Мавзу: Кириш


-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə7/34
tarix16.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#181912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
portal.guldu.uz-QADIMGI TURKIY ADABIYOT POETIKASI

1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:

Talabalarga moniylik oqimining shakllanishi, uning turkiy yozma adabiyotga ta’siri hamda moniylik mifologiyasi haqida ma’lumot berish.


Identiv o’quv maqsadlari:


1.1. Moniylik oqimining paydo bo’lishi, mohiyati va taraqqiyoti haqida ma’lumot beradi.


1.2. Moniylik oqimining turkiylar muhitiga kirib kelishi sabablarini izohlaydi.
1.3.Moniylikning o’ziga xos mifologiyasiga baho beradi.


1-asosiy savolning bayoni:

Moniylik oqimi Moniy ibn Fatak (216-276) nomi bilan bog’liq ravishda yuzaga keldi. U yaratgan ta’limotning mohiyatiga ko’ra, olam ezgulik bilan yovuzlik, nur bilan zulmat shafqatsiz kurashadigan maydondir. Bu kurashning oqibati, shubhasiz, ijobiy natija bilan tugaydi. Moniyning hayoti va butun ta’limoti u yaratgan «Barhayot Injil», «Shapurakan», «Jonlanish xazinasi», «Sirlar kitobi», «Pragmatey», «Maktublar» kabi asarlarida o’z aksini topgan. Moniylik ta’limoti ma’lum ma’noda zardushtiylikka tayanadi. Olamning paydo bo’lishi va tuzilishi haqidagi qarash zardushtiylik va moniylikda bir asosga – Xo’rmuzdda mujassamlashgan Ezgulik va Nurga, Axriman (moniylik oqimida Shmnu)da mujassamlashgan Zulmat va Yovuzlikka tayanadi. Moniy ta’limoti o’z davrida hayotga yaqin bo’ldi, shuning uchun ham ming yilcha yashadi hamda nafaqat O’rta Osiyo va Eronda, balki Evropadan Xitoygacha bo’lgan keng hududda yoyildi. VIII asrning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan Uyg’ur-Turk hoqonligida moniylik yaqin yuz yilcha rasmiy din sifatida faoliyat ko’rsatdi.


«Xuastuanift» moniylik oqimi ta’sirida paydo bo’lgan asardir. U moniylikni targ’ib qilishdangina iborat emas, balki bu oqimning tub mohiyati va kelib chiqishini tahlil qilishga bag’ishlangan. Asar 15 bo’limdan iborat bo’lib, unda epik ruhni ham, didaktik mazmunni ham kuzatamiz. Asarda Xo’rmuzdning osmondan tushishidan boshlab, Moniy izdoshlarining bir jamoaga uyushganlari va ularning qilgan gunohlari e’tirof etiladi. Garchi xudodan gunohlarini kechirishni so’rab qilgan ibodatlari bilan yakunlansa-da, tavba va ibodat moniy jamoasi a’zolarining doimiy hamrohi bo’lib qoladi.
Moniylik oqimi g’oyasiga ko’ra, dastlab nur kuchlari bilan zulmat kuchlari o’rtasida haqiqiy muvozanat mavjud edi. Nur kuchlari Zervanga tegishli bo’lib, Ulug’vorlik va Nur otasi, Nur shohligi deb nom olgan. Zulmat hukmronligini esa Nur shohligi o’ziga jalb etgach, muvozanat buzilgan. Nur otasi (Xo’rmuzd) Zulmat hukmronligi hujumidan xavfsirab, er yuziga ruhiy kuchlarini yuboradi. Zulmat kuchlari bilan Nur otasi yuborgan ruhiy kuchlar o’rtasida jang bo’ladi. Jangda Nur kuchlari mag’lub bo’ladi va Nur bilan Zulmat qorishib ketadi. Nur otasi bu qorishma ichidan o’zi yuborgan ruhiy kuchlarni ajratib olish uchun ko’rinadigan moddiy olamni yaratishi kerak edi. Shuning uchun shikastlangan iblislarning terisidan – o’n qavat osmonni, suyaklaridan - tog’larni, go’shtlari va axlatlaridan esa erni yaratadi. Zulmat kuchlaridan qutqarib olingan nurning bir qismidan oy va quyosh yaratiladi. Bu ikkalasi Nurni ozod qilib Nur otasining taxtiga ko’chiradi. So’ngra, Nur kuchlari ham ozod qilina boshlaydi. Darvoqe, yulduzlar, olov, shamol nur kuchlariga mansubdir. Shuning uchun ham moniylik ta’limotida oy va quyoshga eng buyuk nur taratuvchilar, najotkorlar sifatida e’tiqod qilingan.
«Avesto»dagi va «Xuastuanift»dagi obrazlarning bir qator umumiy va juz’iy xususiyatlari mavjud. Xo’rmuzd har ikkala manbada umumiylik kasb etadi, ya’ni u - Xudodir. Ammo «Xuastuanift»da Xo’rmuzd hayotga ancha yaqinlashtirildi. Jamiki gunohlardan xalos bo’lishning omili – Xo’rmuzdni bilishdir, Xo’rmuzdni bilish esa moniylik ta’limotiga e’tiqod qilish demakdir.

Nazorat savollari:


1.1. Moniylik oqimi qaysi davrlardan boshlab shakllana boshlagan?


1.2. Moniylik oqimining mohiyatini tushuntirib bera olasizmi?
1.3. Moniy ibn Fatak haqida nimalarni bilasiz?
1.4. Moniylik oqimiga aloqador mifologik obrazlarni sanang.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin