Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə43/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Aftoviruslar
Oqsim virusi
Oqsim (yashur) virusi aftoviruslar turkumiga kirib, juft tuyoqli yy hayvonlarining o’ta yuqumli kasalligi qo’zg’atuvchisi hisoblanadi. Uni 1898 yili F.Leffler va P.Froshlar topishgan. Virus Aphtoviius turkumiga va Picornavitidae oilasiga kiradi. Hozir ham bu kasallik ayrim davlatlarda sporadik holda uchrab qolishi mumkin.
Morfologiyasi. Sferik shakldaga virionning o’lchami 20-30 nm bo’lib, hujayra ichida eozinofil kiritmalarini hosil qiladi.
O’stirish. Virus buzoq, sigir tilining epitelial hujayra kulturalarida, hayvonlar buyragidan tayyorlangan kulturalarda, shuningdek, 7-10 kunlik sichqonlarning miya to’qimalarid ko’payadi.
Atigen tuzilishi. Oqsim virusi serologak jihatdan bir xil emas. Hozir virusning 7 ta: A, O, S, Osiyo1, SATl, SAT2, SAT3 serologak tiplari ma’lum. Har xil serotip bir necha antigen variantlaridan iborat. Yevropada virusniig O, A, S, Afrikada esa SATl, SAT2, SAT3 tiplari keng tarqalgan.
Chidamliligi. Oqsim virusi tashqi muhit omillariga chidamli. Kasal hayvonlarning najasida 2 oygacha, yungida 2 haftagacha, zararlangan go’shtida 2-3 kun, o’lgan hayvonlarning ko’migida 2 oy, zararlangan go’shtda 2-3 kun' saqlanishi mumkin. Dezinfeksiya qiluvchi moddalar eritmasi, formalin va ishqorlar ta’siriga chidamsiz.
Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Oqsim qoramollar, qo’y, echkilar, cho’chqa va boshqa uy hayvonlarining o’ta yuqumli kasalligidir.
Kasallikning odamlardaga patogenezi. Kasallik odamlarga pufakchalar ichidagi suyuqlik, kasal hayvonlarning suti, so’lagi, siydigi, go’nga, yemi va h.k.dan yuqadi. Virus, asosan, organizmga me’da ichak sistemasi yoki shikastlangan shilliq qavat, teri orqali kiradi va ko’payadi. Bu kasallik ko’pincha, oqsim bilan kasallangan sigirning xom sutini ichganda yuqadi. Virus birinchi tushgan joyidan qonga o’tadi va virusemiya yuzaga keladi. Parenximatoz a’zolar ham shikastlanadi, og’izning shilliq qavati va terida aftozli jarohatlar - pufakchalar hosil bo’ladi.
Laboratoriya tashxisi. Tez tashxis qo’yish uchun pufakchalar ichidaga suyukliqsan, aftozli jarohatlardan ashyo olinadi va surtma tayyorlanib virusning endemik serotipiga xos gomologik zardob bilan immunoflyuressensiya reaksiyasi qo’yiladi va maxsus antigen topiladi. Kasalgshkni aniqlash uchun pufakchalar ichidaga suyuqlik dengiz cho’chqachasi tovonining terisi orasiga yuboriladi, 1-4 kundan so’ng tovonda va og’iz bo’shliga shilliq qavatlarida pufakchalar hosil bo’ladi, gavda harorati ko’tariladi. Viruslarni ajratib olish uchui emadigan sichqon bolalari to’qima kulturasidan foydalaniladi. Ajratib olingan virusni identifikasiya qilish uchun immunoflyuoressensiya reaksiyasi qo’llaniladi. Serologak tashhis ko’yish maqsadida bemordan juft zardob (4—6 kun oralikda) olinadi va shu virus serotipi bipan neytrallash, komplementni bog’lash reaksiyalari qo’yiladi.
Immuniteti. Odam organizmida tipga xos immunitet rivojlanib, qonda virusni neytrallovchi antitelolar paydo bo’ladi.
Davosi va profilaktikasi. Bemorga yumshoq parhyez buyuriladi. Yaralar kumush nitratning 4% li eritmasi bilan yuviladi. Og’iz esa etakridin laktati yoki kaliy permanganat eritmasi (margansovka) bilan chayiladi. Kasallikning oldini olish uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish, sutni qaynatish, hayvonlarni boqqanda qo’l va yuzlarni tozalab yuvish lozim.
Oqsim kasalliganing ko’payish xavfi paydo bo’lganda, hayvonlar unga qarshi virusning faolliga kamaytirib tayyorlangan vaksina bilan emlanadi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin