5.3. Jihozlarni funksional texnologik asoslari bo`yicha
guruhlarga bo`lish
Mashinasozlik va oziq-ovqat sanoati korxonalarida ishlatiladigan jihozlarni funksional umumiyligi bo`yicha jarayonlarni bajarish bilan ajratish mumkin. Mahsulot ishlab chiqarishda jihozlarning ish bajarishi bilan ham guruhlarga bo`linadi. Funksional qarashda jihozlarning sinflarga bo`laklab qarasak unda xom ashyoni ishlov berishdan boshlab, tayyor mahsulot olguncha quyidagilarga bo`linishi mumkin: Masalan,
Mahsulotni (xom ashyoni) asosiy ishlov berishga tayyorlash;
Asosiy texnologik jarayonlarni bajarish;
Oxirgi qo`shimcha ishlov berish (sifatli qilib tayyorlash).
Ba’zi bir o`xshash alomatlarni hisobga olib, asosiy jihozlar guruhini kichik guruhlarga bo`lamiz.
I. Mahsulotni (xom ashyoni) yarim mahsulotga yoki asosiy texnologik operatsiyalarga tayyorlovchi jihozlar:
Xom ashyoni yuvish, ustki qobig`idan tozalash, saralash va boshqa chiqindilardan tozalash jihozlari;
Mashinasozlik oziq-ovqat mahsulotlarini sterilizatsiyalash, shisha, sig`im, banka va yuvish jihozlari. Texnologik jihozlarni sanitarlik ishlov berish qurilmalari: katta idishlarni va boshqa qurilmalarni ko`rish.
Saqlash va mahsulotni yuborish, uzatish jihozlari.
II. Texnologik jihozlarning mexanikaviy ishlov berish yo`li bilan ajratish guruhi.
Iste’mol qilib bo`ladigan xom ashyo yoki yarim ishlov bergan mahsulotni kesish yo`li bilan ajratish jihozlari;
Xom ashyoni maydalash yo`li bilan ajratish jihozlari;
Bir xil tarkibdan iborat bo`lmagan suyuq mahsulotlardan katta va kalloidli zarrachalarni ajratish jihozlari (tindirish, filtrlovchi qurilmalar, sentrifuga, seperator va gidrosiklonlar);
Suyuqlik ajratuvchi jihozlar.
III. Mexanikaviy yo`l bilan xom ashyolarni qo`shish texnologik jihozlari:
Har xil mahsulotlarni qo`shish aralashtirish yo`li bilan bo`ladigan jihozlar;
Suyuq xom ashyo qo`shish uslubi bilan (emulsiya, ko`pik, suspenziya) tayyorlash jihozlari;
Qo`shish, aralashtirish yo`li bilan qattiq mahsulotlar jihozi.
Dostları ilə paylaş: |