S – 9070. O’zbekiston g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tekshirish institutida yaratilgan.
Mualliflar: Popov P.V., Minko D.G., Saidaxmedov M., Tribunskiy A.N., Sukurov M.P. Xirzutum turiga mansub.
1990 yildan Buxoro, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, viloyatlari bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan.
Tupining bo’yi 90-100 sm. piramidasimon, poyasi kam tuklangan. Bargi 5 bo’lakli. Guli och-sariq, dog’siz. Ko’sagi dumaloq, uchi tumtoq, yuzasi silliq. 1000 dona chigitning og’irligi 117 - 121g.
Paxtaning o’rtacha hosildorligi 41,4 (G’ijduvon NSSh), 42,5s (Samarqand DNSS).
Vegetasiya davri 115 (G’ijduvon NSSh), 123 kun (Samarqand DNSS). Bitta ko’sakdagi paxtaning og’irligi 5,7 – 6,5 g. Tola chiqishi 35,7 – 35,8 foiz.
Vilt bilan kasallanish darajasi 13,0 (G’ijduvon NSSh) gacha
«Sifat» markazi ma’lumotiga ko’ra tola sifati ko’rsatkichlari: mikroneyr 4,4 – 4,8, tola uzunligi (INi) 1,07 –1,13 dyuym, tola uzunligi (kod) 35-36, nisbiy uzilish kuchi 27,8-30,0 gs/teks.
Respublika bo’yicha 26,4 ming gektar maydonida ekilgan.
S – 6530. O’zbekiston g’o’za seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tekshirish institutida yaratilgan.
Mualliflar: Avtonomov V.A., Saidaxmedov M., Shermatov A., Egamberdiyev A.E., Xosiyatulina F.A.
Xirzutum turiga mansub.
1993 yildan Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxandaryo, Toshkent, Farg’ona viloyatlari bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan.
Tupining bo’yi 110-115 sm. yirik piramidasimon, 1-3 o’suv shoxi hosil qiladi. Poyasi kam tukli hosil shoxi 1,5 tip. Birinchi hosil shoxi 6-7 bo’g’inda paydo bo’ladi. Bargi 3-5 bo’lakli, dog’siz, shona barglari mayda, 9-13 tishli. Ko’sagi cho’zinchoq, tuxumsimon, usti sayoz chuqurchali. 1000 dona chigitning og’irligi 110g.
Paxtaning o’rtacha hosildorligi 28,7 (Navoiy NSSh), 47,9s (Qorako’l NSSh).
Vegetasiya davri 115 (Oxunboboyev NSSh), 130 kun (Kattaqo’rg’on, Navoiy NSSh). Bitta ko’sakdagi paxtaning og’irligi 4,8 – 6,4g. Tola chiqishi 34,7 – 36,9 foiz. Vilt bilan kasallanish darajasi 1,0 (Qorako’l NSSh), 50,1 foiz (Oxunboboyev NSSh) gacha.
«Sifat» markazi ma’lumotiga ko’ra tola sifati ko’rsatkichlari: mikroneyr 4,3 – 4,7, tola uzunligi (INi) 1,07 –1,13 dyuym, tola uzunligi (kod) 35-37, nisbiy uzilish kuchi 26,0 - 30,0 gs/teks.
Respublika bo’yicha 28 ming gektar maydonida ekilgan.
Dostları ilə paylaş: |