Hozirgi sharoitlarda innovatsion ishlanmalar sohasida korxonalar xatti –harakatining uch yo‘nalishi mavjud.
Birinchi guruh korxonalari – kichik korxonalar va xorijiy mulkdor nazorati ostidagi korxonalardir, o‘z Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlarilarini yuritmasdan, tayyor butlovchi uskuna qismlari, litsenziyalar, texnologiyalarni sotib oladi yoki xorijiy namunalar, konstruktorlik va texnologik yechimlarni moslashtiradi.
ikkinchi guruh korxonalari, yoki o‘z tadqiqot va konstruktorlik bo‘linmalarini saqlab qolgan, yoki chetdan ilmiy tashkilot va mutaxassislarni jalb etishga mablag‘i bo‘lmagan korxonalar yo‘naltirilgan. Bu yerda bosh konstruktor, bosh texnolog bo‘limlarida, ishlab chiqarish bo‘linmalarida va h.k. larda yig‘ilgan imkoniyatlardan foydalaniladi. Kam hollarda innovatsiyalarni loyihalash bosqichidagi ishlanmalarga marketing xizmatlari jalb etiladi. Korxonalarning innovatsiyalarni loyihalash bosqichidagi hisob-kitob va ishlanmalar bilan shug‘ullanadigan maxsus bo‘linmalar spektri ularning tarkibi va soni kabi kengdir. Bular - o‘z ITI (VPK korxonalari), yangi mahsulot sifati va ishlanmasi laboratoriyalari (oziq-ovqat korxonalari), konstruktorlik va texnik byurolari (mashinasozlik va to‘qimachilik korxonalari) va boshqalar.
Uchinchi guruh korxonalari ilmiy-tadqiqot institutlari bilan aloqa ushlab turadi, lekin ilmiy tashkilotlarning sanoat korxonalardagi innovatsion jarayonda ishtirok etish darajasi va ushbu aloqalar shakllari farq qiladi. Ba’zi korxonalar akademik va soha ilmiy-tadqiqot institutlari, tarmoq o‘quv muassasalari bilan oldingi munosabatlarni saqlashda davom etsa, boshqalari – yangi aloqalarni o‘rnatadi. Ilmiy-tadqiqot va eksperimental loyihalash ishlarni bajarish tashkilot va ayrim mutaxassislar o‘rtasidagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Faol innovatorchilar uchun eng keng tarqalgan yondashuv – ilmiy-tadqiqot va loyihaviykonstruktorlik tashkilotlar mutaxassislarini korxona ishlab chiqadigan innovatsion loyihaga texnik hujjatlar tayyorlashga jalb qilishdir. Innovatsion strategiya nuqtai nazaridan innovatsion ishlanmalar (ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik-texnologik ishlar) ning shaxsiy bazasini yaratish va saqlab qolishga va natijada korxonalar ilmiy salohiyatini shakllantirishga yo‘nalganligi eng istiqbolli ko‘rinadi.