5-seminar mashg’uloti mavzusi: Qadimgi turkiy adabiyotning janrlar tizimi
Darsning maqsadi: Turkiy adabiyotda janrlarning shakllanishi, taraqqiyoti va o’ziga xos xususiyatlari haqida tushunchalar hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Tarixiy-qahramonlik dostonlari haqida ma’lumot beradi.
Yig’i janrining shakllanishi va taraqqiyotiga baho beradi.
To’rtliklarning takomilini tahlil qiladi.
Kerakli jihozlar: Qadimgi turkiy adabiyot namunalari nashr qilingan manbalar va ular haqidagi ilmiy kitoblar.
Ishni bajarish tartibi:
1. O’rxun yodgorliklarida qaysi janr belgilari ko’proq uchrashi haqida ma’lumot bering.
2. Yig’i janri taraqqiyotini turkiy adabiyot namunalari asosida tahlil qiling.
3. Madh janrining O’rxun yodgorliklaridagi namunalarini baholang.
4. To’rtlik shakli taraqqiyotidagi izchillikni izohlang.
5.Turkiy adabiyotning ichki qonuniyatlari asosida shakllangan janrlarni aniqlang.
Mustaqil ish toprshiriqlari:
To’rtliklarning turkiy adabiyotdagi taraqqiyotini tahlil qilish
1. Moniylik to’rtliklariga xos xususiyatlarni aniqlang.
2. Buddaviylik to’rtliklari takomilini tahlil qiling.
3. Islom davri to’rtliklari taraqqiyoti oldingi davr to’rtliklarining roli qanday ekanligini izohlang.
Asosiy adabiyotlar:
1. Rahmonov N. Ruhiyatdagi nur murodi. Toshkent, Xalq merosi, 2002. B. 55-60
2. Mamatqulov M. Qadimgi turkiy adabiyotda to’rtlik va marsiya. Toshkent, Yangi asr avlodi, 2006. B. 3-43.
Qo’shimcha adabiyotlar:
1. Abdurahmonov A. Turkiy adabiyotning qadimgi davri. Toshkent, Yangi asr avlodi, 2005. B. 324-356.
7-Mavzu: Budda oqimidagi qadimgi turkiy adabiyot
Dostları ilə paylaş: |