Yulduz. O’zbekiston Respublikasi o’simliklar eksperimental biologiyasi ilmiy tekshirish institutida yaratilgan.
Muallif: Jalilov O.J.
Xirzutum turiga mansub.
1989 yildan Qoraqalpoqiston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Surxandaryo Sirdaryo, Xorazm viloyatlari bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan.
Tupining bo’yi 100-110 sm. tupi piramidasimon, yashil rangda, tuklangan, yotib qolishga moyil. Bargi o’rtacha kattalikda, yashil rangda. Guli o’rtacha, dog’siz, ko’sagi yirik, dumaloq, silliq, uchi biroz cho’ziq va yulduzchali. 1000 dona chigitning og’irligi 110g.
Paxtaning o’rtacha hosildorligi 34,5 (Shaxrisabz NSSh), 42,4s (G’ijduvon NSSh).
2000 yil Pskent navsinash shaxobchasida yuqori agrotexnika sharoitida umumiy hosildorlik 44,2s., 30 sentyabrdagi terimda – 38,0s.
Vegetasiya davri 104 (Sherobod NSSh), 130 kun (Hujayli NSSh). Bitta ko’sakdagi paxtaning og’irligi 4,1 – 5,9g. Tola chiqishi 37,1 – 38,1foiz. Vilt bilan kasallanish darajasi 1,0 (Gurlan NSSh), 59 foiz (G’ijduvon NSSh) gacha.
«Sifat» markazi ma’lumotiga ko’ra tola sifati ko’rsatkichlari: mikroneyr 4,3 – 4,7, tola uzunligi (INi) 1,05 –1,13 dyuym, tola uzunligi (kod) 34-36, nisbiy uzilish kuchi 25,7-29,7 gs/teks.
Respublika bo’yicha 88,9 ming gektar maydonida ekilgan.
Buxara-6. “Paxta” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining Buxoro paxtachilik tajriba stansiyasida yaratilgan.
Muallif: Batalov A. M.
Xirzutum turiga mansub.
1990 yildan Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Surxandaryo, viloyatlari bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan.
Tupining bo’yi 80 - 110 sm. tupi piramidasimon, poyasi kam yoki o’rtacha tuklangan, yashil rangda. Hosil shoxlari 1,5 – 2 tin. Ko’sagi tuxumsimon bir oz cho’ziq, dumaloq. 1000 dona chigitning og’irligi 122 - 128g.
Paxtaning o’rtacha hosildorligi 31,5 (Shaxrisabz NSSh), 51,7s (Qorako’l NSSh).
2000 yil Pskent navsinash shaxobchasida yuqori agrotexnika sharoitida umumiy hosildorlik 38,9s., 30 sentyabrdagi terimda – 29,2s. tashkil qilgan.
Vegetasiya davri 119 (Qorako’l NSSh), 127 kun (Shaxrisabz NSSh). Bitta ko’sakdagi paxtaning og’irligi 5,9 – 7,4g. Tola chiqishi 35,5 – 36,3 foiz. Vilt bilan kasallanish darajasi 1,0 (Qorako’l NSSh), 9,8 foiz (G’ijduvon NSSh) gacha.
«Sifat» markazi ma’lumotiga ko’ra tola sifati ko’rsatkichlari: mikroneyr 4,2 – 4,6, tola uzunligi (INi) 1,09 –1,13 dyuym, tola uzunligi (kod) 35-36, nisbiy uzilish kuchi 25,6-32,0 gs/teks.
Respublika bo’yicha 246,6 ming gektar maydonida ekilgan.
Dostları ilə paylaş: |