Мавзу: Кириш



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə16/34
tarix16.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#181912
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34
portal.guldu.uz-QADIMGI TURKIY ADABIYOT POETIKASI

Nazorat savollari:

1.1. Irq bitigining mohiyati haqida so’zlang.


1.2. Nima uchun Irq bitigini didaktik asar sifatida baholaymiz?
1.3. Shomonlik oqimining Irq bitigiga qanday ta’siri bor?
1.4. Irq bitigida mifologik obrazlarning uchrashi sabablarini izohlang.


2-asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi:

Moniy yozuvida yaratilgan Fol kitobining mohiyati haqida tasavvur uyg’otish.




Identiv o’quv maqsadlari:

2.1. Fol kitobining mohiyati haqida gapiradi.


2.2. O’rxun yozuvidagi Irq bitigi bilan moniy yozuvidagi Fol kitobining farqli va o’xshash jihatlarini qiyoslaydi.
2.3.Fol kitobidagi ta’birlarni tahlil qiladi.


2-asosiy savolning bayoni:

Fol kitoblari aslida shomonlikning mahsulidir. Moniy yozuvidagi Fol kitobi ham inson faoliyati bilan bog’liq tushda zohir bo’lgan hodisalarni ta’birlaydi, hayot, kundalik turmush bilan bog’liq voqealarni tahlil qiladi.


Tushda zohir bo’lgan hodisalarni ta’birlash Fol kitobining mohiyatini to’liq ochib bera oladi. Fol kitobida ikki g’oya bosh o’rin tutadi:
1.Vujudni saqlamoq va ruhni ozod etmoq.
2.Tahlikadan uzoq turmoq va sevinch ichida yashamoq.
Bu Fol kitobida 13 ta hodisa va buyum ta’bir qilingan. Undagi tush ta’biri ostida ham mifologik motiv yotadi. Mifologiyaning Fol kitobidagi vazifasi udumlarni va hayotiy tushuncha tassavurlarini yuzaga chiqarishdan iboratdir. Tush ta’biri va udumlar Fol kitobida o’zaro zich bog’liqdir. Undagi har bir buyum yoki voqea-hodisa ostida shaxsiyat yotadi. Zohiriy va botiniy mavjudlik hamda uning ostidagi shaxsiyat ramziylikdan dalolat beradi.
Fol kitobidagi ta’birni semantik xususiyatiga ko’ra, ikki guruhga bo’lib talqin qilish mumkin:
1. Inson faoliyati va ruhiy holatiga aloqador ta’bir. Unga uchrashmoq, jang qilmoq, kamaymoq, yuz o’girmoq, sevinmoq, qarshi kelmoq, huzur-halovat topmoq, bola tarbiyalamoq, tarbiya qilmoq tush ta’birlari kiradi.
2. Biror jism, joy, tabiiy hodisalarning tushdagi ta’biri. Unga quyosh, tog’, chuqur quduq, quyosh nuri, insonlarning uchrashuvi ta’biri kiradi.
Fol kitobining birinchi qismi quyosh ta’biri bilan boshlanadi. Odam tushida quyoshni ko’rsa, er yuzida shodu xurramlik hukm suradi, tush ko’rgan odam ulug’ mansablarga ko’tariladi. Ko’rinib turibdiki, quyosh ezgulik ramzi sifatida talqin qilingan.
To’qnashuv hodisasi va uning ta’biri yuqoridagining aksidir. Agar to’qnashuv tushga kirsa bunday paytda
«Qiyin, qo’pol so’z huzuringa keladi oldingda
Shamol ustiga shamol qutirib esadi uyingda».
Bu parcha odamlarning hayotda boshdan kechirishi mumkin bo’lgan voqeaga ishoradir. Odam tushda noma’qul narsalarni ko’rsa, ko’ngli vayron bo’lishi turgan gap. «Qiyin va qo’pol so’zlar» - bir–biri bilan dushmanlashishi mumkin bo’lgan odamlarga ishoradir. «Shamolning quturib esishi» - yuz berishi mumkin bo’lgan ko’ngilsizliklardan xabardir.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Fol kitobining yuzaga kelishida faqat ta’birchining shaxsiy qarashlarigina ahamiyatli bo’lib qolmay, qadimgi turkiy muhitdagi udumlar, urf-odatlar ham muhim rol o’ynagan. Udum va urf-odatlar esa o’z navbatida mifologik mazmunga ega.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin