Qrim gemorragik isitmasi virusi Bu virusni 1944 yili Qrimda epidemiya vaqtida M.P.Chumkov bemor odam qonidan va kanadan ajratib olgan. Qyeyinchalik bu virus Bolgariya, Vengriya, Yugoslaviya, Eron, Hindiston, Pokiston, Markaziy Osiyo va Afrika davlatlarida ham tarqalganligi ma’lum bo’ldi. Hozirgi vaqtda kasallik Qrim-Kongolez gemorragak isitmasi deb ataladi. Bu viruslar Nayrobiviruslar turkumiga kiruvchi 27 ta virusdan iborat bo’lib, 6 ta serologik guruhni tashkil etadi. Virus Bunyaviridae oilasiga, Uukuvirus turkumiga mansub. U sferik shaklda bo’lib, o’lchami 90-105 nm. Virus hujayra kulturasida yaxshi ko’paymaydi, unga moslashib olganidan so’ng hujayraga patogen ta’sir ko’rsatadi. Asosan, maymun, cho’chqa buyragi va jigarlaridan tayyorlangan hujayra kulturalarida ko’paytiriladi. Mushuk, oq sichqon, yosh kalamush, quyon va maxsus rezus turkumiga mansub maymunlar virusga moyil. Virusni Hyalomma turkumiga mansub 20 dan ortiq kanalar tashib yuradi. Tabiatda virusning aylanib yurishini quyon, tipratikon, sigir, qo’y va boshqalar ta’minlaydi, bularda kasallik simptomsiz kechadi.
Kasallikning odamlardaga patogenezi va klinikasi. Odamlarga virus kanalar chaqqandan so’ng, bemor odam yoki hayvon qoni tushganda va teri shilliq qavatlaridagi kichkina jarohatlar orqali yuqadi. Kasallikning bilvosita yuqishi ko’pincha tibbiyot xodimlarida kuzatiladi. Kasallik virusemiya va gemorragak belgilar bilan kechadi. U to’satdan bonshanib, bemoriing harorati ko’tariladi, qonli qusish, Ichki a’zolarga qon quyilishi, toshmalar toshishi (ekzantemalar) kuzatiladi. Bemorlar orasshda latentlik yuqori darajada. Gemorragak isitmani qo’zg’atuvchi viruslar turli xil ekologik sharoitlarda yashashiga qaramay, barcha virusning shtammlari immunologik xususiyatiga ko’ra bir-biriga yaqin. Bu turkumga kiruvchi Nayroba, Ganji, Dugbe viruslari ham odamlarga nisbatan patogendir. Markaziy Afrikada kasallik qo’zg’atuvchi Kongo virusi Qrim gemorragak isitma virusiga biologak va antigenlik xususiyatlariga ko’ra yaqin, shuning uchun kasallik Qrim-Kongolez gemorragak isitmasi ham deyiladi.
Immuniteti. Kasalliqdan so’ng odam organizmida maxsus, uzoq muddatli, turg’un immunitet hosil bo’ladi.
Laboragoriya tashxisi. Kasallik tashxisi klinik belgilar va epidemiologik ma’lumotlarga ko’ra aniqlanadi. Laboratoriya tashxisi birmuncha qiyin. Yangi tug’ilgan sichqon bolalari va oq kalamushning miyasiga tekshiriluvchi material yuboriladi. Moyil to’qima kulturalaridan viruslar ajratib olinadi, so’ngra IFR, KBR, neytrallash reaksiyalarida etalon zardoblar yordamida identifikasiya qilinadi. Bemor zardobidaga antitelolarni ham shu reaksiyalar bilan etalon diagaostikumlar ishlatib aniqlaniladi (serologik tashxis).
Davosi va maxsus profilaktikasi. Tezlikda davolash va oldini olish uchun maxsus immunoglobulin yoki rekonvalessentlar zardobi yuboriladi. Maxsus profilaktikasi uchun formalinda o’ldirilgan vaksina qo’llaniladi, bunda oq sichqon va kalamushlar emadigan bolalarining virus bilan zararlangan miyasi ishlatiladi.
Umumiy profilaktikasi chaqadigan bo’g’imoyoq hasharotlarni yo’qotish, dezinseksiya ishlarini olib borish, odamlarni kana chaqishi, bemorning qoni, teri va shilliq qavatlariga tushishiga yo’l qo’ymaslikdan iborat.