Namangan-77. O’zbekiston g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tekshirish institutining Qizil-Rovot tajriba xo’jaligida yaratilgan.
Mualliflar: Avtonomov V.A., Saidaxmedov M., Shermatov A., Egamberdiyev A.E.
Xirzutum turiga mansub.
1994 yildan Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Surxandaryo, Toshkent, Farg’ona viloyatlari bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan.
Tupining bo’yi 100-110 sm. yirik, 1-2 o’suv shoxi hosil qiladi. Poyasi o’rtacha tuklangan. Bargi 3-5 bo’lakli, o’rtacha kattalikda. Guli sariq rangda. Ko’sagi o’rtacha, dumaloq – cho’zinchoq uchli. 1000 dona chigitning og’irligi 100 - 110g.
Paxtaning o’rtacha hosildorligi 31,4 (Jizzax NSSh), 45,6s (Qorako’l NSSh).
Vegetasiya davri 109 (Sherobod NSSh), 131 kun (Jizzax NSSh). Bitta ko’sakdagi paxtaning og’irligi 4,5 – 6,4g. Tola chiqishi 37,2 – 38,9 foiz. Vilt bilan kasallanish darajasi 1,2 (Kattaqo’rg’on NSSh), 52,7 foiz (Oxunboboyev NSSh) gacha.
«Sifat» markazi ma’lumotiga ko’ra tola sifati ko’rsatkichlari: mikroneyr 4,3 – 4,7, tola uzunligi (INi) 1,08 –1,12 dyuym, tola uzunligi (kod) 35-36, nisbiy uzilish kuchi 26,5 - 30,7 gs/teks.
Respublika bo’yicha 74 ming gektar maydonida ekilgan.
Akdarya – 5. “Paxta” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining Samarqand tajriba tayanch punktida yaratilgan.
Mualliflar: Ibragimov X., Plotnikov P.N., Dubonosov B.A., Bonke A.P.
Xirzutum turiga mansub.
1998 yildan Qoraqalpoqiston Respublikasi, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan.
Tupining bo’yi 100-120 sm. piramidasimon, hosil shoxlari 1-2 tinga mansub. Poyasi yashil, kuzga borib qizil-jigarrang tusga kiradi Bargi o’rtacha kattalikda, 3-5 bo’lakli, to’q yashil rangda. Guli o’rtacha, och sariq rangda, dog’siz. Ko’sagi yirik tuxumsimon, kalta tumshuqli. 1000 dona chigitning og’irligi 121g.
Paxtaning o’rtacha hosildorligi 36,8 (Kattaqo’rg’on NSSh), 46,5 s (Samarqand NSSh).
2000 yil Pskent navsinash shaxobchasida yuqori agrotexnika sharoitida umumiy hosildorlik 44,0s., 30 sentyabrdagi terimda – 37,3 sentnerni tashkil qilgan.
Vegetasiya davri 116 (Kattaqo’rg’on NSSh), 121 kun (Samarqand DNSS). Bitta ko’sakdagi paxtaning og’irligi 6,0 – 6,3 g. Tola chiqishi 35,4 – 35,5 foiz. Vilt bilan kasallanish darajasi 9,0 foizgacha (Samarqand DNSS) gacha.
«Sifat» markazi ma’lumotiga ko’ra tola sifati ko’rsatkichlari: mikroneyr 4,4 – 5,0, tola uzunligi (INi) 1,05 –1,11 dyuym, tola uzunligi (kod) 35-37, nisbiy uzilish kuchi 26,0 - 30,0 gs/teks.
Respublika bo’yicha 37,1 ming gektar maydonida ekilgan.
Dostları ilə paylaş: |