Мавзу: Кириш



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə5/34
tarix16.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#181912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
portal.guldu.uz-QADIMGI TURKIY ADABIYOT POETIKASI

Nazorat savollari:

1.1. Qadimgi turkiy adabiyot atamasi qaysi davrlarni o’z ichiga oladi?


1.2. «Qadimgi turkiy adabiyot poetikasi» fanining maqsadi haqida gapiring.
1.3. «Qadimgi turkiy adabiyot poetikasi» fanining vazifasi nimalardan iborat?
1.4. Qadimgi turkiy adabiyotning manbalari haqida nimalarni bilasiz?

2-asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi:


Talabalarga adabiy davrlashtirish haqida ma’lumot berish orqali adabiy hodisalarga tarixiy nuqtai nazardan baho berishga o’rgatadi.


Identiv o’quv maqsadlari:

2.1. Talabalar adabiy davrlashtirish haqida ma’lumot oladi.


2.2. Davrlashtirishning adabiyot ilmidagi zarurat ekanligini biladi.
2.3. Davrlashtirishning tarix bilan aloqadorligiga amin bo’ladi.


2-asosiy savolning bayoni:

Turkiy adabiyot tarixini tadrijiy tarixiy jarayon tarzida tasavvur etish uchun davrlashtirish taqozo etiladi. Buning uchun turkiy adabiyot tarixini turkiylarning ijtimoiy-siyosiy tarixi, ijtimoiy, madaniy taraqqiyoti bosqichlari asosida davrlashtirish maqbuldir. Darhaqiqat, adabiyot tarixi xalq tarixining ajralmas bir qismidir. Badiiy adabiyotning taraqqiyoti jamiyatning umumiy tarqqiyoti bilan uzviy ravishda bog’liqdir.


Badiiy tafakkur tushunchasi diniy oqimlar, xudolar, mifologik qahramonlar, tarixiy shaxslar to’g’risidagi mif va afsonalarni qamrab olib, mazkur omillar qadimgi turkiy adabiyotning yuzaga kelishiga zamin bo’ldi. Qadimgi turkiy adabiyot borasida so’z ketganda, odatda aksariyat hollarda O’rxun-Enasoy yozuvidagi yodgorliklar tilga olinadi. Lekin qadimgi turkiy adabiyot faqat shu yodgorliklar bilan cheklangan emas. O’rxun –Enasoy yodgorliklari qadimgi turkiy adabiyotning bir qatlami xolos. O’rta Osiyoda faol harakatda bo’lgan shomonlik, moniylik, budda kabi diniy oqimlar ham alohida-alohida oqimdagi turkiy adabiyotni shakllantirdi. Shu boisdan endilikda qadimgi turkiy adabiyotga kengroq qarash maqsadga muvofiqdir. Demak, qadimgi turkiy adabiyot shakllanishida turkiy qavmlar e’tiqod qilgan diniy oqimlar ham katta rol o’ynagani shubhasiz. Shunday ekan, yuqoridagilardan kelib chiqib, qadimgi turkiy adabiyotni quyidagicha tasnif qilib o’rganish mumkin:

  1. Moniylik oqimidagi qadimgi turkiy adabiyot.

  2. Shomonlik oqimidagi qadimgi turkiy adabiyot.

  3. Buddaviylik oqimidagi qadimgi turkiy adabiyot.

Moniylik, shomonlik, buddaviylik diniy oqimlarining Markaziy Osiyoda paydo bo’lish tarixi turlichadir. Xususan, shomonlik Markaziy Osiyoda azaldan mavjud bo’lgan bo’lsa, buddaviylik diniy oqim sifatida milodning boshlarida kirib kela boshladi. Moniylik oqimining kirib kelishida ham o’ziga xos omillar mavjud. Shu tariqa bu oqimlardagi adabiyotning har birini qadimgi turkiy adabiyotning alohida-alohida ko’rinishlari sifatida baholash lozim.
Xullas, turkiylarga aloqador yozma adabiyotning shakllanishi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Hozircha bizga ma’lum bo’lgan turkiy yozma adabiyot namunalari turkiylar e’tiqod qilgan diniy oqimlar ta’sirida vujudga kelgan va ular 6-8 asrlarga mansub deb qaraladi.

Nazorat savollari:


2.1. Adabiy davrlashtirish nima?


2.2. Davrlashtirishning ahamiyati bormi?
2.3. Qadimgi turkiy adabiyot qanday tasnif qilinadi?
2.4. Har bir adabiy davr uchun tegishli xususiyatlarni ayta olasizmi?



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin