Mavzu: Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulishi xaqida umumiy ma’lumot


Tirsakli valning burilish burchagi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə12/160
tarix07.01.2024
ölçüsü0,65 Mb.
#211388
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   160
Mavzu Kirish Xavfsizlik texnikasi o’rganish. Avtomobil tuzulish-hozir.org

Tirsakli valning burilish burchagi


Silindrlar


1


2


3


4

Birinchi aylana


0-180°

Ish yo‘li

Chiqarish


Siqish

Kiritish

180-360°


Chiqarish


Kiritish


Ish yo‘li


Siqish

Ikkinchi aylana

360-540°


Kiritish


Siqish

Chiqarish

Ish yo‘li


540-720°


Siqish

Ish yo‘li

Kiritish


Chiqarish


Porshen PCHN dan YUCHNga harakatlana boshlaganda birinchi takt boshlanadi. Bu paytda kiritish va chiqarish darchalari ochiq. Nasos yordamida kiritish darchasi orqali silindrga yonilg‘i aralashma yoki havo kiritiladi, ular esa silindr ichida qolgan gazlarni atmosferaga chiqarib yuboradi va porshen tepasidagi bo‘shliqni to‘ldiradi; yuqoriga


harakatlanayotgan porshen o‘z devorlari bilan kiritish, so‘ngra chiqarish darchalarini to‘sadi. Shu vaqtdan boshlab siqish takti boshlanadi va porshen YUCHNga yetay deganda siqish kamerasiga o‘t oldirish shami bilan elektr uchquni beriladi (karburatorli, injektorli dvigatelda) yoki yokilg‘ining mayda zarrachalari forsunka yordamida purkaladi (dizelda), natijada siqish kamerasidagi zarad alangalanadi.

15-rasm. NEXIA avtomobilining dvigatel qirqimi. 1-moy to‘kish krani; 2-moy saqlagich; 3-moy filtri; 4-suv nasosi; 5-chiqarish quvuri; 6-kiritish quvuri; 7-injektor; 8-yonilg‘i kanali; 9-resiver; 10-silindrlar blokining kallagi; 11-taqsimlash valining podshipnikining qopqog‘i; 12-taqsim-lash vali; 13-karterning shamollatish shlangi; 14-klapanning tirqishini to‘g‘rilov-chi shayba; 15-klapan suxarisi; 16-turtkich; 17-klapan prujinasi; 18,19-klapan-ning yo‘naltiruvchi vtulkalari; 20-klapan; 21-o‘t oldirish shami; 22-silindrlar blokining kallagi; 23-porshen; 24-kompressor halqa; 25-moy sidirgich halqa; 26-porshen barmog‘i; 27-silindrlar bloki; 28-shatun; 29-tirsakli val; 30-shatun qopqog‘i; 31-moy sathini o‘lchagich; 32-moy qabul qilgich. Ikkinchi taktda porshen YUCHN dan PCHN ga harakat qiladi. Bunda siqish taktining oxirida boshlangan yonish jarayoni davom etadi, natijada silindrda ko‘p miqdorda issiqlik ajraladi va gazlar bosimi ta’sirida porshen PCHN tomon harakatlanadi. Bu vaqtda silindrda kengayish takti ketadi.


Porshenning harakatlanishi vaqtida u o‘z devorlari bilan chiqarish darchasini ochishi bilanoq bosimga ega bo‘lgan ishlatilgan gazlar tashqariga chiqa boshlaydi. So‘ngra kiritish darchalari ochilib, silindrga nasos yordamida yangi zarad (yonilg‘i aralashmasi yoki havo) yuboriladi, u esa ishlatilgan gazlar bilan qisman aralashib ularni chiqarish darchalari orqali tashqariga siqib chiqaradi. Keyingi siklda shu jarayonlar yana ketma-ket takrorlanadi.
Rotorli dvigatellarda yonilg‘ining yonishi natijasida kengaygan gazlar bosim bilan rotorga ta’sir etib uni aylantiradi. Hozirgi vaqtda, rotorli dvigatellar, ayrim kamchiliklari tufayli avtomobillarda kam qo‘llanilmoqda. Rotorli dvigatellar o‘z navbatida gaz turbinali va rotor-porshenlilarga bo‘linadi.


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin