Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi


Iskabtopar isitmasi viruslari



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə54/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Iskabtopar isitmasi viruslari
Bu kasallikni qo’zg’atuvchi virusni 1909 yili R.Derr, K.Frans va S.Taussiglar kashf etishgan. Uning o’lchami 30-40 nm. Bunyaviridae oilasiga, Uukuvirus turkumiga kiradi. Haroratga chidamsiz 560S da qizdirilganda 10 daqiqadan so’ng parchalanadi, ammo gliserinda 2 haftagacha saklanib qoladi. Virus tovuq embrionining xorionallantois qobig’ida va to’qima kulturalarida ko’paytiriladi.
O’rta dengiz atrofida, Hindiston, Afrika, Markaziy va Janubiy Amerika, Qrim, Kavkaz, Moldaviya, Markaziy Osiyoda bu kasallikni "Pappatachi isitmasi" deb kelingan. Kasallik iskabtopar chaqqandan so’ng yuqadi, chaqqan joyida papulalar hosil bo’ladi. Yashirin davri 3-6 kun. Kasallik to’satdan harorat ko’tarilishi bilan boshlanadi. Bemorning boshi, peshonasi, ko’z kosasi, muskullari og’riydi, ko’zi achishadi, qizaradi, konyunktivit kelib chiqadi, ba’zan qorinda ham og’riq bo’lishi mumkin. Kasallik 3 kun davom etadi, so’ngra bemor bir necha kun holsizlanadi, o’zini yomon his qiladi. Bemor sog’ayib ketadi, o’lim kuzatilmaydi.
Kasallik tashuvchisi Phlebotomus turkumiga mansub Phiebotomius papatasii deb ataluvchi iskabtoparlar hisoblanadi. Virus hasharot tanasida rivojlanadi, uning tuxumi orqali turkumdan-turkumga o’tadi. Iskabtopar odamni chaqqanidan 7 kun o’tgach u yuqumli hisoblanadi.
Kasallikdan so’ng tip maxsus, uzoq muddatli, turg’un immunitet hosil bo’ladi. Qon zardobida komplementni bog’lovchi va antigemagglyutininlar ham hosil bo’lishi mumkin.
Iskabtopar isitmasiga qarshi kurashish uchun maxsus insektisidlar yordamida hasharotlarni qirish, aholi yashaydigan joylarni ozoda saqlash lozim. Hozir bu kasallikning oldini olish uchun tirik vaksina tavsiya etilgan. Vaksina epidemik xududlarda epidemiolsgik holatiga qo’ra xavfli guruhga kiruvchi kishilarga qo’llaniladi.
Togaviruslar oilasi (Togaviriclae)
Togaviruslar (lotincha toga-plash) 3 ta turkumdan tashkil topgan: Alphavirus, Rubivirus va Pestivirus. Alfa-viruslar flavivirus oilasi kabi arboviruslar hisoblanadi, kasallik bo’g’imoyoklilar (chivin, kana va boshqalar) orqali yuqadi. Qolgan ikki turkum transmissiv infeksiyalar guruhiga kirmaydi: rubivirus qizilcha kasalligini, pestivirus hayvonlarda (it, sigir, cho’chqa, qo’y va echki) o’lat kasalligini qo’zg’atadi.
Arboviruslar (inglizcha arthropod bornye-bo’g’imoyoqlilar orqali o’tadigan) uchun bo’g’imoyoqlilar nafaqat tashuvchi, balki infeksiya manbai (xo’jayin) ham hisoblanadi, chunki virus ular organizmida ko’paya oladi.
Antigenlari. Virusiing 2 xil antigeni mavjud. Birinchi guruh maxsus bo’lib, nukleokapsid bilan bog’langan. Ikkinchisi tur va tip maxsus antigen bo’lib, tashqi qobiq glikoproteinlari tarkibiga kiradi. U gemagglyutinin hisoblanadi.
Ko’payishi. Ko’pgina togaviruslar tovuq embrionlarining sariqlik qopchasida hamda har xil sut emizuvchi va qushlarning hujayra kulturalarida ko’payadi. Bunda virusning SPT yaqqol namoyon bo’ladi. Viruslar hujayra sitoplazmasiga reseptorli edositoz yo’l bilan kiradi. Virion RNK si 5 oqsilni, shu jumladan RNK-polimeraza sintezi uchun matrisa vazifasini bajaradi. Yetilgan virionlar hujayra sitoplazmatik membranasining ma’lum bir qismidan kurtaklanish yo’li bilan chiqib ketadi. Virusning reproduksiya sikli 4-8 soatni tashkil qiladi.
Chidamliligi. Togaviruslar fizik va kimyoviy omillarga ta’sirchan, shuning uchun issiqpik, UB nurlar, dezinfektantlar va detergentlar ta’sirida inaktivasiyaga uchraydi.
Kasallikning hayvonlardagi patogenezi. Bu viruslarning xo’jayinlari hasharotlardan tashqari umurtqali hayvonlar hamdir. Arboviruslar hasharotlarning so’lak bezlarida to’planib, so’lak bilan birga ajralib chiqadi. Ko’pgina arboviruslar odamga transmissiv yo’l bilan (chivin, kana, so’na, iskaptopar chaqqanda) o’tadi. Kanalarda transoviral yo’l ham kuzatiladi.
Arboviruslar qo’zg’atgan kasalliklar endemik infeksiya guruhiga kiradi.
Kasallikning odamlardagi patogenezi. Odamlarda kasallik meningoensefalit va gemorragik isitma ko’rinishda kechadi. Keyinchalik tomirlar devori o’tkazuvchanligining oshishi hisobiga teri, shilliq qavatlar va ichki a’zolar parenximasiga qon quyilishlar kuzatiladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin