Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi


Vezikulyar stomatit virusi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə61/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Vezikulyar stomatit virusi
Virus Vesiculovirus turkumiga kiradi. Uning ikkita antigen varianti bo’lib, odamlarda og’iz, burunning shilliq qavatlariga, milk va tomoqqa veziqulyar toshmalar toshishiga olib keladi. Pufakchalar ichida ko’p miqdorda suyukdik bo’ladi. Bemorning harorati ko’tarilib, bir haftagacha davom etadi va tezda sog’ayadi. Virus arboviruslar guruhiga mansub. U aedes turkumiga kiruvchi chivinlar orqali yuqadi, virus uning organizmida ko’paya oladi. U ot, qoramol, cho’chqa va boshqa turdagi hayvonlarda ham kasallik qo’zg’atadi.
Laboratoriya tashxisi. Buning uchun bemordan vezikulalar ichidagi suyuqlik, qon olinadi. Virusni ajratib olish uchun tekshiriluvchi material sichqon bolalariga yuqtiriladi. Viruslar hujayra kulturasiga SPT etib, pilakchalar hosil qiladi. Virusni identifikasiya qilish uchun KBR, IFR, IFA, RIA usullari qo’llaniladi. Davolashda interferonterapiya qo’llaniladi. Maxsus profilaktikasi ishlab chiqilmagan. Asosan chivinlarni yo’qotish uchun dezinseksiya ishlari olib boriladi.
Koronaviruslar oilasi (Coronaviridae)
Koronaviruslar oilasi (lotincha sogopa-toj) odam va hayvonlar uchun patogen bo’lgan 13 tur virusdan tarkib topgan. Odamlarda kasallik keltirib chiqaruvchi respirator koronaviruslar va enteral koronaviruslar tafovut qilinadi. Koronaviruslarning OS38 va OS43 shtammlari odamlarda yenpsh respirator kasallikni keltirib chiqaradi, 229 shtammi esa enteritga sabab bo’ladi. Bu viruslar hayvonlarda gepatit (sichqon gepatit virusi), gastroenterit (cho’chqa gastroenterit virusi), tovuqlarda yuqumli bronxit va ensefalitni keltirib chiqaradi. Bu viruslar 1965-1967 yshsharda o’tkir respirator kasallikka yo’liqqan odamlardan ajratib olingai.
Morfologiyasi. Virion sferik ko’rinishda bo’lib, o’lchami 76-160 nm, o’zida bir ipli musbat RNK tutadi. Virion oqsil va lipoproteid qobiqpar bilan o’ralgan. Tashqi qobig’ida 12-14 nm uzunlikdagi tikansimon o’simtalari bor. Ular glikoproteidlardan tashkil topgan bo’lib, gemagglyutinasiya qilish xususiyatiga ega.
Antigenlari. Virionda bir necha antigen bor. Odam koronaviruslarining shtammlari antigen xususiyatiga ko’ra 4 guruhga bo’linadi. Ular umumiy antigenga ega. Ko’payishi (reproduksiyasi). Bu viruslarni odam embrionining traxeya va bronxlaridan olingan to’qima kulturalarida o’stiriladi. Virus hujayra ichiga endositoz yo’l bilan kiradi va uning ko’payishi sitoplazmada kechadi. Virionlar endoplazmatik to’r membranasida yig’iladi va kurtaklaiish yo’li bilan hujayradan chiqadi.
Chidamliligi. Koronaviruslar efir, etanol va boshqa organik erituvchilar ta’sirida parchalanadi. 60°S xaroratda, UB nurlar, nordon va ishqorli ph muhit ta’siriga chidamsiz.
Kasallikning odamlardagi patogenezi va klinikasi. Koronaviruslar odamlarga havo-tomchi yo’li orqali tushadi. Infeksiya manbai bemor. Koronavirusli infeksiyalar, asosan, kuz va qish oylarida epidemiya ko’rinishida tarqaladi. Virus dastlab burun, tomoq va halqumning shilliq qavati hujayralarida ko’payadi. Natijada kuchli tumov, bolalarda esa ko’pincha bronxit va zotiljam rivojlanadi. Viruslar me’da-ichak sistemasining shilliq qavati hujayralarida gastroenteritga sabab bo’ladi. Ular ichakka qon orqali o’tadi.
Immuniteti. Kasallikdan so’ng organizmda hujayraviy va gumoral immunitet hosil bo’ladi. -
Laboratoriya tashxisi. Tekshirish uchun bemorning burun va halqumidan suyuqlik olinadi. Virusni ajratib olishda hujayra kulturasidai foydalaniladi. Ammo ularni kulturalarda o’stirish juda qiyin, shuning uchun diagnostikasida, asosan, serologik usullar qo’llaniladi.
Burun va halqumning epitelial hujayralaridagi virus antigenini aniqlash uchun IF usulidan foydalaniladi. Serologik tashxisida, asosan, KBR, NR, GATR, BGAR yordamida bemorning qon zardobidagi virusni neytrallovchi maxsus antitelolar aniqlanadi. Virus maxsus antitelolar tekshirilgan odamlarning 80% da uchraydi, bu koronaviruslarning aholi orasida juda keng tarqalganidan dalolat beradi.
Maxsus davolash va profilaktika usullari iishab chiqilmagan.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin