Мавзу: Кириш


-asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə8/34
tarix16.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#181912
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
portal.guldu.uz-QADIMGI TURKIY ADABIYOT POETIKASI

2-asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi:

Talabalarga moniylik she’riyatining yuzaga kelishi haqida ma’lumot berib, ular idrokida bu she’riyatning o’ziga xos xususiyatlari haqida tushunchalar hosil qilish.




Identiv o’quv maqsadlari:

2.1. Qadimgi turkiy moniylik she’rlarining yuzaga kelishi haqida so’zlaydi.


2.2. Moniylik she’rlarini tahlil qiladi.
2.3. Moniylik she’rlarining janr xususiyatlariga baho beradi.

Hozirgi mavjud manbalarga tayangan holda aytish mumkinki, bizgacha she’riyatning turkiy yozma adabiyotdagi eng qadimgi namunalari Moniy va Budda muhitida yaratilgan badiiy ijod namunalari orqali etib kelgan. Bizgacha etib kelgan moniylik ta’siridagi ijod namunalari mazmunan madhiyalardan, diniy-axloqiy she’rlardan iborat. Mazkur she’rlarning yozilish vaqti Turk xoqonligi tugab, uning o’rniga turkiylarning eng katta qavmlaridan biri uyg’urlarning hokimiyatni egallagan davri - VIII asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi. Darhaqiqat, dastlab Eronda shakllangan moniylik oqimi turkiy urug’ va qabilalar orasidan uyg’ur xoqonligida rasmiy davlat dini darajasiga ko’tarildi. Uyg’urlar moniylikni «... qabul etib, o’z madaniyat va hayotlarini bir qadar o’zgartirdilar. Urxun alifbosi o’rniga so’g’dcha asosida shakllangan yozuvni (uyg’ur yozuvini) oldilar va qayd etish kerakki, ularning jangovarligi ancha susaydi»1.


Mazkur dinning qonun-qoidalariga ko’ra, odamlarga ozor berish va ularni o’ldirish, hattoki, hayvonlarning go’shtini eyish ta’qiqlangan. Shu sababli «... ilgari go’sht bilan ovqatlanadigan xalq endi guruch bilan oziqlanadigan bo’ldi. Ilgari qotillik ko’p bo’lgan mamlakatda endi faqat ezgulik hukm suradi. Ko’rinadiki, moniylik ta’limoti qabilalar, qolaversa, mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro ichki nizolarning oldini olishga, xalqlarni tinch-totuv yashashga undovchi bir chaqiriq edi»2.
Moniylik she’rlarida o’sha davrlarda yashagan turkiylarning dunyoqarashi, urf-odatlari, olamning tuzilishi to’g’risidagi tasavvurlari, diniy-axloqiy qarashlari o’z aksini topgan. Bu tushuncha va tasavvurlar Moniy asos solgan dinning qonun-qoidalari, mezonlariga tayanadi. Ayniqsa, Tong tangrisiga bag’ishlangan madhiyada shunday xususiyat ko’zga tashlanadi:
Tang tengri kelti, Tong tangrisi keldi,
Tang tengri ozi kelti. Tong tangrisi o’zi keldi.
Tang tengri kelti, Tong tangrisi keldi.
Tang tengri ozi kelti3. Tong tangrisi o’zi keldi.
She’r 20 misradan tashkil topgan bo’lib, uning tuzilishida so’z va misralar takrori asosiy rol o’ynaydi. Beshinchi va oltinchi misralar xuddi naqorat vazifasini bajarib, aytilayotgan fikrga e’tiborni kuchaytirishga xizmat qilyapti. She’rdagi bo’g’inlar tarkibiga e’tibor qiladigan bo’lsak, ular o’rtasida ham farqning mavjudligi ko’zga tashlanadi va ularning miqdori 3 bo’g’indan 10 bo’g’ingachani tashkil etadi. Shuningdek, to’rtlik va beshlik shakllari she’r bandlarini tashkil etgan hamda bir she’r tarkibida bandlarning xilma-xilligini hosil qilgan. Bunday hol boshqa ayrim moniylik she’rlarida ham kuzatiladi. Buning sababini, bizningcha, xalq og’zaki ijodining ta’siri bilan izohlash lozim. Yozma adabiyotda esa «... she’r qanday band bilan boshlansa, shunday band bilan tugaydi, ya’ni qat’iy qonunlashgan sistemaga rioya qilinadi»4. Xalq og’zaki ijodida bir she’r doirasida turli bandlardan foydalanish kuzatiladi. «Masalan, dostonlardagi bir she’riy bo’lakda yoki monolog, dialoglarda ham ikkilik, ham uchlik, ham to’rtlik yoki bir necha misrani o’z ichiga olgan bandlarni qo’llash mumkin, zero, bunday erkinlik xalq epik she’riyatining asosiy xususiyatidir»5.
Moniylik she’rlaridan ikkitasining muallifi ma’lum bo’lib, ular - shoir Aprinchur tigin tomonidan yozilgan. Aprinchur tiginning shaxsiyati va ijodi to’g’risida ma’lumotlar mavjud emas. Shoir qalamiga mansub she’rlardan biri to’rtlik, biri esa uchliklar shaklida yaratilgan. To’rtliklar tarzida yozilgan she’r madhiya bo’lib, unda Tangrining sifatlari ulug’lanadi:

Bizing tengrimiz edgusi redni tiyur,


Bizing tengrimiz edgusi redni tiyur.
Rednide yig mening edgu tengrim alpim bekrekim,
Rednide yig mening tengrim alpim bekrekim.
(ETS, 16-bet)
Bizim tangrimizning xo’blig’i javhardir, derlar,
Bizim tangrimizning xo’blig’i javhardir, derlar,
Javhardan-da ustun mening a’lo tangrim, alpim, pahlavonim.
Javhardan-da ustun mening a’lo tangrim, alpim, pahlavonim.

She’r 3 band - 12 misradan iborat. Yuqorida keltirilgan she’rdagi kabi unda ham so’z va misralar takrori etakchi xususiyatga ega. Har uchala bandning birinchi bayti dastlabki misralar takroridan tuzilgan. Bo’g’inlar miqdori esa 10 dan 15 gachani tashkil etadi. She’rdagi takrorlangan misralar Aprinchur tiginning maqsadini amalga oshiruvchi, ya’ni ifodalamoqchi bo’lgan fikrlarini yuzaga chiqaruvchi asosiy vosita bo’lib xizmat qilyapti.


Darvoqe, nima uchun uchlik shakli ham, xuddi to’rtliklar qatori, qadimgi turk she’riyatida etakchi? Bu - erkin she’rga xos xususiyat qadimgi turkiy she’riyatda boshlanganidan dalolatdir.
Moniy muhitining mahsuli bo’lgan she’rlardan yana biri «O’lim tasviri» deb nomlanadi. She’r 7 banddan tarkib topgan bo’lib, oxirgi bandining so’nggi misralari nuqsonli. Bu she’rda ham bo’g’inlar miqdori orasida tenglik mavjud emas. Uning 6 misrasi 11 bo’g’inli, 13 misrasi 10 bo’g’inli, 4 misrasi esa 9 bo’g’inli bo’lsa, 7,8,13 bo’g’inlilari bir misradan iborat. Misralardagi bo’g’inlar sonining xilma-xilligi uni yuqoridagi she’rlarga yaqinlashtiradi. Tong tangrisiga bag’ishlangan madhiya hamda Aprinchur tigin madhiyalarida asosan so’z va misralar takrori ohangdoshlikni yuzaga keltirgan bo’lsa, mazkur she’rda qofiyalarning o’rni ham muhimdir.
O’rni kelganda shuni ta’kidlash lozimki, moniylik she’rlaridagi qofiyalanuvchi so’zlarning ko’pchiligida raviylar o’zaro to’liq mos kelmaydi. Qofiyalanishdagi bunday erkin uslub moniylik she’rlarini xalq og’zaki ijodiga yaqinlashtiradi. Chunki folklorda qofiya unsurlari qoidalariga qat’iy rioya qilish talab etilmaydi. Bu xususiyat, ya’ni raviylarning nomuvofiqligi moniylik she’rlari qofiya tizimi va xalq og’zaki ijodi namunalaridagi qofiyalarda o’xshash tomonlar mavjudligini ko’rsatadi.
Qadimgi turkiy moniylik she’rlari orasida hajm jihatidan eng kattasi bo’lgan madhiya - Moniyni ulug’lashga bag’ishlangan. Uning 123 to’rtlikdan iborat bo’lgan 492 misrasi saqlanib qolgan. Mavjud misralarning ko’p qismida o’chib ketgan so’zlar anchagina uchraydi. Biroq to’liq etib kelgan to’rtliklarning o’zi ham she’rning tuzilishi, g’oyaviy-badiiy xususiyatlari to’g’risida ma’lum bir tasavvur uyg’ota oladi.
Xulosa tariqasida yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib, moniylik she’rlariga xos xususiyatlar sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

  1. 1) tovush, so’z va misralar takrori etakchi;

  2. 2) bo’g’inlar miqdori xilma-xil;

3) bir she’r tarkibida turli she’riy shakllar mavjud;

  1. 4) bir she’r doirasida har xil qofiya shakllari uchraydi.

Moniylik she’rlarining shakliy-poetik xususiyatlari uzluksiz ravishda ilk klassik davrda, xususan «Devonu lug’otit turk»da ham davom etgan. Qadimgi turkiy she’riyat yuzasidan fikr bildirgan ba’zi Ovrupo olimlarining qarashlari turli-tumandir. Jumladan, P.Peloning fikricha, qadimgi turkiy she’rlar (moniylik she’rlari nazarda tutiladi – M.M.) qofiyalangan emas, balki she’r misralari boshidagi alliteratsiyaga asoslangan. «Devon»dagi she’rlar esa fors she’riyatining ta’siridan guvohlik beradi6.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin