Muxokama uchun savollar
Nima uchun yangi navlar Davlat sinashidan o‘tkaziladi.
Davlat nav sinashi nima?
Davlat navsinash stansiyalari (shaxobchalari) qanday ishlarni bajaradi?
Qishloq xo‘jalik ekinlarini sinash Davlat komissiyasi qayerda joylashgan?
Davlat nav sinashi necha yil va qayerda o‘tkaziladi?
Davlat nav sinashida paykalchaning kattaligi qanday, necha qaytariqli qilib joylashtiriladi?
Davlat nav sinashida qanday agrotexnika (texnologiya), qanday kuzatishlash o‘tkaziladi?
Seleksioner yangi nav yaratgandan keyin navni qayerga va qanday topshirishi kerak?
Davlat nav sinashi bilan bir vaqtda qanday ishlar olib boriladi?
Mavzu: Seleksiyada nav sinash turlari.
REJA.
1.Dastlabki nav sinash
2.Konkurs nav sinashi
3.Ishlab chikarish nav sinashi
4.Maxsus nav sinashlar.
Seleksiyada o‘rganilayotgan bir necha navlar orasidan eng yaxshilarini tanlab olish, sinash va baholash kabi ishlar dala sharoitida o‘tkaziladi.
Nav yoki seleksion materialni sinash va baholashda ishonchli ma’lumotlar olish uchun seleksiya jarayonining hamma bosqichlarida tajriba anikligi va tipikligiga katta e’tibor beriladi.
Sinash uchun olingan biror navni dalaning har joyiga (2-3-4 joyga) ekib ulardan olingan hosilning bir-biriga muvofiq kelishi tajriba aniqligi deb ataladi.
Tajriba aniqligi dalaning hamma joyida mutlaqo bir xil sharoit yaratish imkoni yuqligidan kelib chiqadigan xatolar bilan belgilanadi. Bunday xatolar qancha ko‘p bo‘lsa, tajriba aniqligi shuncha past (kam) bo‘ladi.
Dala tajribalarida seleksion materialni o‘rganish va baholash jarayonida tajribaning aniqligiga katta e’tibor beriladi. Tajribada o‘tkazilayotgan sharoit yangi yaratilayotgan nav kelajakda tarqalishi lozim bulgan ishlab chiqarish sharoitiga mos bulishi kerak. Bunda tuproq-iqlim sharoiti, tuproq zonasi yer osti suvlarining chuqurligi, tevarak atrofdagi daraxtzorlar ta’siri, suv havzalarining uzoq-yaqinligi hisobga olinishi kerak.
Dala tajribalariga xos yana bir shart – ilg‘or texnologiyani qullashdir. Yangi navlarni ular rayonlashtirilgan viloyatlarning xo‘jaliklari dalalarida qullanadigan ilg‘or texnologiya asosida o‘rganish maksadga muvofiqdir. Shuning uchun nav yaratilayotgan muassasadagi barcha agrotexnika (texnologik) jarayonlar: almashlab ekish, o‘g‘itlash, ekinni parvarish qilish, ishlarni mexanizatsiyalashtirish darajasi ishlab chiqarishdagidek bo‘lishi kerak.
Seleksiya jarayonida nav sinashning quyidagi xillari qo’llaniladi: dastlabki (kichik) nav sinash, konkurs yoki tanlov (katta) nav sinash, ishlab chiqarish nav sinash, maxsus nav sinashlar va davlat nav sinashi.
Dostları ilə paylaş: |