Mavzu: Kirish. Qishloq xo’jalik ekinlari D. N. S. ning vazifalari



Yüklə 40,68 Kb.
səhifə9/15
tarix14.10.2023
ölçüsü40,68 Kb.
#155447
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Mavzu Kirish. Qishloq xo’jalik ekinlari D. N. S. ning vazifalar-faylla

Muxokama uchun savollar

  1. Yaratilgan yangi navni Davlat nav sinashiga topshirish uchun qanday shartlar bajarilishi kerak?


  2. Nima asosda yangi navlar Davlat reestriga kiritiladi?


  3. Yangi nav yaratgan seleksioner qanday huquqlarga ega bo‘ladi?




Mavzu: Davlat reyestriga kiritilgan go’zaning asosiy navlarining ta’rifi.

REJA:
1.Davlat reyestriga kiritilgan go’za navlari

2.Go’za navlarini DNS ga topshirish shartlari.

O’zbekiston seleksiyachi olimlar tomonidan qishloq xo’jalik ekinlarining yangi-yangi navlari yaratilib davlat nav sinashdan o’tmoqda. Masalan, keyingi yillarda g’o’zaning 150 dan ziyod yangi navlari Davlat sinovidan o’tkazildi va ulardan eng yaxshi 18 ta navi Davlat reyestriga kiritilib respublikamiz viloyatlari xo’jaliklariga – ishlab chiqarishga tavsiya etildi. (O’zbekiston g’o’za navlari. Toshkent 2001 yil. I. Jo’rabekov, T. Xoltayev, E. G’aniyev, R. Buriyev, E. Zikriyayev, A. Salimovlar hay’ati tahriri ostida).

Bu chiqarilgan, chop etilgan kitobda yangi g’o’za navlarining mualliflari, rayonlashtirilishi va morfologik, bioligik va xo’jalik belgi va xususiyatlari keltirilgan.

Davlat reyestriga kiritilib 2001 yilda O’zbekiston hududida ekishga ruxsat etilgan g’o’za navlari quyidagilardir:

S – 4727. O’zbekiston g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tekshirish institutida yaratilgan.

Mualliflar: Straumal B.P., Tishin A.K., Kuznesova A.Ya. Xarzutum turiga mansub.

1961 yildan Qoraqalpoqiston Respublikasi va Jizzax viloyati bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan.

Tupining bo’yi 100-120 sm. piramidasimon. Poyasi tuklangan, yashil, yotib qolmaydi. Bargi o’rtacha kattalikda, 3-5 bo’lakchali. Guli o’rtacha kattalikda, och-yashil rangda, ko’sagi yirik, dumaloq, yashil rangda, yaxshi ochiladi. Hosili to’kilmaydi. 1000 dona chigitning og’irligi 120 g.

Vegetasiya davri 115 (Chimboy NSSh) – 121 kun (Xujayli NSSh). Bitta ko’sakdagi paxtaning og’irligi 5,0 - 5,9 g. Tola chiqishi 36,2–36,9 foiz. Vilt bilan kasallanish darajasi 8,8 foizgacha.

«Sifat» markazi ma’lumotiga ko’ra tola sifati ko’rsatkichlari: mikroneyr 4,5 – 4,9, tola uzunligi (INi) 1,07 –1,13 dyuym, tola uzunligi (kod) 33-35, nisbiy uzilish kuchi 26,0-30,0 gs/teks.

Hosildorligi Qoraqalpoqiston Respublikasidagi navsinash shaxobchalarida paxtaning o’rtacha hosildorligi gektariga 23,7 (Xujayli) va 35,1 s (Chimboy).

2000 yil Pskent navsinash shaxobchasida yuqori agrotexnika sharoitida umumiy hosildorlik gektariga 44,6 s, 30 sentyabrdagi terimda hosildorlik 35,1s tashkil qilgan.

Respublika bo’yicha ekin maydoni 71,9 ming gektar.


Yüklə 40,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin