Nazorat savollari:
2.1. Qadimgi turkiy moniylik she’rlarining yuzaga kelish omillari haqida nimalar deya olasiz?
2.2. Moniylik adabiyoti qanday janrlarni yuzaga keltirdi?
2.3. Bizgacha moniylik ta’sirida ijod qilgan shoirlarning asarlari etib kelganmi?
2.4. Moniylik she’riyatiga xos xususiyatlarini sanang.
2-amaliy mashg’ulot mavzusi: «Xuastuanift» asari
Darsning maqsadi: Moniylik oqimining mahsuli bo’lgan «Xuastuanift» asarining mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida ma’lumot berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
«Xuastuanift»ning tuzilishini o’rganadi.
«Xuastuanift» asarining mohiyatini tahlil qiladi.
«Xuastuanift»ning g’oyaviy xususiyatlariga baho beradi.
Kerakli jihozlar: «Xuastuanift» asari va u haqidagi ilmiy manbalar.
Ishni bajarish tartibi:
1. Moniylik oqimining mohiyati haqida ma’lumot bering.
2. «Xuastuanift»ning moniylik oqimi g’oyalari targ’ibotidagi rolini izohlang.
3. «Xuastuanift»ning tuzilishini o’rganing.
«Xuastuanift»ning g’oyaviy mazmunini tahlil qiling.
5. «Xuastuanift»ning moniylik adabiyotida tutgan o’rniga baho bering.
Mustaqil ish topshiriqlari:
«Xuastuanift» asarining mohiyatini tahlil qilish.
1.«Xuastuanift»ning 1-5 bo’limlarini tahlil qiling.
2.«Xuastuanift» asarining 6-10 bo’limlariga baho bering.
3. «Xuastuanift»ning 11-15 bo’limlari mohiyatini izohlang.
Asosiy adabiyotlar:
1. O’zbek mumtoz adabiyoti namunalari (Tuzuvchilar: N.Rahmonov, H.Boltaboev). 1-jild. Toshkent, Fan, 2003. B. 31-41
2. Rahmonov N. Ruhiyatdagi nur murodi. Toshkent, Xalq merosi, 2002. B. 13-37.
Qo’shimcha adabiyot:
1. Malov S.E. Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti. M.L. Nauka, 1951. S. 95-130.
Dostları ilə paylaş: |