Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi


Paramiksoviruslar oilasi (Paramyxoviridae



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə62/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Paramiksoviruslar oilasi (Paramyxoviridae)
Paramiksoviruslar oilasi (lotincha raga-o’xshash, yaqin) odamlarga nisbatan patogen bo’lgan 3 turkumni: Paramyxovirus, Morbillivirus, Pneumovirus o’z ichiga oladi. Birinchi turkumga odamlarda paragrippni qo’zg’atuvchi virusni (OPGV) 1-4 tiplari, epidemik parotit (tepki), ikkinchi turkumga qizamiq, it va sigirlar o’lat virusi, uchinchi turkumga respirator-sintisial viruslar kiradi.
Morfologiyasi. Paramiksoviruslar murakkab tuzilgan bo’lib, sferik shaklga ega, o’lchami 150-200 nm. Bu virus RNK tutuvchi viruslar ichida eng yirigi hisoblanadi. Virus genomi bir ipli manfiy RNK dan iborat. Nukleokapsid tashqi tomondan lipid-uglevod-protein qobig’i bilan o’ralgan bo’lib, unda tikansimon o’simtalar joylashgan, nukleokapsid spiral simmetriya tuzilishiga ega.
Nukleokapsid tarkibida bir necha virusga xos fermentlar bor, jumladan RNK-polimeraza (transkriptaza). Nukleokapsid tashqi qobiqning ichki tomonidan qonlab turuvchi matriks oqsil bilan o’ralgan. Tashqi qobiq hujayralardan hosil bo’lgan 2 ta lipid qatlami va 3 ta virusga xos oqsildan tashkil topgan. Shulardan 2 ta oqsil o’simtalar tarkibiga kiruvchi glikoprotein NH bo’lib, gemagglyutinasiya qilish xususiyatiga va neyraminadaza faolligiga ega. Uchinchi F oqsil virusning hujayraga kirishini ta’minlaydi.
Antigenlari. Viruslarda 2 ta turga xos antigen bor. Birinchisi tashqi V-antigeni (o’simliklarning glikoproteinlari); ikkinchi - ichki S-antigen (nukleoprotein). Shu oilaga kiruvchi virusdarda umumiy antigen yo’q. Ko’pgina paramiksoviruslarning V-antigenlari ikkita mustaqil antigen komponentlariga ega, ulardan biri gemagglyutinin (N-antigen), ikkinchisi neyrominidaza (N-antigen).
Ko’paytirish. Virus hujayraga reseptor yordamida endositoz yo’li bilan kiradi. Virus reproduksiyasi hujayra sitoplazmasida kechadi. Virus hujayradan kurtaklanish yo’li bilan chiqadi. Zararlangan hujayralar sitoplazmasida asidofil kiritmalar hosil bo’ladi.
Chidamliligi. Paramiksoviruslar efirga, yuqori haroratga chidamsiz. 50°C haroratda faolligini yo’qotadi. -600C haroratda muzlatilganda infeksion faolligi uzoq vaqt saqlanib qoladi. Infeksiya manbai bemor va virus tashuvchilar hisoblanadi. Kasallik yosh bolalarda og’ir kechadi. Viruslar havo-tomchi va muloqot orqali yuqadi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin