Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə56/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Qizilcha virusi
Bu kasallik virusi 1961 yili P.Parkmen, G.Uellerg va F.Nevoylar tomonidan ajratib olingan. Virus Rubivirus turkumiga mansub.
Antigenlari. Qizilcha virusida 2 ta antigen bor. Ulardan biri ichki antigen-nukleoproteindir, bu kapsid bilan bog’liq, ikkinchi antigen superkapsid bilan bog’langan. Virus bitta serotipdan iborat bo’lib, u gemagglyutinasiya qilish, gemolitik va kuchsiz neyraminadaza faolligiga ega.
Ko’paytirish. Virus odam embrionining birlamchi hujayra kulturalarida hamda bir qator undiriluvchi hujayra kulturalarida ko’payadi va kuchli SPT ko’rsatadi. Reproduksiya sikli hujayra kulturalarida 12-15 soat davom etadi. Virus reproduksiyasi hujayra sitoplazmasida sodir bo’lib, unda eozinofil kiritmalar vujudga keladi. Virus makakus rezus maymun, quyonlarga nisbatan patogen.
Kasallikning odamlardagi patogenezi va klinikasi. Bemor odamlar kasallikning prodromal davri hamda toshma toshganidan so’ng 5 kun davomida infeksiya manbai hisoblanadi. Virus havo-tomchi yo’li bilan yuqadi. Bu kasallikka 1-7 yoshdagi bolalar o’ta moyil bo’ladi, ammo katta yoshdagilar ham kasallanishi mumkin. Virus kasallik yuqqanidan 7-8 kun o’tgach yuqori nafas yo’llari shilliq moddalari, peshob va najas bilan tashqariga chiqa boshlaydi. Virus organizmga tushgach bo’yin, quloq ortidagi limfa bezlarining hujayralariga kiradi va u yerda virusning birlamchi reproduksiyasi amalga oshadi. Bezlar kattalashadi va ushlaganda og’riydi. Yashirin davri 15-21 kun. Virus birinchi ko’paygan joyidan limfa suyuqligiga va qonga, ichakka, yo’ldoshga tushadi, bunda virus kasallikning klinik belgilari paydo bo’lgunga qadar toshshadi. Kasallikning asosiy belgilari toshma toshishi, limfa tugunlarining yallig’lanishidir. Toshma toshayotgan davrda gavda harorati 380C gacha ko’tariladi. Kasallik isitma, toshma toshishi, yuqori nafas yo’llarining yallig’lanishi, bo’g’imlar va muskullarda og’riq bo’lishi bilan kechadi. Kattalarda kasallik og’ir o’tadi, bemorning harorati 39°C gacha ko’tariladi, boshi, bo’yin muskullarida kuchli og’riq paydo bo’ladi. Kasallikdan so’ng ensefalit, ensefalomiyelit kabi asoratlar qolishi mumkin.
Virus kuchli embriopatik ta’sirga ega. Yo’ldoshdan o’tayotgai vaqtda embrional to’qimaning hujayralariga birikib oladi va homilada turli kasalliklar paydo bo’lishiga, ayrim hollarda uning o’limiga ham sababchi bo’ladi. Virus homilador ayollarga homilaning birinchi uch oyligida yuqsa, 80% gacha homilada kasallik rivojlanishi mumkin. Keyinchalik u 25-8% gacha kamayadi, ko’pincha bola tushishi kuzatiladi. Qizilcha virusi homilador ayollarda homilaning patologik rivojlanishiga sabab bo’ladi, iatijada tug’ilgan chaqalokdarda mikrosefaliya, karlik, yuragida nuqson, katarakta kabi kasalliklar kuzatiladi. Ularning ma’lum qismi o’sish va aqliy rivojlanishdan orqada qoladi.
Immuniteti. Kasallikdan so’ng mustahkam, umrning oxirigacha yetadigan immunitet hosil bo’ladi. Qon zardobida virusni neytrallovchi, komplementni bog’lovchi antitelolar hamda antigemagglyutiiinlar paydo bo’ladi. Tug’ma qizilcha bilan kasallangan bolalar organizmida virus interferon sintezini to’xtatib, uzoq vaqtgacha saqlanib qolishi mumkin.
Laboratoriya tashxisi. Tekshirish uchun bemordan burun-halqum suyukdigi, qon, peshob va najas olinadi. Virusni ajratib olish uchun tekshiriluvchi materialga ma’lum darajada ishlov berilgandan so’ng, moyil to’qima kulturalarga yuqtiriladi. Ularda virusning hujayraga patogen ta’siri kuzatiladi. Ajratib olingan virusni identifikasiya qilish uchun neytrallash, KBR, BGAR dan foydalaniladi. Qon zardobidagi IgM va IgG larni aniqlash uchun serologik BGAR, NR, IFR, RIA usullar qo’llaniladi.
Profilaktikasi. Bolalar muassasalarida karantin ishlari olib boriladi. Yoshligida qizilcha bilan og’rimagan homilador ayollar qizilcha bilan kasallangan bemor bilan muloqotda bo’lmasligi lozim.
Maxsus profilaktikasi uchun o’ldirilgan va tirik vaksinalar qo’llaniladi. 12-14 yashar qizlarning qon zardobida qizilcha virusiga qarshi antitelolar bo’lmasa, ular emlanadi, ammo homilador ayollarni emlash mumkin emas.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin