Fermer xo’jaligining maqsadi vazifalari va faoliyati. Tovar, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish yo’li bilan daromad (foyda) olish, o’zining ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish fermer xo’jaligining maqsadi hisoblanadi.
Fermer xo’jaligining vazifalari faoliyat sohasi quyidagilardan iborat:
ajratilgan yer va suv resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash;
faoliyatning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini amalga oshirish.
Fermer xo’jaligi quyidagi huquqlarga ega:
Fermer xo’jaligi yuridik shaxs sifatida mustaqil xo’jalik yurituvchi subyektning barcha huquqlariga ega bo’ladi. Fermer xo’jaligi tadbirkorlik shakllaridan biri bo’lib, tashkil etilishidan ko’zlangan maqsadlarga erishish uchun tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir. Fermer xo’jaligi xo’jalik yuritishning boshqa shakllaridagi korxonalar bilan teng huquqlarga ega.
nizomda nazarda tutilgan doirada va ijara shartnomasida belgilangan ixtisoslashuvga muvofiq fermer xo’jaligining ishlab chiqarish faoliyatini o’ziga berilgan yer uchastkasida mustaqil tashkil etish;
yetishtirilgan mahsulotni sotish yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslar bilan, shu jumladan davlat ehtiyojlari uchun sotish yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq xo’jalik shartnomalari tuzish;
o’zi yetishtirgan mahsulotga egalik qilish, shulardan uni o’zi xohlagan iste’molchilarga sotish;
yetishtirilayotgan mahsulotga va xizmatlarga shartnoma shartlarida mustaqil ravishda narx belgilash;
qishloqqa xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar bilan elektr energiyasi, yonilg’i-moylash materiallari, mineral o’g’itlar, o’simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari yetkazib berish, xizmatlar ko’rsatish yuzasidan to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzish;
tadbirkorlikdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinadigan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;
olingan daromad (foyda) dan o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanish, bank hisob raqamidagi o’z mablag’larini mustaqil ravishda tasarruf etish;
aksiyalarni va boshqa qimmatli qog’ozlarni sotib olish;
kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda mablag’larini ixtiyoriylik asosida va shartnoma shartlariga muvofiq jalb qilish hamda ularni ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishga yo’naltirish;
kredit olish uchun yer uchastkasidan foydalanishni, ijaraga berish huquqini va yetishtirilgan mahsulotni garovga qo’yish;
kichik va xususiy korxonalar uchun berilgan imtiyozlarning barcha turlaridan foydalanish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni ishga yollash (doimiy va vaqtinchalik asosida) va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish;
zarur asbob-uskunalar, ishlab chiqarish vositalarini sotib olish, ijaraga olish, bino va inshootlar qurish hamda ularni ta’mirlash, shuningdek ulardan mustaqil foydalanish;
ixtiyoriy ravishda birlashish, shu jumladan ulush (pay) asosida birlashish, jamiyatlar, ittifoqlar, uyushmalar hamda boshqa birlashmalarga kirish;
o’z huquqlarini himoya qilish uchun o’z faoliyatining har qanday masalalari bo’yicha sudga murojaat qilish.
Fermer xo’jaligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlardan ham foydalanadi.