Мавзу: Кириш


Mavzuga oid asosiy tayanch tushunchalar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə11/34
tarix16.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#181912
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
portal.guldu.uz-QADIMGI TURKIY ADABIYOT POETIKASI

Mavzuga oid asosiy tayanch tushunchalar:

Poetika, she’r, badiiy tasvir vositasi, tashbih, takrir, talmih, ruju, mubolag’a, nido.


Mavzuga oid muammolar:

1.Nima uchun qadimgi turkiy adabiyot namunalaridagi mavjud badiiy tasvir vositalarining nomlari asosan arabcha? Bunga munosabatingiz qanday?


2.Badiiy tasvir vositalarining taraqqiyotida qadimgi turkiy adabiyotdagi qo’llanilgan she’riy san’atlarning o’rni va roli qanday? Bu haqda nimalar deya olasiz?


1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:

Moniylik she’rlarida tashbih, takrorlar va tashxisning qo’llanilishini o’rganish hamda ularning she’riyatning ta’sirchanligini oshirishdagi vazifasiga e’tibor qaratish.


Identiv o’quv maqsadlari:

1.1. Moniylik she’rlarida tashbih san’atining qo’llanilishi haqida ma’lumot beradi.


1.2. Moniylik she’rlarida qo’llanilgan takrorlarni tahlil qiladi.
1.3. Tashxisning moniylik adabiyotida tutgan o’rniga baho beradi.


1-asosiy savolning bayoni:

Qadimgi turkiy yozma yodgorliklardagi badiiy tasvir vositalarini o’rganish muhim ilmiy ahamiyatga ega. Bu masalaning hal etilishi, birinchidan, qadimgi turkiy adabiyot namunalari mohiyatini yanada yaqqolroq ochilishini ta’minlasa, ikkinchidan, ularning o’ziga xos tomonlarini yoritishga xizmat qiladi.


Bizgacha etib kelgan manbalar turkiy adabiyotda she’rning qadimdan mavjud ekanligini tasdiqlaydi. She’r o’ziga xos qonun-qoidalar asosida vujudga keladi. Uning yaratilishida badiiy tasvir vositalari ham muhim rol o’ynaydi. Badiiy tasvir vositalarining paydo bo’lishi bevosita she’r bilan bog’liq hodisa hisoblanadi. Demak, she’riyatning shakllanishi asta-sekin u haqidagi ilmiy tafakkurni yuzaga keltiradi. Biroq islomdan avvalgi davrdagi adabiyotshunoslik haqida bizgacha deyarli ma’lumot etib kelmagan. Shu sababli qadimgi turkiy moniylik she’rlaridagi badiiy tasvir vositalarini tadqiq etish uchun o’rta asrlar adabiyotshunosligidagi atamalardan foydalaniladi. To’g’ri, qadimgi turkiylar davridagi adabiyotshunoslik fan sifatida rivoj topmagan bo’lsa-da, lekin uning elementlari mavjud edi. Aks holda, she’r yuzaga kelmagan bo’lardi. Bu jarayon boshqa xalqlarning ilk davrdagi adabiyotida kuzatiladi7. Qolaversa, bu tajriba umumturkologik tadqiqotlarda bor8. Shuningdek, I.V.Stebleva ham qadimgi turkiy yodgorliklarning badiiy tasvir vositalari poetikasiga alohida to’xtalganda keyingi davr adabiyotshunosligi qonuniyatlarini tatbiq qilib, shu asosda baholaydi9.
She’r san’atlarining mukammal tadqiq etilishi islom davri adabiyotshunosligi bilan bog’liq. Shunga ko’ra, qadimgi turkiy adabiyotdagi badiiy vositalarning nomlarinigina keyingi davr adabiyotshunosligi mahsuli deb qarash lozim. Badiiy tasvir vositalarining o’zi esa qadimgi turkiy she’riyatning ichki qonuniyatlari asosida vujudga kelgan bo’lib, ularning shakllanishi islomdan ancha oldingi davrlarga borib taqaladi. Qadimgi turkiy adabiyotdagi badiiy vositalarni tekshirish ularning turkiy adabiyotdagi tadrijiy taraqqiyotini o’rganish imkonini beradi.
Biror predmet, narsa yoki hodisaning belgi-xususiyatini xuddi shunday belgi-xususiyatga ega bo’lgan boshqa predmet, narsa yoki hodisa orqali ifodalash, solishtirish, o’zaro qiyoslash va shu tariqa tasvirlanayotgan narsa, hodisa yoki voqeaning ayrim xususiyatlarini kitobxonga jonliroq, yorqinroq hamda ta’sirchan etkazib berish tashbih san’atining mohiyatini tashkil qiladi. Tashbih o’tmish adabiyotida qo’llanilgan badiiy san’atlar ichida alohida o’rinni egallaydi. Chunki «shoirning mahorati, xususan, uning tasavvur va xayol olamining boy yoki qashshoqligi»10 tashbih orqali namoyon bo’ladi.
Islomgacha bo’lgan qadimgi turkiy she’riyatda ham tashbih asosida yaratilgan misralar alohida o’rin egallaydi. Moniylik adabiyotining mahsuli bo’lgan «O’lim tasviri» nomli she’r didaktik yo’nalishga mansub. Uning «... asosiy mavzusi – to’rtta dono tangrini inkor etish qanday oqibatlarga olib kelgani to’g’risida. She’rda aytilishicha, chinakam inson tangrilarning kalomiga itoat etsin. To’rtta dono tangriga itoat etsalar, to’rt og’ir azobdan qutuladilar»11. Aksincha, inson ularga itoat etmasa-chi? Bu holda uning oxirati - jahannam. She’rda do’zax tasviri berilar ekan, shayton gunohkorlarga azob beruvchi sifatida ko’rinadi va uning tashqi qiyofasi chiziladi:

Tetru sachlig’ qurtg’a ek kelir tiyur,


To’lilig’ bulitteg to’nqi qashlig’ tiyur12.

Ters, junli, qari shayton kelar, derlar,


To’la bulut kabi qora qoshli derlar.

Bu erda muallif tashbih usulidan foydalanib, qari shaytonning qoshlarini bulutning yog’moqchi bo’lgan paytdagi holati - qop-qoraligiga o’xshatayapti. Keyingi misralar esa uning boshqa a’zolarini tasvirlash bilan davom ettiriladi:


Qanlig’ buqachteg qaraqi tiyur,


Qashg’uqteg qara bo’y emki tiyur. (ETS, 24-bet)

Qonli tuvakday ko’zlari derlar,


Qoziq kabi katta ko’kragi derlar.

Ko’zlarining qon to’la tuvakka, ko’kraklarining qoziqqa tashbih qilinishi misralarning ta’sirini kuchaytirib, odamda do’zax azoblari haqida to’liqroq tasavvur uyg’otayapti.


So’zni misra yoki baytlar tarkibida takror ishlatish ham badiiy san’at hisoblanib, ular, ya’ni takrorlar she’riyatda eng ko’p qo’llaniladigan usullardan biri ekanligi bilan ajralib turadi. Takrorning bir necha turlari mavjud bo’lib, shunday so’z takroriga asoslanadigan lafziy san’atlardan biri takrirdir. Uning mohiyatiga ko’ra, ifodalanayotgan ma’noni kuchaytirish, ma’lum fikrni ta’kidlash yoki yorqin ifodalash hamda ta’sir kuchini oshirish maqsadida bir xil so’z, ibora yoki birikma bayt misralarida takror holda qo’llanadi.
Moniylik she’rlarida ham takrorlar asosiy belgi bo’lib, ular orasida misralar takrori etakchi mavqega egadir. Aprinchur tigin yaratgan madhiyaga e’tibor beraylik:

Bizing tengrimiz edgusi redni tiyur,


Bizing tengrimiz edgusi redni tiyur.
Rednide yig mening edgu tengrim alpim bekrekim,
Rednide yig mening tengrim alpim bekrekim.
(ETS, 16-bet)
To’rtlikning birinchi bayti bir misraning to’liq takroridan qurilgan bo’lsa, ikkinchi baytda ham shu holat qaytariladi. Faqat farqli jihati – baytning birinchi misrasidagi «edgu» so’zigina ikkinchi misrada keltirilmagan, xolos. Keyingi bandning dastlabki baytida misra takrori asosiy rol o’ynasa, oxirgi bayti misralari uch so’zning qaytarilishidan iborat:

Bilegusuz yiti vajir tiyur,


Bilegusuz yiti vajir tiyur.
Vajirda o’tvi biligligim tuzunum yaruqum,
Vajirda o’tvi biligligim bilgem yangam.
(ETS, 16-bet)
Moniylik ta’sirida yaratilgan she’rlarda hatto bandlar takrori ham uchraydi. Quyidagi beshlik Tong tangrisiga bag’ishlangan she’r tarkibiga kiradi:

Tang tengri


Yidlig’, yiparlig’
Yaruqlug’, yashuqlug’,
Tang tengri,
Tang tengri. (ETS, 8-bet)

She’r yana shu misralar bilan yakunlanib, bandlar takrorini yuzaga keltirgan. Demak, qadimgi turkiy moniylik she’rlarida takrirning misralar va bandlar takrori ko’rinishlaridan unumli foydalanilgan.


Qadimgi yozma yodgorliklarda shaxslantirish hodisasini ham kuzatish mumkin. Bu poetik usul tashxis deb atalib, she’riy san’at sifatidagi mohiyati tabiatdagi narsa va hodisalarni, umuman barcha jonsiz mavjudotlarni jonlantirishga asoslanadi:

. . . . . . . . . . aytur tiyur,


. . . kentu qilmish qilinchi ko’zunur tiyur,
Yir sub quti irinur tiyur,
O’t sub quti ig’layur tiyur,
Ig’ach quti uliyur tiyur.
Ko’ni buyruq ko’zungu-che ko’zunupen,
Tanmish uz-utug tutupan,
Tarazuk ichinte o’lg’urtur tiyur. (ETS, 28-bet)
(Inson qilmishlari) aytilar, derlar,
O’zi qilgan ishlar ko’rilar, derlar,
Er-suv quti qochadi, derlar,
O’t-suv quti zorlanar, derlar,
O’t-o’lan quti ingranar, derlar,
Odil buyruq ko’zgudagi aksday orqaga chiqib,
Inkorchi ruhni tutib olib,
Taroziga o’tqazadi, derlar.

Mazkur parcha «Do’zax tasviri» nomli she’rdan olingan bo’lib, u gunohi bor odamlarning narigi dunyoda qanday jazolanishi haqidagi tasavvurlardan iborat. Shoir jahannam xususida fikr yuritar ekan, odamlarning qilgan gunohlaridan er, suv, olov, o’t-o’lan barakasi ketadi tushunchalariga nisbatan «qochadi», «zorlanar», «ingranar» so’zlarini ishlatadi va ularga kishilarga xos xususiyatlarni ko’chiradi. Shuningdek, odil buyruq va inkorchi ruhlar tasvirida ham insoniy belgilar kuzatiladi. Jumladan, odil buyruq orqaga chiqadi, inkorchi ruhni tutib oladi, taroziga o’tqazadi va hokazo. Bular Moniy muhitida yozilgan she’rlarda tashxis vositasi o’ziga xos o’ringa ega ekanligidan dalolat beradi. Bu xususiyat «Tong tangrisi» madhiyasida ayniqsa yaqqol ko’zga tashlanadi. She’rda Tong tangrisi misolida butun bor tabiat jonlantiriladi. Bu «... mifologik fikrlashning eng qadimiy bosqichida xudo va tabiat uyg’un holda, ya’ni xudo tabiatda mujassam etilgan holda tasavvur qilingan...»13ligining belgisidir:


Tang tengri kelti, Tong tangrisi keldi,


Tang tengri o’zi kelti. Tong tangrisi o’zi keldi,
Tang tengri kelti, Tong tangrisi keldi,
Tang tengri o’zi kelti. Tong tangrisi o’zi keldi.
(ETS, 8-bet)

Nazorat savollari:


1.1. Qadimgi turkiylar davrida ham adabiyotshunoslik fani rivoj topganmi?


1.2. Qadimgi turkiy moniylik she’rlarida qo’llanilgan badiiy san’atlar nima sababli keyingi davrlar adabiyotshunosligi atamalari orqali nomlanadi?
1.3. Moniylik she’riyatida badiiy tasvir vositalari qanday o’rin tutadi?



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin