Omsk gemorragik isitmasi virusi Virus 1947 yili M.P.Chumakov va uning hamkasblari tomonidan birinchi bo’lib kashf etildi. Bu virusning morfologiyasi, biologiyasi va aptigeplik xususiyatlari kapa ensefaliti virusiga o’xshash.
Birus oq sichqon miyasida, tovuq embrionida, undiriluvchi to’qima kulturalari (Hela, SOS va boshqalar) da yaxshi ko’payadi, ammo kuchsiz sitopatogen ta’sirga ega. Tabiatda virusning manbalari har xil kemiruvchilar, qushlar va yovvoyi hayvonlar hisoblanadi. Virus tashuvchi Dermacentor pictus kana ham virusning manbai bo’lishi mumkin, chunki virus uning tuxumi orqali ham o’tadi. Omsk viloyatining o’rmonli xududlari kasallikning tabiiy o’chog’i hisoblanadi. Kasallik odamga kana chaqqandan so’ng yuqadi, ammo havo-chang va alimentar yo’l bilan ham yuqishi mumkin.
Kasallik yuqori harorat, intoksikasiya va gemorragik sindromlar bilan kechadi. Virus ma’lum bir a’zo va kapishmr qon tomirlarining endotelliylarini zararlaydi. Bemor ko’pincha sog’ayib ketadi. U sog’aygandan so’ng umrining oxirigacha saqlanadigan turg’un, mustahkam immunitet hosil bo’ladi. Laboratoriya tashxisida virus ajratib olinadi va uni NR, KBR yordamida identifikasiya qilinadi. Bundan tashqari, juft zardoblar antitelolar titrining ortib borishi orqali aniqlanadi. Bemor maxsus zardob bilan davolanadi.
Kasallikiing umumiy profilaktikasi kanalarga qarshi dezinseksiya ishlari olib borishdan iborat. Maxsus profilaktikasida faolsizlantirilgan vaksina qo’llaniladi. Enidemiologik holatlarda tabiiy o’choqlarda yashovchi va xavfli guruhga kiruvchilar emlanadi. Kasallikning darhol oldini olish uchun kishilarga maxsus immunoglobulin yuboriladi.
Bunyaviruslar oilasi (Buiiyaviridae) Bu oila 4 turkumdan tashkil topgan: Bunyavirus (145 ta virus), Phlebovirus (60 ta), Nairovirus (35 ta), Uukuvirus (22 ta).
Bunyavirus Afrikaning Uganda davlatidagi Bunyamvera nomli xududida topilgan. Bu oilaga 260 dan ortiq virus kirib, shulardan 50 tasi odamlarda gemorragak isitma, ensefalit va boshqa isitmali kasalliklarni qo’zg’atadi.
Morfologiyasi. Bu oilaga mansub virionlar sferik yoki oval shaklda bo’lib, o’lchami 90-110 nm. Ular nukleokapsid ustidap lipoprotein qobig’i bilan o’ralgan. Qobig’idan virus glikoproteinlaridan tashkil tongan tikansimon o’simtalar chiqib turadi.
Virus genomi uch qismdan tashkil topgan halqasimon bir ishgi manfiy-RNK dan iborat bo’yaib, yuqumli emas. RNK qismlari ichki oqsil va RNK polimeraza (transkriptaza) orqali bir-biri bilan bog’langan.
Antigenlari. Tashqi lipoproteid qobig’ida ikkita (Yl va Y2) glikoproteinlar tipiga xos antigenlar bo’lib, gemagglyutinasiya qilish xususiyatiga ega. Virioining nukleokapsidsagi (N1) oqsili guruhga xos antigen hisoblanadi. Bunyaviruslar turkumi 16 ta serologik guruhga bo’linadi.
O’stirish va virus reproduksiyasi. Virus birlamchi va undiriluvchi hujayra kulturalarida, tovuq embrionida ko’payadi. Tajriba hayvonlaridan yangi tug’ilgan sichqon bolalari va olmaxonlar uchun patogen hisoblanadi. Biruslar hujayraga endositoz yo’li bilan kiradi va u sitoplazmada ko’payadi. Har bir RNK bo’lakchasidan virus maxsus RNK-transkriptaza yordamida 3 xil a-RNK hosil bo’ladi. Virus oqsillari - xujayradagi makromolekulyar sintez jarayonida hosil bo’ladi. Bunday virus zarrachalari kurtaklanish yo’li bilan vezikula devoridan Golji apparatiga chiqadi va tashqi qobiqqa o’raladi. Viruslar jarohatlangan hujayradan ekzositoz va hujayraning lizisi natijasida tashqariga chiqadi. Ularning patogenligi, asosan, N oqsili bilan bog’liq.
Chidamliligi. Viruslar efir va detergentlarga, yuqori haroratga, UB-nurlarga ta’sirchan. Muzlatilganda (-70°S ) o’z yuqumliligani saqlab qoladi.
Kasallikning odamlardagi patogenezi va klinikasi. Bunyavirus turkumiga xos viruslar odamlarda klinik belgilariga ko’ra turlicha, kechishiga ko’ra simptomsiz va og’ir holdagi gemorragak isitmani keltirib chiqaradi. Bu viruslar Yevropada, asosan, Qrim gemorragik isitmasi va buyrakni zararlaydigan gemorragak isitmalarni qo’zg’atadi. O’lim kam uchraydi. Bunyaviruslarning tabiiy manbalari kemiruvchilar, qushlar, uy hayvonlari hisoblanadi. Kasallik tashib yuruvchilar, asosan, chivin, so’na va kanalar hisoblanadi. Kasallik ko’pincha yoz oylarida uchraydi.
Laboratoriya tashxisi. Tekshirish uchun bemordan kasallikning 1-2-kunlarida qon, murdadan esa miya, jigar, buyrak va boshqa a’zolar olinadi. Virusni ajratib olish uchun tekshirilishi zarur bo’lgan materialni yangi tug’ilgan sichqon bolalarining miyasiga va hujayra kulturalariga yuboriladi. So’ngra NR yordamida identifikasiya qilinadi. Serologik tashxis qo’yish uchun RN, GATR, RSBR, immunopresipitasiya va BGAR lar juft zardoblar bilan qo’yiladi.
Kasallikning oldini olishda chivin, kana va boshqa qon so’ruvchi hasharotlarga qarshi kurash choralari (dezinseksiya) ko’riladi. Ayrim bunyavirus infeksiyalarining maxus profilaktikasida faolsizlantirilgan vaksinalar qo’llaniladi.