2. Krivoship-shatunli mexanizmining tuzilishi va qismlari
Krivoship-shatunli mexanizmi quyidagi qismlardan iborat : Silindrlar bloki, silindrlar blokining golovkasi, silindr gilzalari, porshen va porshen halqalari, porshen barmoqlari, shatunlar, tirsakli val va uning podshipniklari (vkladishlari), maxovik va dvigatel karteri. Silindrlar bloki. Dvigatelda ish siklining barcha jarayonlari silindr ichida sodir bo’ladi. Silindrlar bloki dvigatelning asosiy bazis detali bo’lib u tuzilish jixatidan nisbatan murakkab hisoblanadi. Shuning uchun silindrlar blokini tayyorlash nisbatan kimmatga tushadi. Silindrlar blokini ishlash muddatini oshirish maqsadida yuk avtomobili va ayrim yengil avtomobili dvigatellarida uni gilzali qilib tayyorlanadi. Silindr yuzalari, yoyilish natijasida, yaroksiz holatga kelsa gilzalarni 2 almashtirish bilan silindrlar blokini 3 kaytatdan tiklanadi. Ba’zi dvigatellarda (GAZ – 24, GAZ – 53A, ZIL – 130) silindrlar gilzasining ichki yuqori qismiga yupka devorli kalta gilza 1 tigizlab (presslab) o’rnatiladi. Bunday gilzalar yoyilishga chidamli, zanglamaydigan legirli (xrom, nikel, molibden, mis) chuyandan tayyorlanadi.
ZIL, MAZ, KamAZ avtomobillari dvigatelining silindrlar bloki oddiy chuyandan, VAZ, TIKO, Damas, Neksiya (oldingi modeli S1) avtomobillari dvigatelida gilzasiz bloklar qo’llangan bo’lib ular yuqori sifatli legirlangan chuyandan tayyorlangan. GAZ-3102, GAZ-53 A, Neksiya (keyingi modeli S2) avtomobillari dvigatelida alyuminiyli kotishmadan tayyorlangan silindrlar bloki qo’llanilib ularga sifatli chuyan gilza o’rnatilgan. Silindrlar bloki kallagi.Deyarli barcha karbyuratorli, injektorli dvigatellarda silindrlar bloki golovkasi alyumi-niyli kotishmadan tayyorlanadi. Bunday golovkalar yengil va issiqlikni yaxshi o’tkazuvchan bo’ladi. Bunday xususiyat dvigatelning siqish darajasini, kuvvatini yonilg’i tejamligini oshirish imkoniyatini beradi. Dizel dvigatellarida silindrlar bloki golovkasi legirlangan chuyandan tayyorlanadi. Silindrlar golovkasining ichki qismi kavaksimon bo’lib, sovituvchi suyo’qlik uchun suv g’ilofi hisoblanadi. Sovituvchi suyo’qlik suv g’ilofida aylanib turishi kerak. Shuning uchun silindrlar golovkasini silindrlar bloki bilan zich tutashtirish maqsadida ular orasiga po’lat asbestli kistirma (prokladki) kuyiladi va shpilka bilan maxkamlanadi.
Porshen. Silindr ichida sodir bo’ladigan ish siklining barcha jarayonlari porshen yordamida bajariladi. Porshen yuqori bosim va temperatura sharoitida ishlaydi, bundan tashqari unga o’zgaruvchan inersiya kuchlari ta’sir etadi. Shuning uchun porshenquyidagi talablarga javob berish kerak: Issiqlik o’tkazuvchan, yedirilishga chidamli va yengil bo’lishi kerak.
3.3-rasm. Porshen va u bilan bog’liq detallar:
a- umumiy ko’rinishi; b –porshen halqalari; v-xalqalarni porshenda o’rnatilishi: 1-bikrlik qobirg’asi; xalqalar uchun ariqchalar; 3-porshen babishkalari; 4-porshen tubi; 5- porshen kallagi; 6-porshen yubkasi; 7-yuqorigi kompression xalqalar; 8-pastki kompression xalqa; 9 va 12- moysidirgich xalqaning disklari; 10-o’q bo’ylab kergich xalqa; 11-radial kergich xalqa; 13-porshenga quyilgan cho’yan xalqa.
Alyuminiyli kotishmadan tayyorlangan porshen bunday talablarga to’larok javob beradi. Lekin alyuminiyli kotishmadan tayyorganlan porshen chuyanga nisbatan issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti 1,5 % 2 marta ko’p. Bu kamchilikni porshenning ma’lum kostruksiyasiga binoan yukotiladi. Ya’ni porshen yubkasining oval formada bo’lishi, yubkada «T» yoki «P» forma shaklidagi kesiklarni bo’lishi hisobiga uni silindr ichida qiziganda kadalib kolmasdan harakatlanishini ta’minlanadi. Porshen yubkasi bilan silindr orasidagi zazor 0,05 % 0,10 mm bo’ladi .
YaMZ va KamAZ – 740 dvigatellarining porsheni yubkasida (yuqorida aytilgan porshenlar kabi) «T» yoki «P» forma shaklidagi kesiklar ishlanmagan. Chunki bunday porshenlar, tarkibida 30 foiz kremniy bo’lgan alyuminiyli kotishmadan tayyorlanganligi uchun issiqlikdan kam kengayish xususiyatiga ega. Lekin bu porshenlar ham buyiga konusli, yubka kesimi esa oval shaklida ishlangan.
Porshen golovkasida porshen halqalari uchun arikchalar yasalgan. Ayrim dvigatellarda (KamAZ, ZIL-130 ) yuqoridagi arikchani chidamligini oshirish maqsadida uni tubiga chuyan halqa kuyiladi. So’ngra chuyan halqada kompression halqa uchun arikcha uyiladi.
Porshen yubkasining yuzasi silindrning ichki yuzasiga yaxshi moslashib ishlashini ta’minlash uchun uning tashki yuzasi yupka (0,004…0,006 mm) kalinlikda kalaylanadi.
Porshen xalqalari. Yuqori xarorat va bosimga ega bo’lgan gazlar, shuningdek o’zgaruvchan qiymatga ega bo’lgan inersiya kuchlari ta’sir etadigan og’ir ish sharoitida ishlaydi. Porshen xalqalari ko’pincha maxsus cho’yandan, ayrim xollarda po’latdan ham tayyorlanadi. Porshen halqalari vazifasiga ko’ra kompression va moy sidirgich bo’ladi. Kompression halqalar 7 (3.3-rasm) silindr va porshen oraliqlarini zichlashtiradi hamda silindarda xosil bo’lgan gaz bosimini karterga o’tishidan saqlaydi. Yuqorida joylashgan kompression xalqa juda og’ir ish sharoitida ishlaydi, chunki uning ishlash jarayoni o’ta qizigan gazlar zonasiga to’g’ri keladi. Shu sababli uning tashqi sirtidagi moy pardasi porshen YuChN ga yetganda kuyib ketadi. Yuqorida joylashgan kompression halqaning yeyilishga chidamliligini va ishlash muddatini oshirish maqsadida uning tashqi yuzasiga g’ovaksimon (poristo’y) xrom qoplanadi. Xrom qatlami xalqaning ishlovchi yuzalarining qattiqligini oshiradi va yeyilishini kamaytiradi. Xrom qatlamidagi g’ovakchalar silindr yuzasidagi moyni o’ziga singdirib, yupqa parda xosil qiladi, bu esa o’z navbatida silindr yuzasining yeyilishini ham kamaytiradi. Shuningdek ayrim dvigatellarda (KamAZ-5320 avtomobili) yuqorigi kompression xalqa porshenga qo’yilgan cho’yan xalqada (vstavkada) ochilgan ariqchaga o’rnatiladi. Cho’yan ariqchaning mustaxkamligi alyuminiyli ariqchaga nisbatan yuqori bo’lgani uchun, u ishlash jarayonida balandligi bo’yicha kam kengayib porshenning ishlash muddatini oshiradi.
Boshqa xalqalarning ishqalanib ishlaydigan ishchi yuzalarining silindrga tezroq moslanishini va zanglanishga chidamliligini oshirish uchun ularning tashqi sirtiga yupqa qalay yoki molibden qoplanadi. Pastki kompression xalqalarning tashqi yuzasi konus shaklida bo’lib katta diametri pastga qaragan bo’ladi. Uchchala kompression xalqalarning ichki tomonida zinasimon o’yiq yasalganligi uchun ular «buraluvchan» bo’ladi va pastki qirrasi bilan silindrga zich tiraladi. Xalqalarning bunday konstruksiyada tayyorlanishi, ish jarayonida ularning ishchi yuzalarining silindrga tezroq moslanishini va zich xolda xarakatlanishini ta’minlaydi. Xalqadagi maxsus kesik - qulf deb ataladi. Bu kesik xalqaning ishlashi jarayonida elastiklik xususiyatini oshiradi va uni silindrda qadalib qolmasligini ta’minlaydi. Xalqalar silindrga o’rnatilganida ularning qulfidagi tirqish 0,2 … 0,5 mm oralig’ida bo’ladi. Xalqalardagi qulflarning shakli to’g’ri yoki qiya bo’lishi mumkin. To’g’ri kesimli qulflar ko’proq qo’llaniladi.
Moy sidirgich xalqalar silindr devoridagi ortiqcha moylarni sidirib ularni yonish kamerasiga o’tishini cheklab turadi. Moy sidirgich xalqalar konstruksiyasi bo’yicha yaxlit yoki bir nechta elementdan tashkil topgan yig’mali bo’lishi mumkin. Ko’p xollarda yaxlit xalqa qo’llaniladi. Bundaylarida, silindr yuzasidan sidirilgan moylarni karterga o’tkazish uchun xalqada aylanasi bo’ylab bir tekis joylashgan drenaj darchalar yoki radial teshikchalar ishlangan. Ba’zi dvigatellarda yig’mali moy sidirgich xalqalar o’rnatiladi. Bunday xalqalar bir nechta elementdan tashkil topgan, ya’ni ikkita yupqa disksimon xalqa 9 va 12 (3.3-rasm), o’q bo’ylab kergich 10 va radial kergich 11 dan yig’iladi. Bunday xalqalar silindr yuzasiga tez moslashish va yaxshi elastik xususiyatlarga ega, shuning uchun ular silindr devorlariga tez va yaxshi zichlashadi.
Porshen barmog’i.Porshen barmog’I 6 (3.4-rasm) porshenni shatun bilan sharnirli xolda tutashtirish vazifasini bajaradi. Ish taktida barmoq gazlarning bosim kuchini porshendan shatunga, yordamchi taktlarda esa (kiritish, siqish va chiqarish) shatunning tirsakli valdan olgan xarakatini porshenga uzatadi. Porshen barmog’i porshen bilan birgalikda tezlanishini va yo’nalishini o’zgartirib xarakatlanadi. Shuning uchun uning massasi og’ir bo’lmasligi kerak, aks holda mexanizmga salbiy ta’sir etuvchi inersiya kuchlari ortib ketadi. Bundan tashqari poshen barmog’i shatun kallagida va porshen babishkalarida ishqalanib ishlaydi. Shu sababli u mustaxkam, yeyilishga chidamli xamda kichik massaga ega bo’lishi kerak. Porshen barmoqlari sifatli po’latdan kovaksimon shaklda tayyorlanadi va ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida unga turli termik va mexanik ishlovlar beriladi.
3.4-rasm. Krivoship-shatunli mexanizmning detallari:
1-xropovik; 2-tirak xalqalar; 3 va 13 shatun bo’yinlar; 4,14 va 26 – vkladishlar; 5-prujinali xalqa; 6-porshen barmog’i; 7-shatunning yuqorigi kallagi; 8-shatun o’zagi; 9-boltlar; 10-shatunning pastki kallagi; 11-shatun qopqog’i; 12, 19, 24 va 29 – o’zak bo’yinlar; 15 va 16 – porshenlar; 17 va 28-posongilar; 18-maxovik; 20-tirsakli valning orqa uchi; 21-moy qaytargich burti; 22,27 va 30-o’zak podshipniklarning qopqog’i; 23-kir tutgich; 25 – jag’lar; 31-tishli g’ildirak; 32-tirsakli valning old uchi; 33-shkiv.
Shatun va shatun podshipniklari. Shatun porshenni tirsakli valning shatun buyni bilan birlashtiradi. Shatun, shuningdek porshenning to’g’ri chiziqli ilgarilama-qaytma harkatini tirsakli valning aylanma harkatiga o’zgartirib berishda ham xizmat qiladi.
Shatunning pastki golovkasiga yupka ishkalanishni kamaytiradigan antifriksion kotishma kuyilgan vklado’shlar o’rnatiladi. Vklado’shlar po’lat lenta (karbyuratorli dvigatellarda 1,3…1,8 mm, dizel dvigatellarida 2…3,6 mm kalinlikda) yuzasiga yupka antifriksion katlam (karbyuratorlida-0,25…0,40 mm, dizelda – 0,3…0,7 mm) koplaniladi. Antifriksion, katlam sifatida karbyuratorli dvigatellarda kalay-alyuminiyli kotishma (30 % kalay) va dizellarda qo’rg’oshinli bronza (30 % bronza) ishlatiladi. Vklado’shlarni shatunning pastki golovkasiga aniq o’rnatish uchun chikik yasalgan.
Tirsakli val va o’zak podshipniklar.Tirsakli val porshen orqali shatundan berilayotgan kuchni qabul qilib aylanma harakat qiladi. Tirsakli val quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan : tayanch vazifasini bajaruvchi o’zak bo’yinlar, shatunning pastki kallagi birikadigan shatun bo’yinlar, o’zak va shatun bo’yinlarni birlashtiruvchi jaglar, tirsakli valning posongilari, maxovik o’rnatish uchun flanets.
Tirsakli valni bolgalash (kovanno’y) usuli bilan legirlangan po’latdan tayyorlanadi. Ayrim dvigatellarda (GAZ-53A, GAZ-24 VAZ avtomobillari ) maxsus yuqori sifatli chuyandan kuyiladi. Bo’yinlariga termik ishlov beriladi, keyin jilvirlanadi va saykal beriladi.
Maxovik. Maxovik dvigatelning ishlashi jarayonida tirsakli valning bir tekis aylanishini ta’minlaydi. Ish yo’li taktida maxovik energiya yigib qo’shimcha taktlarni bajarilishida va porshenni, chekka nuqtalardan utishida tirsakli valni aylanishiga yordam beradi. Yigilgan energiya hisobiga dvigatelni ut olishini onsonlashtiradi va avtomobilni urnidan kuzgalishini yengillashtiradi. Maxovikka dvigatelni starter bilan ut oldirish uchun tishli gardish tigizlab o’rnatilgan.
Maxovik tirsakli val bilan birgalikda nixoyatda yaxshi (thatelno) muvozanatlashtiriladi.
Dvigatel o’ziga o’rnatilgan barcha asbob-uskunalar bilan ramaga puxta va shu bilan birga avtomobil tebranganda uning kronshteynlariga zurikish kelmasligi uchun elastik ravishda biriktiriladi. Avtomobil dvigatellari ramaga uch (barcha yengil va ZIL-130, MAZ-500 avtomobil dvigatellari) to’rt (GAZ-53 A) va besh
Dostları ilə paylaş: |