Mavzu: Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yaratish tartibi



Yüklə 2,79 Mb.
səhifə30/45
tarix28.11.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#168377
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45
Mavzu Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yarati

Plastinkali transportyorlar. Plastinkali transportyorlardan bo`sh, to`ldirilgan, sanoqli katta og`irlikdagi, issiq materiallarning, shuning-dek, taxlanadigan yuklarning texnologik liniyada joylashtirishda foydalaniladi.
Plastinkali transportyor karkas stanina, tortuvchi zanjirli uzatma, tortuvchi yulduzcha, uzatma, tortuvchi moslama, alohida metal, plastmassa yoki taxtali plastinka, yo`nalish bo`yicha harakat qilayotgan zanjirga mahkamlangan bo`ladi.
Karkas - profil po`latdan tayyorlanadi, uzunligi 6 m bo`lgan birlashgan seksiyalardan iborat. Tortuvchi zanjir - bir (engil tipli kengligi 0,4 m gacha) yoki 2-vtulkali-katokli, vtulkali, vtulkali-rolikli, yumaloq zvenosi bo`ladi.
Shisha taralarni joylashda uzatishda kengligi bo`yicha 80 dan 200 mm, zanjir yassi plastinka bilan birlashgan bo`ladi. Plastika zanjirlarni maxsus burchak ostida payvandlab biriktirilgan, yoki yopishtirib vertikal jips tortish zanjirlari oddiy to`g`ri turtburchak shakli bo`lib, taralarni joylashtirishda qo`llaniladi.
Gorizontal jips tortish zanjirli transportyorlar (5.8-rasm) rombik plastinka bilan ta’minlangan va asosiy taxlash (fasovka) qilish maqsadida foydalaniladi. Bunday transportyorning asosiy qismlari 5 karkas, yuqori plastinkasimon aylana transportyor 6, ishchi joyiga uzatish, pastki aylana transportyor 1, to`ldirilgan bankalarga mo`ljallangan. Mahsulot lentali transportyor 2 va uzatma o`nga elektrodvigatel 3 va reduktor 4 kiradi. 7 transportyordan uzoqroqda joylashtirish stoli. Ishlash maydoni 0,8 ... 1,4 m ga teng.


5.9- rasm. TB rusumli roliksiz lentali transportyor:
1-yuklash moslamasi, 2-uzatma, 3-lenta, 4-harakatlanuvchi seksiya,
5-yetaklovchi seksiya, 6-tushirish moslamasi, 7-tortuvchi moslama,
8-rolik.

Mashinasozlik sanoatlarda chiqariladigan plastinkasimon transportyor TMS-1 (M8-KTp) ko`rish aylanasi bilan shisha banka-larni joylash uchun, hajmi 0,2 ... 1,0 l va ish unumdorligi 100 dan 200 bankagacha, minutiga bo`ladi. Uning asosiy qismi 1 tortish seksiyasi, to`g`ri seksiya 2, tortish zanjiri 3 plastinka bilan, 4 birlashtirish seksi-yasi, uzatma seksiya 5, takroriy aylanma 6, 7 stanina birlashtiruvchi seksiya va takroriy aylana diametrlaridagi farq 0,7 bo`lib, bankalar oqimini o`zgartirish mumkin. Transportyor uzatmasining quvvati 0,6 kVt ni tashkil etadi. Takroriy aylanma uzatma quvvati 0,27 kVt, zan-jir 0,28 m\s tezlik bilan harakatlanadi, transportirovka qilish balandligi 775…1050 mm atrofida boshqariladi. Transportyorning gabarit 2580-1080x510x960-1235 mm. Og`irligi 345 kg gacha.


Plastinkasimon transportyorning uzatma quvvati joylashtirilgan bo`sh yoki to`la tara (kVt)
N =p· ·K/ 100 ; (5.5)
Bu yerda: R - uzatma yulduzning tortish kuchi, (R=800/1200 N); - yukning harakat tezligi, m/s; K - quvvat zahirasi koeffitsenti (K=1,3…1,5); - uzatma FIK
Plastinkasimon transportyor TpS-1 (M8-KTp) takroriy aylana shisha taralar uchun juda qulay hisoblanadi.
Rolikli transportyorlar. Rolikli tansportyorlar uzatmali va uzatmasiz guruhga bo`linadi. O`z navbatida rolikli tansportyor 2 xil bo`lishi mumkin. Harakatlanuvchi yoki harakatsiz rolikli karkasga nisbatan.
Uzatmali transportyor harakatlanuvchi, roliklar bir vaqtning o`zida o`z o`q atrofida aylanadi, meva sabzavotlar uchun ishlatiladi.
Uzatma tarnsportyorlar, roliklari faqat aylanadigan, yashiklarni, korobkalarni, shisha taralar va boshqa sanoqli yuklarni gorizantal joylashtirishda foydalaniladi.
Uzatmasiz rolikli transportyorlar ko`p hollarda qiya qilib o`rnatiladi,
unda sanoqli yuklarni qo`lda ushlab turish yoki og`irlik kuchi ostida (sirpanish yo`li bilan) harakatlanishga mo`ljallangan. Bu transportyorlar asosiy holda omborlarda uchraydi.
Uzatma transportyorning elektrodvigatel, reduktor, tasmali va zanjirli uzatma, og`ir tortma zanjir vint yordamida amalga oshiriladi.
Rolikli transportyorning texnik tavsifnomasi 5.2-jadvalda keltirilgan.


Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin