kechadigan «isitmalar» va «bezgaklar» degan nomda birlashtiriladigan gruppadan ajratib chiqardi. 1856 yilda «bezgakli kasalliklar> gruppasidan toshmali terlama, 1865 yilda esa qaytalama terlama ajratilgan edi.
Yuqumli kasallnklarni o’rganish sohasida atoqli rus olimlari S. P. Botkin, A. A. Ostroumov, N. F. Filatov katta xizmat ko’rsatdilar. S. P. Botkin xozir «yuqumli gepatit» yoki «Botkin kasalligi» nomi bilan ma’lum bo’lgan kataral sarik, kasalligi degan xastalikning infekiion tabiatini aniqladi. U ich terlamaning klinik xususiyatlarini tasvirlagan. Uning shogirdi prof. N. P. Vasilyev (1852-1891) ikterogemorragik leptospirozni mustaqil kasallik sifatida ajratdi. Ajoyib bolalar vrachi prof. N. F. Filatov hozirgi vaqtda «Filatov kasalligi» degan nom bilan yuritiladigan bezli isitma - yuqumli mononukleozni birinchi bo’lib, o’rgandi va tasvirladi.
Immunologiya muvaffakiyatli rivojlandi. I. I. Mechnikov (1845-1916) va boshqa ko’pgina tadqiqotchilar XIX asr oxirida yuqumli kasalliklarda immunitet (yuqtirmaslik qobnliyati) tug’risida ta’limot yaratdilar. I. I. Mechnikovning hujayra immuniteti xaqidagi ta’limotga yo’l ochgan fagositoz hodisasini kashf qilishi yukumli kasallnklarni profilaktika qilishda va davolashda istiqbol ochdi. Immunologiya, infeksiya nazariyasini rivojlantirishda N. F. Gamalleya (1859-1949) ning xizmatlari katta. Shuningdek u bakteriofagiya hodisasini kashf etgan.
Bering tomonidan antitoksinlarning ochilganligi va Erlixning ularni olish metodlarini ishlab chiqqanligi XIX asr oxirida va XX asrning boshida ko’pgina yukumli kasalliklarni davolash uchun spesifik davo zardoblarini taklif qilishga imkon berdi. Bu tadqiqotlar yuqumli kasalliklarning laboratoriya diagnostikasi uchun klinikada tekshirishning serologik metodlarini (aglyutinasiya, presipitasiya reaksiyalari va boshqalarni) ishlab chiqish va qo’llanishga ham sharoit hozirladi.
Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqish uchun keng imkoniyatlar Ulug’ Oktyabr sosialistik revolyusiyasidan keyin vujudga keldi. Mamlakatimizda yuqumli kasalliklarga qarshi kurash keng quloch yozdi. Epidemiyalarga qarshi muassasalar tarmog’i bunyod etildi, infeksion kasalxonalar ochildi, medisina institutlarida yuqumli kasalliklar kafedralari ta’sis qilindi, yuqumli kasalliklarni o’rganish, ularning oldini olish va to’liq tugatish metodlarini topish uchun maxsus ilmiy-tekshirish institutlari barpo etildi. Sovet xokimiyati barpo etilishining dastlabki kunlaridan boshlab, epidemiyalarga qarshi sanitariya xizmatini tashkil qilishda N. A. Semashko (1874-1949). 3. P. Solovyev (1876-1928), Ye. I. Marsinovskiy (1874-1934), L. A. Tarasovich (1868-1927) va boshqalar aktiv ishtirok etdilar. Yuqumli kasalliklarniig kschishini o’rganish ishiga N. K. Rozenberg (1876-1933). G. A. Ivashchenkov (1883-1933), G. P. Rudnev (1899-1970) va boshqalar ko’p kuch-g’ayrat sarfladilar. Qator yuqumli kasalliklarniig epidemiologiyasini o’rganishda sovet olimlari, aynnksa, Ye. N. Pavlovskiy (1884-1965) muhim rol o’ynadilar. Olim talaygina yuqumli kasalliklarniig tabiiy o’choqliligini isbotladi, uchoqlilikning nima bilan bog’likligini aniqladi, ularga qarshi ta’sirchan choralar belgiladi.
L. V. Gromashevskiy (1887-1979) yuqumli kasalliklarniig ilmiy klassifikasiyasini ishlab chiqib, unga qo’zg’atuvchi joylashgan o’rinning qo’zg’atuvchining o’tish msxanizmi bilan muvofiq kelishi pripsipini asos qilib oldi.
Infeksion kasalliklarniig spesifik profilaktikasini o’rganishda sovet olimlarining xizmati g’oyat ulkan. Xozirgi vaqtda brusellyoz, kuydirgi, tulyaremiya, toun va boshqa kasalliklarga qarshi yuqori ta’sirchan tirik vaksinalar muvaffaqiyat bilan qo’llanilyapti. Sovet olimlari A. A. Smorodinsev va M. P. Chumakov poliomiyelitga qarshi vaksina ishlab chiqqanliklari uchun, V. D. Timakov va G. Ya. Kagan mikroorgaiizmlarning yangi oilasi: mikoplazmalar va shakli uzgargan bekteriyalarni batafsil o’rganganliklarn uchun Lenin mukofoti bilan taqdirlandilar.
Yuqumli kasalliklarga davo qilishda turli-tuman ximiyaviy moddalar qadimdan qo’llaiib kelingan. Bezgakni davolash uchun xin po’stlog’i damlamasidan boshqa moddalardan oldin foydalanilgan, 1821 yildan esa xinin ishlatilgan. XX asrning boshida mishyak preparatlari (arsasetin, salvarsan, neosalvarsan va boshqalar) chiqarilgan, ulardan xozir xam zaxm va kuydirgini davolashda muvaffaqiyat bilan foydalannb kelinmoqda. 30-yillarda yuqumli kasalliklarni davolashda yangi davr ochgan sulfanilamid preparatlar (streptosid, sulfidin va b.) olingai edi. Nihoyat, 1941 yilda ahamiyatini baholash qiyin bo’lgan birinchi antibiotik-penisillin olingai edi. Penisillin olishda vatanimiz olimlari V. A. Manassein, A. G. Polotebnov, nngliz mikrobiologi Aleksandr Fleming ishlari katta rol o’ynadi. 1944 yilda streptomisin, 1948 yilda - xloromisetin, 1948-1952 yillarda tetrasiklin preparatlari olnngan edi. Hozirgi vaqtda antibiotiklar kupgina yuqumli kasalliklarni davolashda asosiy vosita hisoblanadi.
Talaygina yuqumli kasalliklarni profilaktika qilish va davolashda qo’lga kiritilgan yutuqlar bilan bir qatorda hozirgi paytda ularni klinik o’rganish sohasida ham birmuncha muvaffaqiyatlarga erishilgan.
Faqatgina so’nggi o’n yil mobaynida ilgari ma’lum bo’lmagan yukumli kasalliklar: Lass, Ebol, Marburg gemorragik isitmalari, legionerlar kasalligi, rota virus gastroenteriti, «A ham emas, B ham emas» gepatit va boshqalarning epidemiologiyasi o’rganildi va kechishi tasvirlab berildi.
Infeksion patologiya sohasidagi tadqiqotlar keng miqyosda davom ettirilyapti.