Mavzu: korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy hujjatlar


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni



Yüklə 65,76 Kb.
səhifə2/7
tarix02.05.2023
ölçüsü65,76 Kb.
#105872
1   2   3   4   5   6   7
xalqaro xuquqiy hujjat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yoʻnaltirilgan tizimli choralar koʻrildi.7
Islohotlarni amalga oshirish doirasida ­fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini taʼminlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.
Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada oʻstirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini taʼminlash hamda korrupsiya koʻrinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish boʻyicha yangi tizimli choralar koʻrilishini taqozo qilmoqda. 
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obroʻ-eʼtiborini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:8
1. Quyidagilar:
2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda — Davlat dasturi) 1-ilovaga muvofiq;
Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi (ke­yingi oʻrinlarda — Idoralararo komissiya)ning yangilangan tarkibi 2-ilovaga muvofiq ­tasdiqlansin.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar ikki oy muddatda Davlat dasturining har bir bandi boʻyicha maqsadlarga erishishda samaradorlik indikatorlarini ishlab chiqsin va Idoralararo komissiya bilan kelishib olsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari boʻyicha qoʻmitalar tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Idoralararo komissiya ikki oy muddatda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha namunaviy tadbirlarning idoraviy dasturini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari boʻyicha qoʻmitalariga muhokama qilish va kelishish uchun kiritsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalarini tashkil etish tavsiya qilinsin, ularning ­zimmasiga:
joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish ­sohasidagi ishlarning holatini kompleks oʻrganish;
joylarda korrupsiya koʻrinishlari namoyon boʻlishiga olib keladigan tizimli muammolar va korrupsiyaning holati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari boʻyicha qoʻmitalariga ushbu sohadagi faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritgan holda muntazam ­ravishda axborot berib borish funksiyalari yuklansin.

4. Belgilab qoʻyilsinki:


a) korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari oʻrta muddatli istiqbolda quyidagilardan iborat:
sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlash, sudyalarga har qanday tarzda qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazish shart-sharoitlarini istisno etish;
davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga koʻtarishning shaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish, ular uchun cheklovlar, taqiqlashlar, ragʻbatlantirish choralari hamda korrupsiyaning oldini olish boshqa mexanizmlarining aniq roʻyxatini belgilash;
davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish va ularning ish haqi yetarli darajada boʻlishini taʼminlash, shuningdek, davlat xizmatini oʻtashda manfaatlar toʻqnashuvini hal etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;

Yüklə 65,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin