Do’stlik munosabatdagi simbiozda yashaganda organizmlar bir – biriga foydali yoki
faqatgina biri foydalanib, ikkinchisi betaraf munosabatda bo’ladi.
Bir-biriga foydali simbiozda bo’lib yashash mutualizm deyiladi. Bunda ikkalasi ham bir-
biriga foyda keltiradi. Masalan, aktiniya zahar bezlaridan zahar sochib, zohid qisqichbaqani
(krab – Melia tesselata) dushmanlaridan himoya qiladi. O’zi esa qisqichbaqaning qisqichlariga
yopishib, undan transport vositasi sifatida foydalanadi.
Ba’zan mutualizmda organizmlar bir-biri bilan shunchalik bolangan bo’ladiki, bunda biri
ikkinchisiz yashay olmaydi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar bilan ularning oshqozonida yashovchi
infuzoriyalar bunga yaqqol misol bo’la oladi. Millionlab infuzoriyalar kavsh qaytaruvchi
hayvonlar oshqozonidagi tsellyulozali oziqni fermentlar bilan parchalaydi va uning hazm
bo’lishini tezlashtiradi. Infuzoriyalar esa hayvonlar oshqozonida yashash makoni sifatida
foydalanadi.
Bir tomonlama ( simbioz) munosabatda bo’lganda ikki organizm birga yashasa ham faqat
bittasi foyda ko’radi. Bunga ijarada hamda kommensal bo’lib yashash yaqqol misol bo’ladi.
Ijarada bir organizm ikkinchisidan uy sifatida foydalanadi, lekin unga hech qanday zarar
etkazmaydi. Masalan, taxir (gorchak) balig’i o’z ikralarini (uvildiriq) tishsiz mollyuska
mantiyasi ichiga qo’yadi. Bu yerda tuxumdan chiqqan baliqchalar himoyalanib voyaga etishadi.
Kommensalizm ko’rinishdagi munosabatda bir organizm ikkinchi organizmdan qolgan
qolgan keraksiz oziq hisobiga yashab unga zarar keltirmaydi. Bunga s inoykiya ( synoika
yunoncha yashash joyi) deyiladi. Masalan, kichkina haqali chuvalchang zohid qisqichbaqaning
chianoqlarida yashab, undan qolgan ovqat hisobiga oziqlanadi. Yoki yopishqoq baliq orqa
suzgichi bilan akulaga yopishib undan qolgan oziq hisobiga oziqlanadi. Bundan tashqari
yopishqoq baliq akulalar hisobiga boshqa joylarga tarqaladi, bunga epioykiya deyiladi.
Dushmanlik (antogonistik) munosabatda ikki organizm birga yashab, bir-biriga zarar
keltiradi. Bu munosabat yirtqichlik va parazitizmga bo’linadi. Yirtqichlik (bo’ri – qo’y).
Parazitlik xo’jayiniga nisbatan kuchsiz, uni o’ldirishga kuchi etmaydi, faqatgina kasallantiradi.
Parazitlik qilib hayot kechirishda bir organizm boshqa tur (xo’jayin) organizmidan
oziqlanish manbaii va yashash makoni sifatida foydalanadi. Parazit – xo’jayin sistema
evolyustion taraqqiyot prostessida vujujga kelgan. Parazitlar o’z xo’jayini organizmida
yashashga shunchalik moslashganki, ular xo’jayinisiz mustaqil yashay olishmaydi.
Ayrim hollarda geperparazitizm holati uchraydi. Bunda bir parazit ikkinchisini ichida
yashaydi. Organik olamda hamma parazitlar bunga yaqqol misol bo’la oladi. Geperparazitizm
hodisasi ayniqsa sodda hayvonlarda ko’p uchraydi. Chunki ularning organizmlari bitta
xo’jayradan tashkil topgan. Masalan, ayrim bir xo’jayrali hayvonlar (sporalalilardan nozemalar)
toksakara degan nematodaning jinsiy organlarida parazitlik qiladi. Ko’pchilik parazit amyobalar
amfibiyalar ichagida parazitlik qiluvchi opalinalarda yoki parazit amyobalar, xivchinlilar va
infuzoriyalarning ko’pchiligi har xil gelmintlarda yashaydi. Geperparazitizm hodisasi parazit
chuvalchanglar va hasharotlarda ham keng tarqalgan. Ba’zi nematodalar stestodalarga yopishib
hayot kechiradi. Yaydoqchilar o’z tuxumlarini zararkunanda hasharotlarga qo’yadi. Natijada
zararkunandalar qirilib ketadi.
Odam, hayvon va o’simlik zararkunandalari hamda parazitlariga qarshi kurashda biologik
metod sifatida giperparazitizm hodisasidan foydalanish tabiatni muhofaza qilishda katta
istiqbollarga olib keladi.
Parazitizm (yunoncha parasites – tekinxo'r, hamtovoq) har xil turga mansub organizmlar
o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning bir ko’rinishidir. Bunda organizmlardan biri (parazit)
ikkinchisi (xo'jayin) dan yashash muhiti va ozuqa manbai sifatida foydalanib, unga zarar
yetkazadi.
Parazitlik bilan hayot kechirish parazit turning o’ziga xos filogenetik belgisi bo’lib, shu
turga kiruvchi barcha individlar uchun xosdir. Parazitlar biologiyasi, ekologiyasi, tarqalishi,
kelib chiqishi, keltirib chiqaradigan kasalliklarini ularga qarshi kurash choralarini o’rganadigan
fan – Parazitologiyadir.
Fan rivojlanishiga qarab XVII asrdangina parazitlarni erkin yashaydigan organizmlar
bilan umumiy o’rganila boshlangan. Ungacha parazitlarga alohida guruh sifatida qaralib, ba’zida
ularning kelib chiqishi ham sirli bo’lib, tirik organizmlarda o’z-o’zidan paydo bo’ladi degan fikr
ilgari surilgan. Parazitlar hayvonot olami sistemasiga kiritilgandan keyingina parazitizm
tushunchasini qayta ko’rib chiqish, yanayam aniqroq tushuncha berish kerakligi talab qilindi.
Shunday harakatlardan dastlabkisi Leykartga (Leuckart,1879) tegishli. Uni fikricha
Parazitlar keng va haqiqiy ma’noda shunday organizmlarki, ularga boshqa bir organizmdan
o’ziga oziqa va yashash makoni topgan barcha mavjudotlarni kiritish mumkin deydi. Parazitlarga
ichki gijjalar, ularga o’xshash fo’rmalar, boshqa erkin yashaydiganlarga o’xshash turlar ham
kiradi deydi. Shunga (Leykartga) ko’ra parazitni asosiy belgisi uni oziqlanish turida, barcha
boshqa tirik organizmlar hisobiga yashovchi mavjudotlarni parazit organizmlar deb tushunadi.
Minchin (1912) har qanday organism boshqa bir organizmning tana bo’shlig’i, tana
yuzasida yashashi bilan parazit bo’lib qolavermaydi, parazit xo’jayin bilan yashashi, uni hisobiga
oziqlanishi bilan birga unga zarar keltiradi deydi.
Xolodkovskiy (1914) Parazitizmda bir organism (parazit) ikkichi bir organism (xo’jayin)
tanasidan oziqa manbai, yashash uchun makon sifatida foydalanib qolmasdan, xo’yin tanasi,
yoki tana shirasi hisobiga oziqlanish bilan birga, unga bevosita zarar keltiradi deydi. Ta’rif bir
tomonlama, tibbiy, veterinar xarakterga ega.
Parazitizmga yirik zamonaviy parazitolog olimlar qanday ta’rif berishgan ekan.
Akademik Ye.Pavlovskiy (1935) – parazitizm davrida parazit o’z xo’jayinini to’qimalari,
tana shirasi yoki uning hazm bo’layotgan oziqasi hisobiga oziqlanib, ulardan yani
xo’jayinlaridan vaqtinchalik yoki doimiy yashash uchun makon sifatida ham foydalanadilar.
Lekin bu ta’rifga ko’ra ham ba’zi bir qon so’ruvchi ikki qanotlilar parazit bo’lmay qoladi.
Chunki ular xo’jayinlaridan yashash uchun makon sifatida foydalanmaydilar.
K.Skryabin – Parazitizm bu organizmlar orasidagi shunday biologic o’zaro munosabatki,
ulardan biri parazit vaqtinchalik yoki doimiy ikkinchisini tana ustida yoki to’qimalari orasida
yashab, uni hisobiga oziqlanadi, lekin o’z navbatida unga hech qanday xizmat qilmaydi. Bunda
faqat oziqlanish va xo’jayindan faqat bir tomonlama foydalanish ko’zda tutiladi.
V.Dogel – hamma yuqorida qayd qilingan parazitologlarni fikrlarini umumlashtirib,
parazitizm to’g’risida shunday fikr bildiradi. Parazitlar bular shunday organizmlarki, qaysiki ular
boshqa tirik organizmlardan oziqa manbai, yashash muhiti sifatida foydalanib qolmasdan ularga
qisman yoki to’liq o’zini tashqi muhit bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarini boshqarish
vazifasini ham o’z xo’jayinlariga yuklab qo’yadilar. Bundan parazitni yashash muhitini ikki
taraflama xo’jayin organizmi parazit uchun birlamchi, atrof muhit ikkilamchi muhit bo’lib
hisoblanadi. Shunday qilib xo’jayin organizmi parazit va atrof muhit o’rtasida vositachi
(posrednik) bo’lib xizmat qiladi.
Parazitizm birga yashashni shunday formasiki, bunday birga yashashdan – bir tomon,
parazit manfaatdor, xo’jayin zarar ko’radi. Bu ta’rif parazitizmga juda keng ekologik ma’no
beradi. Bunda asosan parazitizmgina emas balki u bilan bog’liq bo’lgan boshqa masalalar ham
qamrab olinadi. Parazitizm bu ekologik masala bo’lib, parazitologiyani o’rganishda faqat parazit
bilan xo’jayin o’rtasidagi munosabatlar emas balki parazitik hayot kechirish natijasida yuzaga
keladigan oqibatlar ham o’rganiladi.
Parazitizm aslida parazit bo’lib yashagan organizmni birinchidan o’zini himoya qilishi va
boshqa organism hisobiga oziqlanish uchun doimo intilishi natijasida yuzaga kelgan
(Chendler,1956).
Ayrim ma’lumotlarga ko’ra tabiatda erkin hayot kechiradigan organizmlar soniga
nisbatan parazitlar ko’proqdir. Tabiatda biror organism yoqki, uni o’ziga xos biron bir paraziti
mavjud bo’lmasin. Ko’pchilik organizmlar o’ziga xos parazitlardan tashqari boshqa
xayvonlardan yuqtirib olgan parazitlar uchun ham xo’jayin bo’lib qoladilar. Shunining uchun
ham parazitologiyani o’rganish organizmlar orasidagi munosabatlarni o’rganish va ularni
evolyutsiani asosiy masalalarini xal qilishda muhim ahamiyatga ega. Parazitologiya va u bilan
bog’liq bo’lgan turli xil hodisalarni o’rganish tibbiyot, veterinariya, ekologiya sohalarini
rivojlantirishda ham katta ahamiyatga ega.
Parazitizm hayvonat olamida uchraydigan ba’zibir xolatlardan butunlay ajralib qolgan
mustaqil bir xolat emas. U bir necha ko’rinishda uchraydi. Parazitizm bilan bog’liq bo’lgan
asosiy masalalar simbioz va sinoykiyadir. Bu hodisalar jarayonida biz ikkita har-hil turga
mansub bo’lgan hayvonlarning o’zaro munosabatlarini ko’rib chiqamiz. Yer yuzidagi barcha
tirik organizmlar oziqlanishiga ko’ra ikkita guruhga bo’lib o’rganiladi. 1. Avtotrof. 2. Geterotrof.
Avtotrof – anorganik moddalardan organic moddalargacha sintez qiladi. Bularga yashil
o’simliklar kiradi.
Geterotrof – tayyor organic moddalar hisobiga oziqlanuvchilar. O’z navbatida bularni
o’simlikxo’r, hamaxo’r va hokazolarga bo’lish mumkin. Hamaho’rlarni parazit, yirtqich,
saprofitlarga. Parazitlarni odam, hayvon, o’simlik parazitlariga bo’lib o’rganiladi. Barcha tirik
organizmlar bir-biri bilan bevosita, bilvosita munosabatda bo’ladi. Evolyutsion taraqqiyot
jarayonida organizmlarning bunday bog’lanishi, u yoki, bu darajada murakkablashib borib,
biologic jihatdan turli kategoriyalarga bo’linadi.
1. Indeferent – betaraf munosabatlar. Bir xil sharoitda, bitta territoriyada yashaydi, bir-
biriga zarar ham foyda ham keltirmaydi.
2. Antogonistik – qarama-qarshi munosabatlar bo’lib, bunda birga yashovchilarni bittasi
ikkinchisiga zarar keltiradi. Bularga yirtqichlik hamda parazitlik misol bo'ladi. Parazitlar
parazitlik qilib hayot kechirishi bilan xarakterlanadi. Yirtqich bilan parazit bir-biridan ajralib
turadi. Yirtqichlar hamma vaqt o'z o'ljalaridan kuchli bo'lib, ularni o'ldirib to'liq yoki qisman
iste'mol qiladi (masalan, bo'ri bilan qo'y). Parazit esa o'z xo'jayiniga nisbatan kuchsiz, shuning
uchun uni o'ldirishga kuchi yetmaydi, faqatgina kasallantiradi. U o'z egasining tanasida doimiy
yoki vaqtincha yashab, uning hisobiga hayot kechiradi.
3. Simbios – o’zaro foydali munosabatlar bo’lib, juda murakkab, bir nechta ko’rinishlari
mavjud. Simbioz – sim-birga, bios-hayot (tirik), birgalikda yashovchilarni ikkalasi ham bir-
biridan ma’lum darajada foydalanib yashaydi. Hatto biri ikkinchisisiz yashay olmaydi. Boshida
bunday birga yashash faqat birga yashovchilarning bittasi uchungina zarur bo’lib qoladi, chunki
uni o’zi mustaqil ravishda tashqi muhit bilan aloqa bog’lay olmaydi.
Simbioz ikkita boshqa-boshqa turga mansub organizmlar o’rtasidagi juda murakkab
bog’lanishlarni ifodalaydi. M: termitlarning ichagidagi xivchinlilar (Gipermastigina), termitlar
laboratoriya sharoitida xivchinlilardan tozalangan, parazitlar darhol o’lgan. Parazitlari bor
termitlar va parazitlardan tozalangan termitlar bir xil sharoitda kuzatilgan. Oziqa yetarli, sharoit
qulay bo’lganda parazitlari bor termitlar 1,5 yilgacha yashagan, parazitlardan tozalangan
termitlar 10-14 kuncha yashagan, keyin o’la boshlagan, tirik qolganlarini olib, suniy parazitlar
bilan zararlangandan keyin yashab ketgan. Shu yo’l bilan termitlarni, xivchinlilar bilan tabiiy
sharoitda simbioz xolda yashashi isbotlangan (termitlar yog’och mahsulotlari bilan oziqlanadi,
xibchinlilar klechatkani parchalaydi).
Simbiozning yana bir ko’rinishi sinoykiya (sin-birga, oikos-uy-joy). Bu shunday birga
yashashki, ikkala birga yashovchi hayvonlar bir-biriga nisbatan betaraf bo’lishi mumkin, yoki
ulardan biri ikkinchisidan foydalanadi, lekin unga hech qanday zarar keltirmaydi. Shunday qilib
birga yashovchilardan biri ikkinchisiga sust ravishda xizmat qilib, o’zi uchun bunday birga
yashashdan hech qanday manfaat ko’rmaydi.
Ayrim vaqtda birga yashovchilarni biri o’zini tanasini kichikligi tufayli yoki juda sust
harakatligi tufayli ikkinchi bir yashovchining tanasi ustiga chiqib olib, uni yo’ldoshi sifatida
yashaydi. Bunday munosabat ko’rinishlarini umumiy termin bilan ijara (kvartirant) deb ifodalash
mumkin. Ijara yashashni bir necha ko’rinishlari mavjud.
1. Oddiy ijara – xo’jayin tanasida yoki uning ta’sir doirasida yashaydi. M: juda kichik
Fierasfer baliqlari, biron bir xavf tug’ilganda meduzalarning soyabonlari ostiga yashirinadi.
Gorchak baliqlari ikralarini tishsizlarning mantiyalariga qo’yib, dushmanlaridan himoya qiladi.
2. Epioykiya – ijaraga yashovchi xo’jayin tanasi ustiga o’tirib olib, undan transport
sifatida foydalanadi. M: Sirripeda avlodiga mansub qisqichbaqasimonlar kit, akulalarning tanasi
ustiga o’tirib olib, undan transport sifatida foydalanadi, o’zi plankton bilan oziqlanadi.
3. Entoykiya – xo’jayinga o’tirib olish bilan birga, uni hisobiga oziqlanishga o’tadi. M:
Ammotidae oilasiga mansub baliqlar, Goloturiyalarning suvli o’pkalarida yashaydilar, lekin ular
ham ba’zida chiqib mayda qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanishi mumkin.
Sinoykiyaning asosiy ko’rinishlaridan yana biri bu kommensalizmdir. O’zaro
munosabatdagi organizmlardan biri ikkinchisidan faqat oziqa manbai sifatida foydalanadi, lekin
unga kerak bo’lmagan oziqa moddalar hisobiga oziqlanadi. M: sut emizuvchilar ichagida
yashovchi bir hujayralilar (kipriklilar), ichakdagi bakteriyalar, zamburug’larni yeb hayot
kechiradi.
Mutualistik munosabatlarda ikki xil turga mansub bo’lgan birga yashovchilar, ikkalasi
ham bir-biridan foyda ko’rib yashaydi. Masalan, krablar qisqichli oyoqlariga aktiniyalarni
yopishtirib oladi. Aktiniyalarning otiluvchi hujayralaridan himoya sifatida foydalanadi.
Aktiniyalar esa o’troq hayot kechiradi, krab yordamida bir joydan ikkinchi joyga ko’chib o’tadi.
4. Ba’zi erkin yashovchi organizmlar turli tasodiflarga ko’ra boshqa organizmlarga tushib
qolib, yashab ketish hodisasiga fakultativ parazitizm deyiladi. Fakultativ parazitizm parazitlarni
kelib chiqishini o’rganishda muhimdir.
Erkin yashovchi organizmlar parazitlikka o’tishida ularning tuzilishi va fiziologiyasida
o’ziga xos xususiyatlar hamda ma’lum sharoitlar mavjud bo’lishi shart. M: xo’jayinlarni hazm
shirasi ta’sir qilmaydigan mustahkam teri qoplamiga ega bo’lishi, anaerob sharoitda yashay
olishi kerak.
Skryabin tajribalarida shaxtyorlarni kaproanaliz qilish natijasida ulardan erkin yashovchi
nematodalar (Rhabditis) ni topgan. Nematodalar Rhabditis avlodida ana shu xususiyatlar
mavjud. Natijada shu xususiyati erkin formalarini (Rhabditis) odam parazitiga aylanisn imkonini
beradi. Demak parazitlar fakultativ yo’l bilan ham paydo bo’ladi. Fakultativ parazitizmni
primitiv shakli soxta parazitizm.
Yashash joyiga qarab parazitlar tashqi – ektoparazitlar (bunda parazit xo’jayini tanasining
sirtida yashaydi) va ichki – endoparazitlarga (bunda parazit xo’jayini tanasining ichki to’qima
yoki bo’shliqlarida yashaydi) bo’linadi.
Kamdan-kam holda soxta parazitizm ham uchrab turadi. Bunda ayrim organizmlar
evolutsion taraqqiyot davrida moslashmagan ikkinchi organizm tanasiga tasodifan tushib qoladi.
Lekin bu organizm tanasida uzoq yasholmaydi, masalan, turli pashsha, chivinlarning lichinka
yoki tuxumlari oziqa orqali odam organizmiga tushib qolsa, turli kasallik belgilarini keltirib
chiqaradi (ich ketishi, ko’ngil aynashi, qayt qilish va hokozo). Yomg'ir chuvalchangi umurtqali
hayvonlarning ichagidan chiqishi mumkin.
Parazitlar xo’jayin organizmida yashash muddatlariga qarab vaqtinchalik va stattsionar
(doimiy) parazitlarga bo’linadi. Vaqtinchalik parazitizmda – parazit xo’jayin organizmida
vaqtinchalik yashaydi, normal oziqlanadi, lekin rivojlanib ko’paymaydi. Bunda parazit va
xo’jayin o’rtasida garmonik bog’lanishlar bo’lmaydi. Parazit faqat oziqlanish vaqtida xo’jayinga
tashlanadi. Bularga ko’pgina qon so’ruvchi ektoparazitlarni misol qilish mumkin (chivinlar,
pashshalar, kanalar, qandalalar, zuluklar va boshqalar). Stattsionar parazitizm ikkiga bo’lib
o’rganiladi. Davriy va doimiy. Davriy parazitizmda – organizmlarning rivojlanish sikllarida
parazitizm gallanadi. Ayrim organizmlar lichinka davrida parazit (larval parazitizm, m:
mermitidalar). Ayrimlari voyaga yetganda (imaginal parazitizm, m: Strongillidalar).
Doimiy parazitizm – parazit tashqi muhitga chiqmaydi. Rivojlanishni hamma
bosqichlarini xo’jayin tanasida o’tkazadi (bitlar, junxo’rlar, parxo’rlar, qichima kanalari va
boshqalar). Doimiy parazitizm ko’pincha xo’jayin almashtirish yo’li bilan boradi. Qon
sporalilaridan bezgak plazmodiysida rivojlanish ikkita xo’jayinda kechadi (odam, chivin).
Trixinellalar ham odam, ham xayvonlarda parazitlik qiladi.
Giperparazitizm – ayrim parazitlar o’zidan kichik ayrim boshqa parazitlar uchun yashash
makoni, oziqa manbai bo’lib xizmat qiladi (bir xujayrali parazitlar, gelmintlar, hasharotlar). M:
parazit amyobalar, opalinalar, xivchinlilar, kipriklilar amfibiyalarda, gelmintlarda va boshqa
organizmlarda parazitlik qiladi. Ba’zi nematodalar sestodalarga yopishib yashaydi. Yaydoqchilar
o’z tuhumlarini zararkunanda hasharot lichinkalariga qo’yadi.
Transo’varial parazitizm – (kasallik qo’zg’atuvchilari bilan avlodlarini zararlantirish)
kasallik qo’zg’atuvchilarini yuqtirib olgan ektoparazitlar: kanalar, qandalalar, ozlarining
avlodlarini ham shu kasallik qo’zg’atuvchilari bilan zararlaydi. Tuxumdan chiqqan kana,
qandalalar sog’lom odam, hayvonni chaqsa kasallik qo’zg’atuvchilarini yuqtiradi.
Yuqumli kasalliklar asosan infektsion va invazion kasalliklarga bo’linadi. Hayvonot
dunyosidan asosan parazit chuvalchanglar, o’rgimchaksimonlar, hasharotlar hamda bir hujayrali
hayvonlar tomonidan qo’zg’atiladigan kasalliklar invazion yoki parazitar kasalliklar deyiladi.
Infektsion kasalliklar esa invazion kasalliklardan farq qilib, o’simliklar dunyosidan bakteriyalar,
filtrlanuvchi viruslar, zamburug’lar hamda rikketsiyalar tomonidan qo’zg’atiladi.
Hozirgi vaqtda yer yuzida 2 mln. dan ortiq hayvonlarning turi mavjud bo’lsa, shularning
6 % ni parazitlar tashkil qiladi, ya’ni bir hujayrali hayvonlarning 6000 dan ortiq turi,
so’rg’ichlilar sinfining 5000 ga yaqin turi, tasmasimon chuvalchanglar sinfining 1800 turi,
tikanboshlilar sinfining 500 ga yaqin turi, nematodalar sinfining 3000 dan ortiq turi va
bo’g’imoyoqlilar tipiga kiruvchi hayvonlarning bir qancha turi ham parazitlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |