Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə45/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Reoviruslar
Virion sferik shaklda bo’lib, o’lchami 60-80 nm, tarkibida ikki ipli RNK bor. Kapsid 92 kapsomerlardan tashkil topgan bo’lib, ikasoedr tipidagi simmetriya holida joylashgan. Ikki ipli RNK 10 ta bo’lakchadan iborat bo’lib, har biri alohida genom hisoblanadi. Ichki va tashqi kapsidlar tarkibida 8 tagacha alohida oqsillar bor. Tashqi kapsid oqsillaridan biri maxsus hujayraning reseptor bilan birikishini nazorat qiladi. Bundan tashqari, bu oqsil gemagglyutinin bo’lib, tipga xos antigen hamdir. Boshqa oqsil yordamida virus hujayraga kiradi. Virusga xos RNK polimeraza (transkriptaza) proteolitik fermentlar ta’sirida tashqi kapsidning parchalanishi natijasida hosil bo’ladi.
Ko’paytirish (reproduksiya). Virus hujayraga endositoz yo’l bilan kiradi va hujayra sitoplazmasida ko’payadi. Virion hujayraga kirgandan so’ng endoplazmatik vakuola ichida qisman o’zgaradi, natijada tashqi qobig’i yo’qoladi va RNK-transkriptaza ishlay boshlaydi. Ikki ipli RNK ning har bir ipi a-RNK sintez qiladi. Virusning hujayradagi reproduksiya sikli 14 soat va undan ham ko’proq bo’lishi mumkin. Bitta hujayrada 1000 tagacha virus paydo bo’ladi. Viruslar hujayra "portlab" parchalanganidan so’ng tashqariga chiqadi. Ular odam embrionining fibroblastlarida, maymun buyragidan tayyorlangan hujayra kulturasida hamda undiriluvchi hujayra kulturalarida (Hela, Ner-2 va boshqalar) yaxshi ko’payadi.
Antigenlari. Reoviruslarning 3 ta serotipi farqlanadi. Ular umumiy komplement bog’lovchi antigen va tip maxsus antigenlarga (tashqi kapsid oqsili) ega bo’lib, neytrallash reaksiyasi yordamida aniqlanadi. Hamma tipi gemagglyutinasiya qilish xususiyatiga ega.
Chidamliligi. Reoviruslar fizik-kimyoviy omillar ta’siriga chidamli, 40 C da 2 oy, Z00C da 2 soatgacha saqlanadi. 2,2-8,0 bo’lgan rN muhitda, efir va detergentlarga chidamli. 3% li formalin va 1% li H2O2 eritmalari ham kam ta’sir ko’rsatadi. 70% li etil spirti va 3-5% li formalin eritmalarida virus o’z faolligini yo’qotadi. Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Reoviruslar yovvoyi va uy qushlari, qoramollar, maymun, kemiruvchilar, it, sichqon va hasharotlarga nisbatan patogendir. Hayvonlardan ajratib olingan virus odam organizmida kasallik qo’zg’atuvchi viruslardan farq qilmaydi, hamma xususiyatlari o’xshash, shuning uchun odamlarning kasallanishida hayvonlarning roli katta.
Kasallikning odamlardaga patogenezi va klinikasi. Reoviruslar odamlarga havo-tomchi va alimentar yo’l orqali yuqadi. Virus burun, halqum, ichak shilliq qavatining epigeliy va sirtqi limfa tugunlari hujayralarida ko’payadi. U yerdan limfaga o’tib, undan qonga tushadi.
Reoviruslar bolalarning yuqori nafas yo’llari va ingichka ichagida kataral yallig’lanishlarni keltirib chiqaradi. Rinit, faringit, konyunktivit, ich ketish, isitmalash kabi klinik belgilar namoyon bo’ladi Kasallik yangi tug’ilgan chaqaloqlar va 6 oygacha bo’lgan bolalarda og’ir kechadi, ularda zotiljam va ensefalit rivojlanadi. Kattalarda kasallik simptomsiz o’tishi ham mumkin. Reoviruslar keng tarqalganligi va yuqori darajada chidamli bo’lganligi uchun yosh bolalarda epidemik xarakterga ega.
Immuniteti. Kasallikdan so’ng ko’pincha katta yoshdagi odamlarda virusning 3 ta tipiga qarshi maxsus antitelolar hosil bo’lishi aniqlangan.
Laboratoriya tashxisi. Asosan, bemorning b)fun va halqumidan olingan chayindi va najasi tekshiriladi. Letal hollarda esa murdadan qon, o’pka, jigar, miya to’qimasi, buyraklarning bir qismi olinadi.
Virusni ajratib olish uchun hujayra kulturalariga yuqtiriladi va uning sitopatik ta’siri (2-3 haftadan so’ng) kuzatiladi. Laboratoriya hayvonlaridan ham foydalaniladi, ya’ni tug’ilgan sichqon bolalarining miyasiga, teri ostiga, qorin bo’shlig’iga, burniga material yuborilib, virus ajratib olinadi. Sichqonlar 5-12 kun ichida nobud bo’ladi. Viruslarni identifikasiya qilish uchun NR va GATR qo’llaniladi. Serologik tashhisda juft zardoblardagi antitelolarning oshishi GATR yordamida aniqpaniladi.
Davosi va profilaktikasi. Maxsus profilaktikasi va davosi hali ishlab chiqilmagan. Bemorni simptomlariga qarab davolanadi. Kasallikning oldini olish uchui epidemiyaga qarshi choralar ko’riladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin