Mavzu. Kirish. Parazitologiya fanining maqsadi va vazifalari parazitizmni turli XIL shakllari va



Yüklə 289,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix10.05.2023
ölçüsü289,64 Kb.
#110374
1   2   3
parazitologiya deyiladi. 
Akademik K.I.Skryabin parazitlarning kelib chiqish xususiyatiga ko’ra, ularni 
o’rganadigan fanni ikki gruppaga bo’ladi: 
Birinchi gruppa – fitoparazitologiya deyilib, u o’simlik dunyosidan paydo bo’ladigan 
bakteriya, virus va boshqa parazitlar hamda ular ta’sirida sodir bo’ladigan yuqumli kasalliklarni 
o’rganadi. 
Ikkinchi gruppa – zooparazitologiya deyilib, qo’zg’atuvchisi hayvonot dunyosidan kelib 
chiqadigan (sodda hayvonlar, gelmintlar, bo’g’imoyoqlilar va boshqalar) va har xil parazitlar 
ta’siridan paydo bo’ladigan kasalliklar hamda ularga qarshi kurash tadbirlarini o’rganadi. 
Bundan tashqari, fanni tekshiradigan ob’ektlariga binoan ham bir qancha bo’limlarga ajratish 
mumkin. 
Umuman parazitlarni o’rganish ob’ektlariga ko’ra tibbiyot parazitologiyasi, veterinariya 
parazitologiyasi, fitoparazitologiya va umumiy parazitologiyaga bo’linadi. 
Parazitologiya ko’pgina biologik, tibbiyot va veterinariya sohasidagi maxsus fanlar bilan 
chambarchas bog’langan. 
Parazitlarning tavsifi, morfologiyasi, biologiyasi va tasnifiy o’rganish bilan – zoologiya 
fani shug’ullanadi. Ular qo’zg’atadigan patogenezi, klinikasi, diagnostikasi va davolashini 
o’rganish bilan – patologik anatomiya, patologik fiziologiya, immunologiya, virusologiya, 
mikrobiologiya, terapiya, farmakologiya, epizootologiya, xirurgiya, bioximiya, veterinariya-
sanitariya ekspertizasi, zoogigiena va boshqa fanlar shug’ullanadi. 
Parazitologiya fan sifatida organizm bilan tashqi muhitning ajralmas bir butunligini qayd 
qilib, hayvon bilan inson organizmini parazitar kasalliklardan butunlay tozalashni o’z oldiga 
maqsad qilib qo’yadi. Zooveterinariya mutaxassislari chorvachilikni jadal rivojlantirish va 
chorva mollari mahsuldorligini oshirishda parazitologiya sohasidagi umumiy nazariy 
masalalarni to’g’ri tushunish, parazitar kasalliklarni qo’zg’atuvchilari biologiyasini o’rganish, 
ularning organizmga salbiy ta’sirini aniqlash bilan birga, parazitar kasalliklarga qarshi kurash 
choralari va oldini olish tadbirlarini o’z vaqtida izchillik bilan amalga oshirishlari zarur. 
Invazion kasalliklarning paydo bo’lishi parazitlarning xususiyatiga, tashqi muhit sharoitiga 
hamda organizmning holatiga bog’liq. 
Hozirgi paytda O’zbekistonda parazitologiya fani umumiy parazitologiya, veterinariya 
parazitologiyasi, meditsina parazitologiyasi va agronomiya parazitologiyasi kabi to’rt yo’nalish 
bo’yicha shakllangan bo’lib, nazariy va amaliy muammolarni xal etib kelmoqda. 
Parazitlar haqidagi ta’limot qadim zamonlardayoq bo’lgan. Eramizdan ancha ilgari yassi 
gelmintlar hamda askarida haqida qo’lyozmalar saqlangan. 
Eramizdan oldingi 460-375 yillarda yashagan mashhur vrach Gippokrat birinchi bo’lib 
fanga «askaridoz» degan tushunchani kiritdi. U faqat odamlarda uchraydigan ayrim askarida, 
ostritsa, yassi gelmintlar bilan birga hayvonlar parazitini (exinokokkozni) ham aniqlagan. 
Gippokrat gelmintlarni invazion kasalliklarning qo’zg’atuvchisi emas, balki biror o’z-
o’zidan vujudga keladigan kasalliklarning oqibati deb tushungan. Bunday noto’g’ri tushuncha 
uzoq vaqtlargacha parazitologiya faniniig rivojlanishiga to’sqinlik qilib keldi. 
Eramizdan oldingi 384-322 yillarda yashagan grek faylasufi Aristotel qoramollardagi 
exinokokkoz, cho’chqalardagi tsistitserkoz, odam askaridasi va ostritsa to’g’risida yozib, fanga 
birinchi bo’lib «akarus» hamda «dipter» tushunchalarini kiritgan. 


Eramizdan oldingi 116-27 yillarda yashagan rim olimi Varron hayvonlarni botqoqlik, 
to’qayzorlarda boqqanda og’iz va nafas yo’llari orqali mol organizmiga ko’zga ko’rinmaydigan 
parazitlar kirib kasallik qo’zg’aydi, deb fikr qilgan. 
Eramizdan oldin va eramizning dastlabki yuzinchi yillarida qo’tirga qarshi oltingugurt, 
gelmintozlarga qarshi piyoz, sarimsoq va boshqa surgi dorilarni ishlatganlar. Parazitlar 
to’g’risidagi ayrim ma’lumotlar bir qancha olimlarning qo’lyozmalaridan ham topilgan, ammo 
ular ham parazitlarni xudo yuborgan ofat deb, bu kasalliklarni «davolash» uchun xudoga 
sig’inishni taklif etganlar. 
Ko’zga ko’rinmas parazitlar to’g’risida ilk bor ma’lumotlar Abu Ali Ibn Sino asarlarida 
uchraydi. Uning “Kitob ash-shifo” asarida odamlarning ichagida parazitlik qiluvchi 
chuvalchanglar qo’zg’atadigan kasalliklar to’g’risida va ularni davolash yo’llari borasida 
ma’lumotlar beriladi. 
XVII asrning o’rtalariga kelib Italiya tabiatshunosi Redi parazitlar ustida tajriba o’tkazdi 
va chivin bilan bo’kalarning tuxumdan rivojlanishini isbot qilib, parazitlar tasodifan o’z-o’zidan 
paydo bo’ladi, degan nazariyaga zarba berdi. Golland tabiatshunosi Levenguk (XVII asr oxirida) 
mikroskop ixtiro qilib, butun biologiya soxasida yangi davrni ochdi. Lekin XVII-XVIII asrlarda 
parazitlarning faqat morfologik tuzilishi o’rganilgan edi, xolos. 
Parazitologiya fan sifatida XIX asrdan boshlab tashkil topdi. Mana shu vaqtdan boshlab 
parazitlarning rivojlanish biologiyasi o’rganilib, eksperimental parazitologiyaga asos solindi. 
1818 yilda L.Ya.Boyanus mollyuskalar tanasidagi tserkariylarni trematodlarning 
lichinkalari bo’lsa kerak deb faraz qildi. 1827 yilda akademik K.M.Ber tomonidan bu faraz 
to’g’riligining eksperimental tasdiqlanishi kelgusida ma’lum turdagi trematodlarning rivojlanish 
biologiyasini o’rganishga imkon berdi. 
Tsestodlarning rivojlanish biologiyasini o’rganish qiyin bo’lganligidan u uzoq 
vaqtlargacha aniqlanmadi. Shuning uchun ham ularning pufak shaklidagi lichinkalarini 
patologik elementlar yoki o’ziga xos maxsus turdagi qo’zg’atuvchi deb noto’g’ri tushunganlar. 
Faqatgina XIX asrning 50-yillariga kelib Kyuxenmeyster tajriba o’tkazib, cho’chqa tsistitserki 
(finna) odamning ingichka ichaklarida parazitlik qilib yashaydigan lentasimon Taenia solium 
parazitining lichinkasi ekanligini aniqladi. 
Rus olimi akademik P.S.Pallas ko’pgina gelmint va hasharotlarning yangi turlarini 
o’rganib, parazitlik qilib yashaydigan gelmintlar ichida kelgusida rivojlanadigan parazit 
elementlari borligini aniqladi va gelmintlar o’z-o’zidai paydo bo’ladi, degan noto’g’ri fikrga 
qattiq zarba berdi. 
E.A.Ostrovskiy XIX asrning 50-yillari exinokokkoz va tsenuroz kasalliklarini 
qo’zg’atuvchilarining biologik rivojlanishi sxemasini o’rganib, parazit gelmintlarning o’z-
o’zidan rivojlanish qonunini tanqid qildi. 
A.P.Fedchenko sayohatda yurganida ko’pgina gelmintlarni yig’ib, kollektsiya to’pladi 
hamda birinchi bo’lib O’rta Osiyoda odamlarda keng tarqalgan drakunkulyoz (rishta) 
qo’zg’atuvchisining biologik rivojlanish sxemasini o’rgandi. 
V.K.Brand XIX asrning 70- 80 yillarida odam va hayvonlar paraziti to’g’risidagi kitobini 
yozadi. 
N.M.Melnikov it va uy hayvonlarining burgasi hamda junxo’rlarning Dipylidium 
caninum turdagi yassi gelmintlar uchun oraliq xo’jayin ekanini aiiqladi. 
I.I.Mechnikov nematodlarning avlod almashinuvini aniqlab, parazitar kasalliklarda 
allergiya xususiyati borligini eslatdi va bezgak kasalining qo’zg’atuvchisini xaqli xolda 
infektsiya emas, invaziya kasalliklariga kiritdi. 
N.A.Xolodkovskiy odam va hayvonlarda uchraydigan gelmintlarning anatomiyasini, 
biologik rivojlanishini va sistematikasini o’rganib, rus tilida gelmintlar to’g’risidagi birinchi 
atlasni yaratdi. 
Akademik K.I.Skryabin veterinariya, meditsina hamda biologiya fanlari soxasidagi 
mutaxassislarni birlashtirib, gelmintologiya maktabini tashkil qildi. Ushbu maktab gelmintlar va 


ular tomonidan qo’zg’atiladigan gelmintoz kasalliklarini muvaffaqiyatli ravishda o’rganib, 
ularga qarshi kurash tadbirlarini va hatto kasallikni to’liq yo’qotish choralarini ishlab chiqdi. 
Meditsina xizmati general-leytenanti, akademik Ye.Pavlovskiy umumiy parazitologiya 
masalalarini o’rgatadigan maktab asoschisidir. U transmissiv kasalliklari tabiiy manba ekanligi 
to’g’risidagi ta’limotni yaratib, ilmiy jihatdan isbotlab berdi. 
Professor V.L.Yakimov hayvonlarning piroplazmidoz, leyshmanioz, koktsidioz hamda 
trixomonoz kasalliklarini o’rganib, ularga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqadigan 
protozoologiya sohasidagi maktabga asos soldi. 
Prof. V.A.Dogel baliqlarda uchraydigan parazitlarni o’rganadigan, hayvonlarning 
parazitlar bilan zararlanishini tashqi muhit ta’siri, hamda hayvon organizmining fiziologik 
holatiga bog’lab o’rganadigan ekologik parazitologiya maktabining asoschisidir. 
Binobarin, sobiq ittifoqda akad. K.I.Skryabin, akad. Ye.P.Pavlovskiy, prof. V.L.Yakimov 
hamda prof. V.A.Dogel kabi mashhur parazitologlar rahbarligida to’rtta yirik maktab tashkil 
etildi. 
O’zbekistonning parazit hayvonlari to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar O’rta Osiyo va 
Turkiston o’lkasi bo’ylab sayohat qilgan naturalist tadqiqotchilarning ishlarida (asarlarida) uchraydi. 
Jumladan, mashhur rus naturalist olimi A.P.Fedchenko XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoro, 
Samarqand va Toshkentda bo’lib, har xil hayvonlardan parazit chuvalchanglarni yig’di.
Rossiyada 
parazitlarni aniqlovchi mutaxassislar yo’qligi tufayli, Fedchenko bu materiallarni chet el olimlari – 
daniyalik Krabbe va nemis Listovga yuboradi. Aniqlash natijasi hayvonlarda 24 tur parazit 
chuvalchang mavjudligini ko’rsatdi. 
O’zbekistonda parazitologiya sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlarining rejali yo’lga qo’yilishida 
K.I.Skryabin, Ye,N.Pavlovskiy, V.A.Dogel, V.S.Yershov va N.V.Badaninlarning xizmatlari 
katta. Ular respublikamiz territoriyasida uchraydigan turli-tuman parazit hayvonlar va kasalliklarni 
o’rganish bilan birga maxalliy kadrlardan malakali mutaxassislar tayyorlash ishlariga ham alohida 
e’tibor berdilar. 
Ayni vaqtda O’zbekistonda parazitologiya fani quyidagi to’rt yo’nalish bo’yicha shakllanib, 
nazariy va amaliy muammolarni hal etib kelmokda: 
1. Umumiy parazitologiya; 
2. Veterinariya parazitologiyasi; 
3. Meditsina parazitologiyasi; 
4 Agronomiya parazitologiyasi. 
Umumiy parazitologiya sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan olimlardan 
M.A.Sultonov, E.I.Gan, S.O.Osmonov, J.A.Azimov, T.Q.Qobilov, M.K.Qodirova va 
boshqalarni ko’rsatish mumkin. 
M.A.Sultonov (1915-1979) O’zbekiston yovvoyi va uy parrandalarining parazitlarini 
tekshirib, ularda 366 tur gelmintlar uchrashligini aniqladi. 
O’zbekiston suv havzalarida yashovchi baliqlarning parazitlarini o’rganishda 
S.O.Osmonovning xizmatlari ham kattadir. U baliqlarda 364 tur parazitlar uchrashligini 
aniqladi. 
E.I.Gan O’zbekistonda tarqalgan so’nalarning tur tarkibini va ularga qarshi kurash 
choralarini ishlab chiqdi. 
Ma’lumki, ko’pchilik hasharotlar parazit chuvalchanglarning rivojlanish tsiklida oraliq 
ho’jayin sifatida qatnashib, turli-tuman gelmintoz kasalliklari kelib chiqishi va tarqalishiga 
sababchi bo’ladi. T.Q.Qobilov O’zbekistondagi ana shu gruppa hayvonlarni o’rganib, 200 ga 
yaqin tur hasharotlar 100 dan ortiq tur gelmintlar uchun oraliq xo’jayin bo’lishini isbotladi. 
O’zbekistonda yovvoyi hayvonlarga nisbatan uy hayvonlarining parazitlari va kasalliklari 
chuqur o’rganilgan. Bu sohada veterinar parazitolog olimlardan N.V.Badanin, E.H.Ergashev, 
N.M.Matchonov, R.X.Xaitov, J.A.Azimov, A.O.Oripov va boshqalarning xizmatlari ayniqsa 
kattadir. 


O’zbekistonda veterinariya parazitologlarining voyaga yetishi bevosita O’zbekistonda 
xizmat ko’rsatgan fan arbobi, respublikada xizmat ko’rsatgan veterinariya vrachi, veterinariya 
fanlari doktori N.V.Badanin nomi bilan bog’liq. 
Gelmintolog olimlarimizning ko’p yillik tadqiqotlari asosida O’zbekistondagi qo’ylarda 
88 tur parazit chuvalchanglar (7 tur trematoda, 11 tur tsestoda, 77 tur nematoda) uchrashligi 
qayd etildi. Shuningdek, echkilarda 48 tur, qoramollarda – 55, tuyalarda – 25, otlarda – 53, 
eshaklarda – 25, cho’chqalarda – 25, itlarda – 32 va mushuklarda – 19 tur gelmintlar parazitlik 
qilishi aniqlandi. 
E.H.Ergashev O’zbekiston qo’y va echkilarida uchraydigan gelmintlar va gelmintozlarni 
atroflicha tahlil etish bilan birga, yuqori malakali veterinar-parazitologlar tayyorlashda munosib 
hissasini qo’shdi. 
Tsenuroz chorva mollarining eng havfli gelmintoz kasalliklaridan bo’lib, chorvachilikka 
katta iqtisodiy zarar yetkazadi. N.M.Matchonov ko’p yillik tadqiqotlari asosida bu kasallikni 
amaliy jihatdan butunlay tugatish mumkinligining ilmiy asoslarini ishlab chiqdi. 
Respublikamiz meditsina parazitologiyasi taraqqiyotida mashhur olim L.M.Isaev (1868-
1964) ning xizmatlari nihoyatda katta bo’ldi. U bezgak, leyshmanioz, rishta va boshqa invazion 
kasalliklarga qarshi kurash va ularni yo’qotish ishlariga bevosita qatnashdi va jahon 
gelmintologiya tarixida birinchi bo’lib Buxoroda odam uchun eng havfli bo’lgan rishtani 
butunlay tugatishga hissa qo’shdi. 
O’zbekistonda agronomiya parazitologiyasining shakllanishi bevosita A.T.To’laganov 
faoliyati bilan bevosita bog’liqdir. 
A.T.To’laganov va bir qator olimlar hamkorlikda O’zbekiston o’simliklari va ildizi 
atrofidagi tuproqda 450 tur fitonematodalar parazitlik qilishini aniqladilar. Shundan 60 turi fanga 
noma’lum yangi turlar hisoblanadi. 
Parazitizm tabiatda keng tarqalgan hodisa bo’lib, hayvonot dunyosining hamma 
gruppalarida uchraydi. 
Hayvonot dunyosining vakillari (bir hujayralilar, gelmintlar, qisqichbaqasimonlar, 
kanalar va hasharotlar) qo’zg’atadigan kasalliklar invazion yoki parazitar kasalliklar va 
o’simliklar dunyosining vakillari (viruslar, bakteriyalar, zamburug’lar) qo’zg’atadigan 
kasalliklar esa infektsion kasalliklar deb ataladi. 
Invaziya, latincha – invasion so’zidan olingan bo’lib, hujum qilish, biror tirik organizmga 
kirish demakdir. Parazit xo’jayini organizmiga qulay sharoitdagina tushib, invazion jarayon 
boshlanadi. Noqulay sharoitda esa ular nobud bo’ladi. Bundan taщqari, invazion kasalliklarning 
kelib chiqishi parazitlarning xususiyatiga, tashqi muhit sharoitiga hamda xo’jayin organizmidagi 
mikroorganizmlarning holatiga bog’liq. 
Evolyutsion taraqqiyot protsessida parazitlar har xil xo’jayinlarda yashashga 
muvofiqlashadi. Shunga ko’ra ular keltirib chiqaradigan kasalliklar turlicha nomlanadi. 
Ma’lumki, bir gruppa parazitlar faqat hayvonlarda parazitlik qiladi. Ular keltirib 
chiqargan kasalliklar zoonozlar deyiladi. 
Tabiatda faqat odamda parazitlik qiluvchilar ham uchraydi. Ular qo’zg’atadigan 
kasallikni esa antroponoz deyiladi. 
Shunday gruppa parazitlar ham borki, ular ham odamda, ham hayvonda parazitlik qilib 
hayot kechiradi (gelmintlar, kanalar, hasharotlar). Bu xil parazitlar tufayli vujudga keladigan 
kasalliklar antropozoonozlar deb ataladi. 
Sodda hayvonlarning 5 ta tipida parazitlarni uchratish mumkin. Sporalilar va 
knidisporodiyalar tipining hamma turlari parazitlardan iborat. Sodda hayvonlar sinflariga oid 
parazitlar quyidagicha taqsimlangan: sarkodalilar sinfining 100 dan ortiq, xivchinlilarning 750-
800, infuzoriyalarning 900 dan ortiq turi parazit hisoblanadi. Shunday qilib, sodda 
hayvonlarning fanga ma’lum bo’lgan 30 ming turidan 6000-7000 tasi parazitlik qilib hayot 
kechiradi. 
Bulutlar tipida parazitlik qilib hayot kechiradigan formalar hali kuzatilmagan. 
Kovakichlilar tipining faqat 25 turi parazit hisoblanadi. 


Chuvalchanglar (yassi, yumaloq va xalqali chuvalchanglar)ning 24 ta sinfidan 13 tasida 
parazitlar mavjud bo’lib, 6 ta sinfning (trematodalar, monogeniyalar, tsestodalar, akantotsefallar, 
nematodalar va mizostomidlar) hamma turlari parazitlardir. Hozirgi vaqtda trematodalar 
sinfining 4000 dan ortiq turi, monogeniyalarning 2500 turi, tsestodalarning 3500 turi, 
akantotsefallarning 500 turi va nematodalarning 7000 dan ortiq turi fanga ma’lum. 
Xalqali chuvalchanglar tipining ko’pqillilar sinfidan 20 tur, kamqillilar sinfidan 40 tur va 
zuluklar sinfidan 300-350 tur parazit hisoblanadi. 
Mollyuskalar tipi parazitlar eng kam uchraydigan tip hisoblanadi. Tabiatda 
mollyuskalarning 130000 dan ortiq turi uchraydi. Shundan atigi 120 turi doimiy yoki vaqtincha 
parazitlik qilib yashaydi. 
Bo’g’imoyoqlilar tipining 1500000 dan ortiq turi fanga ma’lum. Bu tipda ham parazit 
formalar ko’p uchraydi. Ayniqsa, qisqichbaqasimonlar, o’rgimchaksimonlar va hasharotlar 
sinfida 
parazitlar 
keng 
tarqalgan. 
Jumladan, 
qisqichbaqasimonlarning 
2000 
turi, 
o’rgimchaksimonlar (asosan kanalar)ning 10000 dan ortiq va hasharotlarning 84000 turi parazit 
hisoblanadi. Demak, bo’g’imoyoqlilarning 100 mingga yaqin turi parazitlik qilib yashaydi. 
Xordalilar tipidagi hayvonlar ichida parazitlari uchramaydi. Lekin minogalar va ba’zi 
uchuvchi ko’rshapalaklar boshqa hayvonlar qonini so’rib hayot kechiradi. Bu hodisa parazitizm 
bo’lmay, balki yirtqichlik hisoblanadi. 
Shunday qilib, hayvonlarning fanga ma’lum 2 milliondan ortiq turining taxminan 123 
mingga yaqini parazit organizmlardir. 
Parazitlar o’z xo’jayini organizmiga u yoki bu darajada zararli ta’sir ko’rsatib, turli-
tuman kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu kasalliklar parazitologiya nuqtai nazaridan har xil 
nomlar bilan yuritiladi. 
Invazion kasalliklar nomini atash uchun shu kasallikni qo’zg’atadigan parazit avlodining 
nomiga «oz» yoki «yoz» qo’shimchasi qo’shiladi. Masalan, Ascaris avlodi vakillari 
qo’zg’atadigan kasallikka askaridoz yoki Fasciola avlodi vakillari qo’zg’atadigan kasallik 
fastsiolyoz deyiladi. 
Parazitologiya fanida kasallik qo’zg’atuvchisining qaysi sinfga, turkumga, oilaga 
kirishiga qarab invazion kasalliklarga umumiy nom beriladi va u ko’plikda beriladi. Masalan, 
Nematoda sinfi vakillari qo’zg’atadigan kasalliklarning umumiy nomi nematodozlar deyiladi. 
O'zbekistonda parazitologiya bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari hozirgi vaqtda ham 
O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga qarashli Zoologiya institutida, O'zR FA 
Qoraqalpog'iston filiali institutlarida, O'zbekiston Milliy Universitetida, Samarqand Davlat 
Universitetida, Termiz Davlat Universitetida, O'zbekiston veterinariya ilmiy-tekshirish 
institutida, Samarqand qishloq xo'jalik institutida, O'zbekiston tibbiyot parazitologiyasi hamda 
O'rta Osiyo fitopatologiya institutlarida, Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti, Samarqand 
tibbiyot instituti va Toshkent tibbiyot akadameyalarida olib borilmoqda. 
O'zbekistonda parazitologiya fanining rivojlanishida, ayniqsa, O'zR FA akademiklari 
A.T.To'laganov, 
M.A.Sultonov, 
E.X.Ergashev, 
J.A.Azimov, 
N.A.Dehqonxo'jayeva, 
M.Aminjonov; professorlar N.B.Badanin, S.N.Bobojonov, N.M.Matchonov, Sh.A.Azimov, 
B.S.Salimov, G.S.Po'latov, A.O.Oripov, L.M.Isayev, R.X.Hayitov, E.I.Gan, M.K.Qodirova, 
I.H.Rasulov, S.O.Osmanov, V.M.Sodiqov, O'.Uzoqov, Z.N.Norboyev, O.M.Mavlonov, 
Sh.Xurramov, T.Q.Qobilov, A.R.Ro'zimurodov, X.Ro’ziev, L.Hakimova, O.Davronov, 
S.Dadayev va boshqalarning hissasi kattadir. 
Shunday qilib, parazitizm tabiatda nihoyatda keng tarqalgan bio-ekologik hodisa bo’lib, 
hayvon yoki o’simliklarning turli vakillari orasidagi o’zaro munosabatning o’ziga xos 
ko’rinishidir. Parazitizm bir organizmning boshqa organizm hisobiga oziqlanishidan iborat. 
Xo’jayin organizmi parazit uchun tashqi muhit vazifasini bajaradi va shuning uchun parazitning 
hayoti xo’jayin organizmining hayoti bilan chambarchas bog’liq. Bu holat esa uzoq evolyutsion 
taraqqiyot davomida shakllangan bo’lib, murakkab morfo-anatomik, fiziologik, bioximik, 
ekologik, genetik munosabatlar va o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. 


Keyingi yillarda parazitologiya fani xalq xo’jaligining turli tarmoqlari, shuningdek, atrof-
muhitni muhofaza qilish kabi muhim muammolarning tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Uning 
ayniqsa tibbiyot parazitologiyasi, veterinariya parazitologiyasi, fitogelmintologiya kabi sohalari 
jadal rivojlanib bormoqda. 
R
R
e
e
j
j
a
a
:
:
1
1
.
.
Parazitizmni turli xil ko’rinishlari va u bilan bog’liq bo’lgan hodisalar.
2
2
.
.
Parazitizm. Simbioz. Sinoykiya. Ijara ko’rinishlari, kommensalizm, mutualizm va 
boshqa munosabatlar. 
3. Parazitizmning turli shakllari. Yirtqich va parazit to’g’risida ma’lumot. 
4. Fakultativ va soxta parazitizm. 
5. Parazitlarni xo’jayinlariga bo’lgan munosabatlari. 
6. Vaqtinchalik parazitizm. Statsionar parazitizm. Davriy parazitizm. Doimiy parazitizm. 
Parazit – «para» - «atrofida» va «sitos» - «oziqlanish» so’zlaridan olingan bo’lib, biror 
ob’ekt (tirik organizm) atrofida oziqlanish ma’nosini bildiradi. 
Parazitizm – har xil turga mansub organizmlar o’rtasidagi o’zaro munosabat usullaridan 
biri. Bunda organizmlar biri ikkinchisidan yashash muhiti va oziqa manbai sifatida foydalanadi. 
Parazitizm – o’zaro moddalar almashinuvi va oziq aloqalariga asoslangan, genetik 
jihatdan farq qiluvchi organizmlardan tashkil topgan assotsiatsiyadir, bunda biri (parazit) 
ikkinchisidan (xo’jayin) muhit va oziq manbai sifatida foydalanadi, lekin har ikkalasi bir-biriga 
nisbatan antogonistik munosabatda bo’ladi. 
Parazitlar hamisha zararlidir. Ularning ayrim turlari juda ham kuchli ta’sir etsa, ba’zilari 
birmuncha kuchsiz ta’sir qiladi. 
Parazitlarning hayvon organizmiga patogen ta’sir ko’rsatishi ularning biologik rivojlanish 
davridagi migratsiya qilishi, o’sishi va rivojlanishi natijasida bo’ladigan o’zgarishlarga bog’liq. 
Parazitlar o’zining rivojlanish davrida zaharli (metabolit) modda ajratib, hayvon organizmini 
zaharlaydi. 
Parazitlarning ta’sir kuchi ular yopishgan hayvon organlarining tuzilishiga bog’liq. 
Hayvon qon tomirlari, bronxlarining yorilib ketishiga va ingichka ichakning bekilib qolishiga 
yoki bu organlarning atrofiyalanishiga ko’pincha parazitlar sabab bo’ladi. Parazitlar hayvon 
organizmiga va to’qimalariga o’zi bilan birga har xil mikrob hamda viruslarni olib kiradi. Bu 
mikroblar hayvon organizmida har xil og’ir kasalliklarni paydo qiladi va hatto o’limga olib 
keladi. 
Parazitlar, ko’pincha yosh hayvonlarning o’sish va rivojlanishini sekinlashtirib, ularning 
mahsuldorligini kamaytiradi. Hayvonlar hamma joyda har xil ko’rinishdagi gel’mintlar, sodda 
hayvonlar, o’rgimchaksimonlar va boshqa parazitlarga duch keladi. Ammo ular ko’pincha 
kasallikni – invaziyani qo’zg’ay olmaydi, chunki kasallikning paydo bo’lib rivojlanishi uchun 
tashqi muhitda qulay sharoit mavjud bo’lishi kerak, ya’ni kasallik paydo bo’lishi hayvonning 
yoshi, kasallikka moyilligi, rezistentligi, parazitlarning soni, patogen xususiyatiga bog’liqdir. 
Har bir turdagi hayvonning o’ziga xos parazitlari bor. Parazitlarning deyarli ko’pchiligi 
ayrim turdagi hayvon organizmida parazitlik qiladi. Ba’zilari esa rivojlanish davrini bir necha 
turdagi hayvonlarda (ho’jayinlarda) o’tkazadi. 
Qulay sharoit mavjud bo’lgandagina parazit ho’jayin organizmiga kirishi mumkin. 
Ammo hayvon organizmiga tushgan parazitlar noqulay sharoitda nobud bo’ladi. Binobarin, 
kasallik qo’zg’atuvchi parazitlar kasallikka moyil organizmga tushgandagina u rivojlanib 
invazion protsessni boshlab yuboradi. 
Parazitologiya sohasida uzoq vaqtlargacha invazion protsess haqida yuzaki tushunchalar 
mavjud edi. Ko’pgina olimlar invazion protsess faqatgina parazit ta’sirida vujudga keladi, 
hayvon organizmiga qanchalik ko’p parazit tushsa, ularning hammasi rivojlanib yetishadi, deb 
fikr yuritib, ho’jayin organizmining qarshilik ko’rsatish qobiliyatini (reaktsiyasini) hisobga 
olmas edilar. Parazitlar o’z ho’jayini organizmida rivojlanib, unga har xil darajada patogen ta’sir 
ko’rsatadi. 


Parazitning ta’sir kuchi juda xilma-xil. Kasallikning og’ir yoki yengil o’tishi parazitning 
rivojlanishidagi biofiziologik protsesslar yig’indisiga va o’z navbatida hayvon organizmining 
qarshilik ko’rsatish qobiliyatiga bog’liq. Invaziya davrida organizmdagi sharoit doim o’zgarib 
turadi. Ayrim vaqtlarda bir xildagi parazitlar har xil hayvonlarga emas, balki bir turdagi shu 
ho’jayinning o’ziga ham har xil patogen ta’sir qiladi. Parazitlar bir turdagi hayvonlarga ta’sir 
ko’rsatib, ikkinchi turdagi hayvonlarga deyarli ta’sir ko’rsatmasligi mumkin. 
Parazitlar invazion protsessning rivojlanish davrida hayvon organizmining hujayra va 
to’qimalarida bo’ladigan ma’lum biofizik va ximiyaviy muhitga moslashadi. Ko’p turdagi 
parazitlar ontogenezining ayrim davrlarini tashqi muhitda yoki oraliq ho’jayin organizmida 
o’tkazadi. Parazitlarning tashqi muhit ta’siriga qarab hayvon organizmida rivojlanib kasallik 
qo’zg’atishdagi o’ziga xos xususiti goh kuchayib, goh kuchsizlanib turadi. Kuzda oraliq xo’jayin 
– mollyuska tanasida sovuqda qolib rivojlangan myullerius lichinkalarining yoz oylarida 
mollyuska tanasida rivojlangan lichinkalarnikiga qaraganda virulentlik xususiyati birmuncha 
kuchsiz o’tadi. Otlardagi nuttallioz, qoramollardagi piroplazmoz kasalliklarining 
qo’zg’atuvchilari ham turli xil yaylov kanalarining organizmida turlicha rivojlanadi. Masalan, 
qoramollardagi piroplazmoz kasalligining qo’zg’atuvchisi Boophilus kana tanasida yashashga 
moslashganligi uchun shu kasallikning Haemaphysalis kanalarda rivojlangan qo’zg’atuvchisiga 
nisbatan birmuncha virulentli bo’ladi. 
Har xil fizik va ximiyaviy faktorlar ta’sirida ham parazitning virulentligi susayadi. 
Invazion protsess oriq, nimjon, yosh mollarda tez rivojlanadi. To’yimli va sifatli vitamin hamda 
mineral tuzlarga boy yem-hashak bilan boqilgan hayvonlar parazit ta’siriga chidamli bo’lib, 
uning rivojlanishiga qarshilik ko’rsata oladi. 
Cho’chqa bolalarining oziq ratsionida vitamin «A» yetimshasa, ular askaridoz bilan og’ir 
kasallanib, o’pka yallig’lanishidan ko’plab halok bo’ladi. Diktiokaulyoz kasalligi ozg’in va zaif 
hayvonlarda og’ir o’tgani xolda to’yimli va sifatli yem-hashak bilan boqilgan hayvonlarda 
birmuncha yengil o’tadi yoki ular mutlaqo kasallanmasligi mumkin. Diktiokaulyoz lichinkalari 
bilan kuz oylarida zararlangan qo’ylarda kasallik belgilari 5 oygacha sezilmaydi. Bahor fasliga 
kelib qo’ylarning oriqlashi organizmning rezistentligi susayishi tufayli undagi parazit rivojlanib 
voyaga yetadi. Diktiokaulyoz bilan kasallangan hayvon to’yimli oziqlar bilan boqilganda
kontrol gruppadagi mollar kabi davolanmasa ham parazitdan tez tozalanadi. 
Parazit organizmga tushgandan so’ng makroorganizm bilan parazit o’rtasida shiddatli 
kurash boradi. Parazitning ta’sir kuchiga organizm saqlanish reaktsiyasi bilan javob qaytaradi. 
Parazitlarning yashash va rivojlanish davrlarida ajratadigan zaharli moddalar hamda ko’p xil 
turdagi gelmintlarning to’qimalari antigenlik xususiyatiga ega bo’ladi. Shuning uchun bu 
moddalar ta’sirida xo’jayin organizmida xususiy antitelo ishlab chiqariladi, ya’ni qon zardobida 
xususiy globulinlar paydo bo’ladi. Natijada kasallangan hayvonda immunitet hosil bo’ladi. 
Immunitet har xil muddatda paydo bo’ladi. Hosil bo’lgan saqlanish reaktsiyasi – ya’ni 
immunitet hayvon organizmiga tushgan parazitlarning rivojlanishini kamaytiradi, ularning 
hajmini kichraytiradi, o’sish va tuxum qo’yishini sekinlashtiradi, parazitlik qilish muddatini 
qisqartiradi. Lekin organizmning bunday saqlanish reaktsiyasi, ya’ni immunitet hayvon 
organizmiga tushgan parazitni to’liq yo’qota olmaydi. 
Hayvonlar har xil guruhlarni tashkil etib, betaraf (indifferent), do’stlik va antogonistik 
munosabatda yashaydi. 
Betaraf munosabatda yashaydigan organizmlar ko’pincha qo’shni yoki birgalikda 
yashasa ham, bir – biriga foydasi ham, zarari ham bo’lmaydi. Bularga misol qilib marjon 
poliplarni, dengiz yulduzlarini va dengiz nilufarlarini ko’rsatish mumkin. 

Yüklə 289,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin